127
http://tsue.uz/
Foydalanilgan аdаbiyotlаr:
1. Аbdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn. II- jild, birinchi qism,
1405-1429-yillar voqealari. – T.: Oʻzbekiston, 2008. -632 b.
2. Аbdurahmonov Q.X.. Mehnat iqtisodiyoti nazariya va amaliyot. Darslik. – T.: Fan. 2019.
-592 b.
3. Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga – Аmir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-
1406 yillar). – T.: Oʻzbekiston, 2010. -261 b.
4. Rabot – karvon qoʻnib oʻtadigan joy; karvonsaroy. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma.- T.:
Oʻzbekiston, 1996. -527 b.
5. Saidqosimov S. (rahbar), Аhmedov А., Аhmedov B. va boshqalar. Аmir Temur jahon
tarixida. – T.: Sharq, 2001. -300 b.
6. Yom (yoki yomxona) – moʻgʻullar va temuriylar davrida taxminan har bir kunlik yoʻlda
elchilar, choparlar va davlat arboblarining toʻxtash joyi. Bu yerda oziq-ovqat, tunashga joy va ot-
ulov yem-xashak berilgan. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. -T.: Oʻzbekiston, 1996. -527 b.
7. Xalqaro Аmir Temur jamgʻarmasi. Temur tuzuklari. – T.: Oʻzbekiston, 2011.-181 b.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasini o`rganish va keng jamoatchilik o`rtasida targ`ib etishga bag`ishlangan ilmiy-
ommabop qoʻllanma. – T.: Ma’naviyat, 2019. -144 b.
9. Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-
quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.
https://president.uz/oz/lists/category/1?page=3&per-page=10.
10. Hunarmand uyushmasi. https://handicraftman.uz/sites/default/files/%D0%9C%D0%B
5%D1%8A%D0%B7%D0%BE%D0%BD%D0%BB%D0%B0%D1%80_0.pdf.
11. Hunarmand uyushmasi. https://handicraftman.uz/uz/node/30.
12. Hunarmandchilikni rivojlantirish yoʻlida. https://soliq.uz/uz/press_center/news/hunar
mandchilikni-rivojlantirish-yolida/?sphrase_id=1116664.
13. http://xs.uz/uz/post/hunarmand-uyushmasi-zhahon-hunarmandlar-kengashining-azosi-
boldi.
14. Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati // 2005 yil 20-soni. www.kh-davron.uz.
15. https://soglom.uz/nigoh/sohibqiron-davrida-hunarmandchilik.
STRATEGIK VAZIFALARIMIZDAN BIRI
O`ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH
Xamidova Zulfiya Аhmadjonovna
1
1
TMI, o`qituvchi
“Turizm — iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan
biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan
holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish
zarur, buni davrning o`zi taqozo etmoqda”
[3].
Sh.Mirziyoyev
Bugungi kunda turizm dunyo iqtisodiyotida o`z o`rniga ega bo`lgan
tarmoqlardan biriga aylandi. Avvallari turizmga aholining sayohat qilishi va dam
olishini ta’minlovchi oddiy infratuzilma sifatida qaralgan bo`lsa, ayni paytda u
mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog`i sifatida shakllanib, rivojlanishiga katta
128
http://tsue.uz/
e’tibor berilmoqda. Turizm inson hayoti va faoliyatining ko`p sohalarini qamrab
oladi. Turizm ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o`ziga xos katalizatori sifatida
transport va aloqa, savdo, qurilish, qishloq xo`jaligi, xalq iste’moli mollarini ishlab
chiqarish va iqtisodiyotning boshqa shu kabi muhim sektorlarining rivojlanishiga
katta ta’sir ko`rsatadi. Eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy
yo`nalishlaridan biri – turizm industriyasidir. Turizm – bu ishbilarmonlik sohasining
muhim xususiyatlaridan biri bo`lib xorijiy turistlar doimiy oqimini jalb qiladi.
So`nggi yillarda globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining
chuqurlashuvi turizm rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda. XX asrning so`nggi
choragida jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yuz bergan tub
o`zgarishlar natijasida mamlakatlar o`rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Jahonning turli mamlakatlarida
iqtisodiy taraqqiyotning yuksalishi kishilarning turli maqsadlarda bir mamlakatdan
ikkinchisiga qatnab turish ko`lamining kengayishini taqozo etadi. Bu esa turizmni
milliy iqtisodiyotning eng istiqbolli tarmoqlaridan biriga aylantirmoqda.
Umuman olganda, turizm ikki yoqlamali mazmunni, ya’ni ishlab chiqarish va
ijtimoiy mazmunni kasb etadi. Turizm maqsadida sayohat qiladigan insonning
jismoniy va ruhiy kuchlarini qayta tiklanish darajasi turizmning ishlab chiqarish
mazmunini namoyon etadi. Ayni bir vaqtda, insonning mehnatga qobiliyatini qayta
tiklanish motivi turizmning harakatlantiruvchi kuchi sifatida ijtimoiy mazmunga ham
ega bo`ladi. Aks holda, insonning turizm sayohatlardan qoniqmaslik holati yuzaga
keladi, bu esa, o`z navbatida jamiyat iqtisodiy faoliyatining asosiy maqsadi bo`lgan
kishilar farovonligining oshishiga ham salbiy ta’sir ko`rsatadi. Turizmdagi ehtiyojlar
manbaini bilish orqali turizmning insonlarni barcha ma’lum ehtiyojlari
iyerarxiyasidagi o`rnini aniqlash mumkin. Bunga mos ravishda, insonlarning turizm
sayohatlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondira oladigan, bu bilan mamlakat iqtisodiyotiga
ta’sir ko`rsatadigan ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish mumkin.
Biz bilamizki, O`zbekiston qadimiy va noyob bir mamlakat bo`lib, uning
hududida eng qadimgi yodgorliklar va madaniyatlar yuzaga kelgan, rivojlangan, o`z
jozibadorligi jihatdan dunyodagi dam olish va sayohatlar uchun eng yaxshi
maskanlardan qolishmaydigan ulkan turizm salohiyatiga egadir. Mamlakatimizda
mavjud 7 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorliklar va ulug`vor hamda betakror
arxitektura namunalari, so`lim qo`riqxonalari va milliy bog`lari, uning boy va rang-
barang tabiati, milliy madaniyati, san'ati va hunarmandchilikning ko`p asrlik
an'analari, jahonga mashhur milliy taomlarimiz va pazandachilik sohasidagi
an'analarimiz O`zbekistonning logotipi va Sharq mehmondo`stligining ramzi
hisoblanadi.
Shunga qaramay, O`zbekistonning turizm infratuzilmasi, turizm xizmatlari
sifati va uning darajasi, shuningdek tarmoqni boshqarish tizimi globallashuv va
keskin raqobat sharoitida zamonaviy talablarga mos kelmaydi. Turizmning mamlakat
iqtisodiyotiga qo`shayotgan hissasi, xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish va
aholini ish bilan ta'minlash jahondagi o`rtacha ko`rsatkichlardan orqada
qolmoqda[1,42]. Bunga, viza tartibi sohasida sayyohlar uchun ma’muriy va iqtisodiy
to`siqlar, sayyohlik faoliyatida davlat nazorati (litsenziyalash va sertifikatlash),
129
http://tsue.uz/
yashash va aviaparvozlar tariflarining yuqoriligi, xizmat ko`rsatish darajasining
cheklangani, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarning rivojlanmagani,
sayyohlar uchun qulay axborot muhitining mavjud emasligi (navigatsiya va
infomarkazlar), malakali kadrlarning yetishmasligi, O`zbekistonning xorijda kuchsiz
targ`ib qilinishi va boshqalar milliy sayyohlik mahsulotlarining raqobatbardosh
emasligi ta’sir etmoqda.
Mamlakatimizda turizm sohasi o`zining barcha xususiyatari bilan boshqa
sohalardan ortda qolmasligini ta’minlash dolzarb masalalardandir.
Turizm rivojlanishini tahlil qilishda uning iqtisodiyot tarkibida qanday
funksiyalarni bajarishini inobatga olish lozim. U iqtisodiyotda ma’lum bir vazifalarni
bajarish bilan birga, unga quyidagicha ta’sir etadi:
milliy daromadni yaratishda ishtirok etadi;
mintaqalar rivojlanishiga ta’sir ko`rsatadi;
turizm mahsulotlari ishlab chiqaradi;
aholini ish bilan ta’minlashga ko`maklashadi;
o`rta sinf shakllanishida muhim ro`l o`ynaydi;
to`lov balansini barqarorlashtirishga hissa qo`shadi;
mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirib kelishiga zamin yaratadi.
Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) ma’lumotlariga ko`ra, O`zbekiston
sayyohlikdan daromad ko`ruvchi davlatlar o`rtasida 150 - o`rinni egallab turibdi.
Bunda hisob-kitob qilingan salohiyati umumiy oqimning 2,2 foiziga teng bo`lishiga
qaramasdan, bu ko`rsatkich 0,2 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, O`zbekiston
ushbu sohaning mamlakat YAIM shakllanishidagi ulushi bo`yicha 115,
investitsiyalardan foydalanish bo`yicha 103 va sohada bandlar soni bo`yicha 69-
o`rinni band etib turibdi. Biroq, shuni ham aytib o`tishimiz mumkinki, katta ta’sir
kuchiga ega Financial Times gazetasining 2017 - yildagi eng “qaynoq” sayyohlik
yo`nalishlari ro`yxatidan O`zbekiston ham joy oldi. O`zbekiston jozibardorligining
ortishiga so`nggi vaqtlarda Ipak yo`li to`g`risidagi kitoblar va televizion dasturlarning
paydo bo`lishi, O`zbekiston butun Ipak yo`li mamlakatlari bo`ylab uzoq sayohatga
chiqa olmaydiganlar uchun juda maqbul mamlakat ekanligi, bu yerda mazkur
yo`nalish uchun xos bo`lgan jihatlar, jumladan, Xiva, Buxoro va Samarqand kabi
qadimiy savdo shaharlarining masjidlari, maqbara va minoralari bir joyga jam
bo`lgani sabab qilib ko`rsatilmoqda. Singapurdagi “Xing Asia Travel” sayyohlik
kompaniyasi direktori Maykl Li yurtimiz haqida shunday fikr bildiradi: “Diyoringiz
sayyohlik sohasida ulkan salohiyatga ega. Singapurliklar nafaqat yurtingiz tabiati
go`zalligi va boy tarixi, balki o`zbek xalqining ko`p asrlik an’analari,
ochiqko`ngilligi, mehmondo`stligi, betakror milliy taomlaridan bahramand bo`lib,
unutilmas taassurotlar olishga musharraf bo`lishmoqda”[2, 55]. Mamlakatimizning
turizm salohiyatini xalqaro mutaxassislar tomonidan majmuali baholashda uning
yuqori darajada ekanligi (58,7%) hamda xorijiy va mahalliy turistlar uchun turizm
hududlarning o`ta jozibadorligi aniqlandi. Ya’ni O`zbekistonning yarmidan ortiq
tabiiy va landshaft resusrlaridan turizm sohasining ko`plab xizmat turlarini
rivojlantirishda foydalanish mumkin.
130
http://tsue.uz/
Ammo turizm salohiyatning yuqori ko`rsatkichlariga qaramasdan, uning
respublikamiz iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko`rsatish darajasi nihoyatda past.
Shu sababli, ayni paytda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga katta
e’tibor qaratilib, 2016-yil 2 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning “O`zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal
rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari tog`risida”gi farmoni, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-
yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha
harakatlar strategiyasining 3.2-bandida keltirilgan: turizm industriyasini jadal
rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turizm xizmatlarni
diversifikatsiyalash va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish
masalalari hamda 3.5-bandida keltirilgan viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va
mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va
optimal foydalanish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning
turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-
xomashyo, sanoat, qishloq xo`jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va
samarali foydalanishni ta’minlash masalalari ilgari surilmoqda.
Quyidagi keltirilgan Jahon banki ma’lumotlari asosidagi SWOT tahlil
O`zbekiston turizm sanoatining holatini to`liq ochib beradi, ya’ni mamlakatimiz
turizm sohasining kuchli va zaif jihatlari, imkoniyatlar darajasini bilish, shuningdek
mazkur tarmoqni rivojlantirishda qanday to`siqlar mavjudligini to`liq anglash orqali
uni yuksaltirishga erishish mumkin.
O`zbekiston turizm sanoatining SWOT tahlili”
Kuchli tomonlar
Kuchsiz tomonlar
Turizm guruhlarni qabul qilish
uchun turoperatorlik faoliyati yaxshi
yo`lga qo`yilgan;
Markazda joylashgan va Rossiya,
Xitoy, Hindiston kabi boy mamlakatlarga
yaqinligi;
Mehmondo`st xalqiga ega;
Turizm resurslarga ega;
Tarixiy-madaniy
turizm
uchun
resurslar yetarli darajada;
Diniy turizmni rivojlantirish uchun
resurslarning mavjudligi;
Iqlimi mo`tadilligi.
Ichki transport infratuzilmasi va
yo`l
xizmati
(yo`llar,
reyslar,
sanitariya) yomon ahvolda;
Bir xildagi turizm mahsuloti va
tang holatdagi diversifikatsiya;
Chegaralangan viza tartibi;
Yakka tartibdagi turistlar uchun
mos turpaketlar kamligi;
Turizmning mavsumiyligi;
Normativ-huquqiy
hujjatlarning
yaratilmaganligi
Imkoniyatlar
Xavflar
Jahonda
chiqish
turizmi
tendensiyasi o`smoqda. BTT bashoratiga
ko`ra 2020-yilda turistlarning chetga
chiqishi 1mln 800mingni tashkil etadi;
Shiddat bilan rivojlanayotgan Xitoy
turizm bozori, hamda Rus bozori (BRIK )
Xorijiy
turoperatorlarning
ustuvorligi bahoni tushiradi (demping);
Siyosiy va xavfsizlik borasidagi
tavakkalchilik;
Afg`onistondagi vaziyat xavfsizlik
sharoitlarini
yomonlashtirishi
va
131
http://tsue.uz/
va Yaqin Sharq davlatlari;
O`zbekiston mintaqasidan o`tgan
“Buyuk ipak yo`li”ning ahamiyati oshib,
uning qayta tiklanishi
mintaqaviy
muammolar
sababli
qo`shnilar bilan keskinlikni oshishi
Yuqorida keltirilgan SWOT tahlilda ko`rsatilganidek, mamlakatimiz turizm
sohasini rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bu yangi turizm yo`nalishlarini
joriy etishdir. O`zbekiston katta turizm salohiyatga ega mamlakat hisoblanadi.
Demak, yurtimizda yangi turizm turlarni joriy qilish muammo tug`dirmaydi.
Shu o`rinda “…turizm uchun bosqichma-bosqich hamma sharoitlarni
yaratyapmiz, investorlarga, ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar beryapmiz. 2019-yil
turizm rivojida tub burilish yili bo`ladi”[5], deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.
2017−2021-yillarda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab
chiqilgan bo`lib, dastlabki loyihasi aholining alohida qatlamlari va sayyohlarning
ayrim toifalarini qo`llab-quvvatlash masalalari, viloyat hokimlarining birinchi
o`rinbosalariga hududlarda turizm faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilishi,
boshqaruv tizimi zamonaviy talablarga javob beradigan shakllarga o`zgartirilishi,
turizm tarmog`ini jadal rivojlantirishni ta’minlash,
turizmga iqtisodiyotning strategik
sektori maqomini berish, uni mamlakat iqtisodiyotini barqaror o`stirishda,
mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishda, aholi turmush darajasi va
sifatini oshirishda turizm rolini kuchaytirishning qudratli vositasiga aylantirishga
qaratilgandir.
Yuqorida sanab o`tilgan me’yoriy hujjatlar, davlat siyosatining sifat jihatdan
yangi bosqichga o`tishini
belgilab beradigan turizm tarmog`ini tubdan isloh qilish
bo`yicha misli ko`rilmagan chora-tadbirlarni nazarda tutib, quyidagi vazifalarni o`z
ichiga oladi:
turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni
shakllantirish, turizmni rivojlantirishdagi barcha to`siq va g`ovlarga barham berish,
viza va ro`yxatdan o`tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini
soddalashtirish;
turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlar va ekskursantlarning hayoti va
sog`lig`i xavfsizligini ta’minlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshirish;
turizmning yangi salohiyatli turlari — ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy,
etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog`lomlashtirish, qishloq, sanoat,
ishbilarmonlik, bolalar, yoshlar va oilaviy turizmni jadal rivojlantirish;
turizm sohasida xalqaro va milliy tashkilotlar, yirik xorijiy brendlar va
kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm xizmati ko`rsatishning ilg`or
jahon sifat standartlarini joriy etish;
respublika mintaqalarida turizm infratuzilmasining zamonaviy obyektlari, eng
avvalo mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhandislik-kommunikatsiya
infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni
keng jalb etish;
raqobatbardosh turizm mahsulotlarini ishlab chiqish, mintaqalarda yangi
turizm yo`nalishlarini yaratish, ularni jahon turizm bozorlariga olib chiqish;
132
http://tsue.uz/
turizm tarmog`i uchun malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish[4].
Agar turizmni samarali rivojlantirishga erishsak, quyidagi natijalarni qo`lga
kiritishimiz mumkin:
mamlakatimizning yalpi milliy mahsuloti ko`payadi;
davlat budjeti daromadlari ortishiga erishiladi;
chet el kapitali ortadi hamda valuta tushumi ko`payadi;
sayyohlarning O`zbekistonga investitsiya kiritishi ortishi orqali ishlab
chiqarish va xizmat ko`rsatish yanada rivojlanadi;
ish bilan ta’minlash o`sadi, yangi ish o`rinlari yaratiladi;
turizm infratuzilmasi va sanoati rivojlanishi ta’minlanadi;
turizm rivojlanishi orqali boshqa sohalar rivojlanishiga erishiladi.
Qisqacha qilib aytganda, turizm – iqtisodiyotning strategik sohasi sifatida qarar
ekanmiz, hududlar iqtisodiyotining, qolaversa, ular bilan birga mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanishida mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda turizmga
oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsak, yaratilayotgan dasturlar va
konsepsiya doirasida ishlar ketma-ketligini sifat va muddat doirasida bajarsak, albatta
ko`zlangan maqsadga erishamiz.
Foydalanilgan аdаbiyotlаr:
1. O`zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash
chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoniga sharh // Xabarnoma. 2016 y., 4-son (102) 42-bet.
2. “O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” tahliliy jurnal. 2016-y., № 619, 55-bet.
3. Shavkat Mirziyoyevning turizmni rivojlantirishga bag`ishlangan yig`ilishidagi
nutqidan. 2017-yil. 03.10.
4. www.lex.uz – O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
sayti.
5. http://www.xabar.uz/uz/iqtisodiyot/shavkat-mirziyoyev-2019-yil-turizm
ANALYSIS OF THE CHARACTERISTICS AND
TRENDS OF ECONOMIC GROWTH IN THE
SECTORS OF THE NATIONAL ECONOMY
Yusupov Ravshanbek Aminbayevich
1
1
Docent of the Department of
“Economic Theory” TSUE, e-mail:
r.yusupov@tsue.uz
Ganiyev Baxtiyor Zulfiqor o’g’li
2
2
assistent of the Department of
“Economic Theory” TSUE, e-mail:
b.ganiyev@tsue.uz
One of the most effective ways to achieve economic growth is structural
transformation and diversification of the main sectors of the economy. It can be
achieved greater efficiency in the use of investments by directing investments in the
Do'stlaringiz bilan baham: |