Microsoft Word Ðflокхменч1



Download 445,45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi445,45 Kb.
#334021
Bog'liq
29-1



YOSH 


RAHBAR 

KADRLAR 


FAOLIYATIDA 

BOSHQARUVCHANLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH 

Umarov K.X., 

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 

Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniy muassasalarni 

tashkil etish va boshqarish”kafedrasi  

                                 “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” ta’lim yo’nalishi 

   4-boshqich talabasi 

 

Bugun hech kimga sir emaski biz yashayotgan XXI asr - intellektual boylik 



hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni oldindan anglab olmasa, intellektual 

bilim, intelektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot 

mazmuniga aylanmasa bunday davlat jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi 

muqarrar.  Buni  chuqur  anglab  olgan  davlat,  bunday  xulosani  chiqargan,  xalqaro 

hamjaviyat  va  taraqqiy  topgan  mamlakatlar  qatoriga  ko’tarilish  uchun  harakat 

qilayotgan jamiyat, birinchi navbatda, bugun unib-o’sib kelayotgan farzandlarning 

har tomonlama barkamol avlod bo’lib hayotga kirib borishini o’zi uchun eng ulug’, 

kerak  bo’lsa,  eng  muqaddas  maqsad,  deb biladi.  [5]  Hozirgi  kunda  yurtboshimiz 

tomonidan amalga oshirilayotgan keng-ko’lamli islohotlar vatanimizning istiqboli, 

tinchligi, obodligiga yo’naltirilgan. Respublikamizning taraqqiyoti va farovonligini, 

ozining hayot faoliyati hamda kelajagi bilan uzviy bog’lab maqsad sari intiladigan 

yosh rahbar kadrlarni tayyorlash eng muhim vazifalardan sanaladi. 

Istiqbolli  kadlarning  intellektual  salohiyatini  yuksaltirish  davr  talabidir. 

Bolalik  paytidan  kitobga  bo’lgan  mehrni  uyg’otish,  mutolaa  madaniyatini 

shakllantirish  savodining  puxta  bo’lishi,  diniy  va  dunyoviy  bilimlarni  to’g’ri 

yo’nalish bergan holda o’rgatish zarurdir. Zero, ota-bobolarimiz ta’kidlaganlaridek, 

“Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh” kabidir. 

Bugungi kundagi zamonaviy rahbar – tajribali mutaxassis bo‘lishi bilan birga 

insoniy fazilatlarni mujassam etgan, boshqaruv ilmidan xabardor, yuqori intellektual 

salohiyatga  ega  ma’naviyatli  kishi  bo‘lishi  lozim.  Mamlakatimizda  iqtisodiy 

islohotlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlarida mahalliy boshqaruv organlari rahbarlik 

lavozimlarini yosh, yuqori malakali, kasbiy mahorat jihatidan har tomonlama puxta 

tayyorlangan tajribali mutaxassislar bilan to‘ldirish vazifasi asosiy ustuvorlik kasb 

etadi.  Shu  maqsadda  sohalarga  rahbar  kadrlar  zaxirasini  shakllantirish,  ularning 

jamiyat  boshqaruvidagi  faolligini  oshirish  bugungi  kunning  dolzarb  vazifasiga 

aylanib bormoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Istiqbolli 

boshqaruv  kadrlarini  tanlov  asosida  tanlab  olishning  zamonaviy  tizimini  yaratish 

chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  Qarori  ushbu  vazifalarni  bosqichma-bosqich  hal 

qilishda dasturul amal bo’lib kelmoqda.[2]

 

 




Mamlakatimizda  ilg‘or  xalqaro  tajriba  asosida  davlat  xizmatchilari 

faoliyatining samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunonchi, 

Prezident  huzuridagi  Davlat  boshqaruvi  akademiyasi  faoliyati  ham  jahon 

miqyosidagi  yutuqlar  asosida  yuksak  ijodiy  faollikka,  ijtimoiy-siyosiy  hayotda 

mustaqil  qarashlarini  ilgari  surish  va  hal  etishga  qodir  kadrlarni  shakllantirishga 

yo‘naltirilgan.  Ushbu  dargoh  ko’p  yillardan  beri  respublikadagi  yosh  rahbar 

kadrlarni  o’qitish,  malakasini  oshirish,  ularda  boshqaruvchilik  qobiliyatini  va 

rahbarlik  sirlarini  o’rgatib  kelmoqda.Akademiyada  muntazam  ravishda  interfaol 

mashgʻulotlar,  davlat  va  jamiyat  boshqaruvining  taniqli  arboblari,  vazirlik  va 

idoralar hamda boshqa tashkilotlar rahbarlarini jalb etgan holda "davra suhbatlari" 

oʻtkaziladi,  qayta  tayyorlash  va  malaka  oshirish  kurslarida  esa  zamonaviy  taʼlim  

texnalogiyalari va shakllaridan foydalangan holda ta’lim beriladi. 

Vaqtning  tanqisligi,  ya’ni  odamlarning  o’z  ishlarini  amalga  oshirishlarida 

vaqtning  yetmasligi  tabiiy  holga  aylanib  ulgurdi.  Sababi  insonlar  yugur-yugur 

ko’pligidan ishlarini reja asosida taqsimlamaydilar va buning oqibatida kuchli stress 

va  charchoq  holatlariga  duch  keladilar.  Buning  oldini  olish  uchun  esa  vaqt 

boshqaruvi ko’nikmalarini egallash lozim. Kundalik reja tuzish, rejalarni qog’ozga 

tushirish hamda ularni o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash vaqt boshqaruvining asosi 

hisoblanadi.  Behudaga  vaqt  sarf  bo’ladigan  jarayonlarni  kuzatib  ularni  bartaraf 

etishni  yo’lga  qo’yish  kerak.  Zamonaviy  rahbar  ham  o’z  faoliyatida  vaqt 

boshqaruviga e’tibor berishi lozim. 

Eng  muhim  vazifamiz  –  mamlakatimizda  tinchlik  va  farovonlikni 

mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning uchun 

el-yurtimiz,  avvalo,  biz  –  rahbarlarning  faoliyatidan  rozi  bo‘lishi  kerak.  Buning 

uchun  har  bir  rahbar  o‘z  aravasini  o‘zi  tortishi,  o‘z  sohasidagi  ishlarning  ahvoli 

uchun  o‘zi  shaxsan  javob  berishi  kerak.  Shundan  keyin  jamiyatimizda  o‘zgarish 

bo‘ladi, rivojlanish bo‘ladi [4].  

O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  2017-2021-

yillarga  mo‘ljallangan  Harakatlar  strategiyasi  davlat  va  jamiyat  qurilishini 

takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish sur’atlarini jadallashtirish, 

ilg‘or  innovatsion  texnologiyalar va fan yutuqlarini  ishlab  chiqarishga keng  joriy 

etish  uchun  ulkan  imkoniyat  yaratdi.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 



istiqbolli  yosh  pedagog  va  ilmiy  kadrlarning  malakasini  oshirish  “Iste’dod” 

jamg‘armasi  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  to‘g‘risida  Prezident  farmoni 

2017-yil 27-iyulda e’lon qilindi. 

Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib: ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va 

innovatsiyalar,  yuqori  texnologiyalarning  yangi  yutuqlarida  ishtirok  etish,  kasbiy 

bilim, ko‘nikma va malakalarni zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yangi 

kasb,  ta’lim  va  amaliyotga  yo‘naltirilgan  dasturlarni  o‘zlashtirish  maqsadida 



iqtisodiyotning  turli  tarmoqlari,  davlat  va  jamoat  tuzilmalarining  istiqbolli 

mutaxassislari, ta’lim  muassasalarining  yuksak intellektual-ijodiy  salohiyatga ega 

bo‘lgan  pedagog  va  ilmiy  kadrlarini  rivojlangan  davlatlarning  yetakchi  ta’lim  va 

ilmiy  muassasalarida  malakasini  oshirish  va  stajirovka  o‘tashini  tashkil 

etish.Bundan  shuni  anglashimiz  mumkinki,  muhtaram  prezidentimiz  yosh 

kadrlarning ilmiy  salohiyatini  oshirishga,  ularda  kasbga  doir  bilimlarning  yanada 

mustahkamlanishiga,  chet-el  yosh  mutaxasislari  bilan  tajriba  almashish  hamda 

mamlakatimiz  rivoji  uchun  hizmat  qiladigan  islohotlarni  hayotga  tadbiq  etishlari 

uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqdalar.[1] 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga 

bag‘ishlangan  marosimdagi  nutqlarida  aytganlaridek,  «Ijtimoiy  sohalar,  ayniqsa, 

odamlarda eng ko‘p e’tiroz uyg‘otayotgan sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, tabiiy 

gaz va elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, kommunal xizmat, yo‘l qurilishi 

sohalarida  mavjud  ahvolni  ijobiy  tomonga  o‘zgartirish,  ichki  ishlar  idoralarining 

faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan ham albatta 

xabardorsiz…  Insonlarning  dardu  tashvishini  o‘ylab  yashash  biz  uchun 

odamiylikning  eng  oliy  mezoni,  eng  muhim  vazifa  bo‘lib  qolishini  alohida 

ta’kidlamoqchiman.  Aholimizning ana shunday tabiiy istak va talablarini bajarish 

barcha rahbar va yetakchilarning asosiy burchi va vazifasiga aylanishi shart».[3] 

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, O’zbekistonning kelajagi yoshlar qo‘lida 

ekan,  rahbarlikka  tayyorlanayotgan  kadrlarda  yuksak  madaniyat,  intizom,  adolat, 



mas’uliyat, fidoiylik va Vatanga sadoqat ruhi aks etmog‘i bugungi kun talabidir. 

 

Download 445,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish