Bank foiz stavkasi
/
The bank`s interest rate / Процентная ставка банка
- banki ssudasidan
foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning
miqdori kredit turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog’liq. Tijorat va davlat banklari
Markaziy (milliy) Bank boshchiligida kreditlar uchun belgilaydigan bank foiz stavkasi qarzning qaysi
tarzda va qanday berilishiga ham bog’liq. Uzoq muddatli qarzning bank foiz stavkasi past, qisqa
muddatlisiniki yuqori bo’ladi.
Bozor
/
Market / Рынок
- sotuvchilar bilan xaridorlar o’rtasidagi tovar ayriboshlash
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste’molni o’zaro bog’lovchi mexanizm. Bozor obeti nafliligi bor
tovar va xizmatlar. Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) bo’lib ular firmalar, uy xo’jaliklari,
davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat.
208
Do'stlaringiz bilan baham: |