Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


“Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi” fanining predmeti, maqsadi va



Download 1,2 Mb.
bet14/195
Sana22.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#505794
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   195
Bog'liq
AGRAR SIYOSAT555

“Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi” fanining predmeti, maqsadi va


vazifalari;
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha o’tkazilayotgan xalqaro ekspert tadqiqotlari jahonda va uning ayrim mintaqalarida ushbu muammo bilan bog’liq murakkab vaziyat yuzaga kelgani bugungi kunda mazkur muammoni jahon hamjamiyati uchun o’ta dolzarb va jiddiy tahdidlar qatoriga kiritilmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti hamda jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, ya’ni deyarli har sakkiz odamning biri to’yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to’laqonli


ravishda ovqatlanmaslik, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan kechirmoqda. Ana shunday sabablar tufayli 160 milliondan ortiq bola bo’yining o’sishi, jismoniy va intellektual rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda. Yer yuzi aholisining tez ko’payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sish imkoniyatlari cheklangani o’rtasidagi tafovut oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi yildan- yilga keskinlashib borayotganining asosiy sababi bo’lib va bu tafovut, avvalo, oziqovqat mahsulotlarini jadal ishlab chiqarish uchun tegishli sharoitlar mavjud bo’lmagan mamlakat va hududlarda chuqurlashib bormoqda. Eng avvalo, atrof-muhitning ekologik jihatdan buzilishi hamon davom etayotgani, iqlim o’zgarishlarining oldindan aytib bo’lmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan qurg’oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumladan, sug’orish uchun yerosti suvlarining tugab borayotgani, irrigasiya, meliorasiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga yo’naltiriladigan investisiyalarning yetarli emasligi mazkur muammoni yanada keskinlashtirmoqda. Yerlarning ekologik jihatdan buzilishi kimyoviy moddalar, mineral o’g’it va pestisidlarni tinimsiz ishlatish oqibatida yanada kuchaymoqda. Bularning qatoriga urbanizasiya, ya’ni shaharlashuv jarayonlari, aholining qishloqlardan shaharlarga ko’chishi bilan bog’liq muammolar ham qo’shilmoqda. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari sezilarli darajada qisqarib ketmoqda. Bulardan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini “daladan dasturxonga” sxemasi bo’yicha iste’molchiga yetkazib berishda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, har yili dunyo bo’yicha qariyb 1,3 milliard tonna miqdoridagi salkam 1 trillion
dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari nes-nobud bo’ladi.
Demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat va huquqiy davlat vazifalarining markazida inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko’rishini ta’minlash masalalari turadi va uning bu vazifalarning nechog’lik bajarilishi davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi va siyosatida o’z ifodasini topadi.
Agrar siyosatning iqtisodiyotning alohida mustaqil iqtisodiy siyosati sifatida ajratilishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlari, agrar munosabatlarni tartibga solishning o’ziga xosligi bilan belgilanadi. Agrar siyosatda katta e’tibor faqat qishloq xo’jaligida emas,balki butun agrobiznesda ishlab chiqarish faoliyatining eng yuqori pirovard natijalariga, barqaror ishlab chiqarish o’sish sur’atlariga, uning samaradorligni oshirishga va qishloqni ijtimoiy rivojlantirishga erishishga qaratiladi.
“Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fani iqtisodiyotning bozor tamoyillari asosida rivojlanishida agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi, jamiyatning har bir a’zosini g’oyaviy jihatdan yo’naltirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
“Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi” fani agrar sektorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy qonunlarining harakat qilish mexanizmini, ularning namoyon bo’lish shakllarini va agrar sohada aniq sharoitda ulardan foydalanish xususiyatlarini hamda agrar siyosatning qishloq xo’jaligi rivojlanishiga ta’siri samarasini va oziq-ovqat xavfsizligi iqtisodiy mammolarini hal etishda, agrar sektorda ishlab chiqarishni takomillashtirish bo’yicha muqobil qarorlar qabul qilishda qo’llaniladigan usul va vositalarni o’rganadi.1

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish