Tovarni bozorda joylashtirish - tovarlarning bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlash va mos
keluvchi marketing majmuasini ishlab chiqish uchun amalga oshiriluvchi harakatlar.
Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to bozorga olib
kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt davri (sikli); sotuvchining har
bir bosqichda oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq bo‘ladi. Tovarni sotish va foyda olish jarayonida
besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi: tovarni ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib
kirish (kiritish) bosqichi, tovarni sotish hajmining o‘sish bosqichi, yetuklik (to‘yinganlik) bosqichi,
tovarning susayish bosqichi yoki tovar yeliminatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |