Microsoft Word 1-mavzu. Maruza



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana10.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#441775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-mavzu. Maruza

Ta’lim tizimi va turlari 


-
Ta’lim tizimini boshqarish pedagogika fanining muhim tarmog’i 
bo’lib, O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi organlari va ularning 
vazifalari, ish faoliyatining mazmuni va metodlarini belgilab beradi, 
shuningdek, ta’lim muassasalariga rahbarlik qilish tizimini asoslaydi. 
-
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini boshqarishga umumiy 
rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi olib boradi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish 
bo’yicha quyidagi vakolatlarga egadir: 
-
Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 
-
Ta’lim sohasida davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; 
-
Ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni amalga oshirish; 
-
Ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugutish tartibini 
belgilash; 
-
Ta’lim muassasalarini akkreditasiyadan, pedagogik, ilmiy kadrlarni 
attestasiyadan o’tkazish tartibini belgilash; 
-
Boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi 
hududida ta’lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar 
berish; 
-
Qonun hujjatlari talablariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim 
to’g’risidagi hujjatlarni tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd 
etish tartibini belgilash; 
-
Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash; 
-
Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi 
hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; 
-
Davlat grantlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini 
belgilash; 
-
Oliy ta’lim muassasalarining rektorni tayinlash; 
-
Ta’lim oluvchilarning akkreditasiya qilingan bir ta’lim muassasalaridan 
boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa vakolatlar. 


-
Respublika ta’lim tizimini boshqarishda bir qator davlat organlariga tegishli 
vazirliklar, chunonchi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligi, shuningdek, markazlar xususan, Respublika ta’lim Markazi, viloyat, 
shahar, tuman xalq ta’limi bo’limlari ham ishtirok etadilar. 
-
Ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining huquqlari 
doirasiga quyidagilar kiradi: 
-
Ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarish; 
-
Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy masalalarda 
ularga rahbarlik qilish; 
-
DTS, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo’lgan 
talablarning bajarilishini ta’minlash; 
-
O’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, 
tav’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish; 
-
O’quv va o’quv uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil etish; 
-
Ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va davlat ta’lim 
muassasalarida eksternet to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash; 
-
Davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasiga takliflar kiritish; 
-
Pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, qayta 
tayyorlashni tashkil etish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlar. 
-
Respublika ta’lim tizimini boshqarishda mahalliy davlat hokimiyati 
organlari ham ishtirok etadi. Ularning Respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi 
o’rni va roli quyidagilar bilan belgilanadi: 
-
Ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar 
(respublika tasarrufida bo’lgan muassasalar bundan mustasno) ularning ustavlarini 
ro’yxatga oladilar; 
-
O’z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash 
miqdorlarini va imtiyozlarini belgilaydi; 


-
Ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb 
faoliyatiga bo’lgan talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar. shuningdek, qonun 
hujjatlariga muvofiq bosh vakolatlarni ham amalga oshiradilar. 
-
Ta’lim tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish 
ishlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor beriladi. Ta’lim muassasasi uning 
rahbari (direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi. 
-
Ta’lim muassasasi direktori o’quvchilarni ma’naviy barkamol, jismonan 
sog’lom bo’lishlari, fan asoslarini puxta o’zlashtirishlari, umumiy ta’lim 
muassasalarining bugun faoliyati uchun javobgar shaxs sanaladi. Tashkilotchi oliy 
ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagog ish stajiga ega bo’lgan eng yaxshi ta’lim 
beruvchi tuman xalq bo’limi tavsiyasiga binoan viloyat xalq ta’limi (Toshkent 
shahrida shahar xalq ta’limi) bo’limi tomonidan direktor tayinlanadi. Bir 
maktabdan ikkinchi maktabga ko’chiriladi. Ishdan bo’shatiladi. Viloyat xalq 
ta’limi bo’limi bu haqda O’zbekiston Respublikasi XTB ga ma’lum qiladi. 
-
Ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’ini ta’lim muassasasi xodimlari 
bajarishi shart. Rahbarning ta’lim muassasasidagi vazifalari asosan quyidagilardan 
iborat: o’quv muassasasining pedagogik jamoasiga rahbarlik qilish; kadrlarni 
to’g’ri tanlash; joy – joyiga qo’yish; xodimlarning ijtimoiy – g’oyaviy saviyasi 
malakasini oshirish uchun zarur shart – sharoitni yaratish, o’quvchilar bilimi va 
tarbiyasi sifatli bo’lishini ta’minlash, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning 
tashkil etilishiga rahbarlik qilish va tegishli nazorat o’rnatish. O’quvchilarning 
to’g’ri kasb tanlashini ta’minlashni yo’lga qo’yish, ota – onalar va jamoatchilik 
bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish. Maktabda ichki intizom, sanitariya – 
gigiyena, umumiy rejim, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi 
qoidalariga rioya etishni ta’minlash va hokazolar. 
-
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 10-moddasida ta’lim quyidagi turlarda 
amalga oshirilish ko’rsatiladi (1 – chizma). 


-
Qonunning 11-17 moddalarida har bir turining mohiyati qisqacha yoritilib 
beriladi. Unda ta’kidlanganidek maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va 
yetuk maqsadini ko’zlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha 
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassalarida olib boriladi.
-
Umumiy o’rta ta’lim majburiy bo’lib, u o’quvchilarning fanlar asoslari 
bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini, asosiy 
o’quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni o’zlashtirishi, milliy va umumbashariy 
qadriyatlarga hurmat hissini, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda 
tutadi. Ta’lim bosqichi tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo’yicha 
olingan baholar ko’rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan attestat beriladi.
-
Qonunda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy 
o’rta ta’lim asosida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o’qishning 
yo’nalishini ixtiyor ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi takiklanadi. «Akademik 
litseylar va kasb-hunar bo’yicha ishlash huquqini beradiga hamda bunday ish yoki 
ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi beradi». 
Maktabgacha ta’lim; 
Umumiy o’rta ta’lim; 
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi; 
Oliy ta’lim; 
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash; 
Maktabdan tashqari ta’lim; 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish