2) asosiy raqobatchilarning tutayotgan yo‘lini aniqlash. Ayniqsa, kelajakda kim raqobatchi
bo‘lishi mumkin, uning kuchli va kuchsiz tomonlari qandayligini aniqlash muhimdir. Raqobatchilar
tutgan yo‘lni aniqlash asosida muvaffaqiyatning asosiy omillari, ya’ni korxonaga raqobatchilar oldida
yaqqol ustunlikka erishish imkonini beruvchi, bozor talablaridan kelib chiquvchi omillar bilan
belgilanadi;
3) bozorda yangi korxonaning paydo bo‘lishiga raqobatchilarning mumkin bo‘lgan
reaksiyalarini aniqlash, raqobatchilar korxonani bozordan chiqib chiqaradigan javob harakatlarini
qo‘llay olmasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu yerda raqobatchilarni yaxshi bilishi katta yordam
beradi. Masalan, yetarlicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lmagan raqobatchi yangi
korxonaning paydo bo‘lishiga javoban o‘z xizmatlariga haqni kamaytira olmaydi, u shuningdek o‘z
ishlab chiqarishini yangilashga kapital qo‘yilmalarni anchadan buyon amalga oshirmagan bo‘lsa
ishlab chiqarish xarajatlarini keskin kamaytira olmaydi.
4) segmentning foydaliligini aniqlash bozorning ushbu segmentida korxona ishining iqtisodiy
samaradorligini prognozlash u yoki bu segmentning foydaliligini baholash uchun odatda muvofiq
ko‘rsatkichlarni hisoblashning standart metodlari qo‘llanadi: foyda normalari, qo‘yilgan kapitalga
daromad, aksiya dividendlari hajmi, korxona foydasi umumiy miqdorining o‘sishi.
Bozor segmentini o‘zlashtirish imkoniyatlarini tahlil qilishda korxonaning maqsadlari va
resurslari kabi baholash ko‘rsatkichlarini e’tiborga olish zarur. Bozorning tanlab olingan
segmentidagi ishlar samaradorligini korxonaning unda xizmatlarning kafolatlangan takliflarini –
talab etilgan hajmda, kerakli sifat bilan, berilgan jadallik va muvofiq kuzatuv bilan ta’minlash
qobiliyati bilan belgilanadi. Bu korxonaning ishlab chiqarish, kadrlar, ilmiy-texnik, tashkiliy-
boshqaruv, investitsiyaviy imkoniyati, shuningdek uning innovatsion imkoniyatlarini sinchiklab
tahlil qilish kerakligini shart qilib qo‘yadi.
Korxonaning maqsadli bozori sifatida u yoki bu segmentini tanlash to‘g‘risidagi qat’iy qarorni
bunday qaror yuqorida sanab o‘tilgan barcha mezonlarga qanchalik muvofiq kelishini har tomonlama
baholash asosida qabul qilinadi.
Bozorning mumkin bo‘lgan segmentlari sonini optimallashtirish uchun konsentrlashgan va
dispersli metodlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Konsentrlashgan metod yoki “chumoli metodi” bir segmentdan boshqa segmentga izchil
izlanish ishini nazarda tutadi. Bu metod tezligi bilan ajralib turmaydi, lekin ko‘p xarajat talab etmaydi.
Dispersli metod yoki ninachi metodi sinab ko‘rish va xatolar yo‘li bilan amalga oshiriladi. U
korxonani tezda bozor segmentlariningoqibatda izchillik bilan ulardan ko‘proq foydali va
samaralisini tanlash uchun maksimal mumkin bo‘lgan miqdoriga chiqishni nazarda tutadi. Bunday
metod tezda natija beradi, biroq salmoqli xarajatlarni talab etadi.
Maqsadli bozorni tanlangandan so‘ng korxona oldida unga kirib borish vazifasi ko‘ndalang
bo‘ladi. Odatda bu mahsulotni tanitish vositasi bilan erishish orqali bu segmentda o‘z o‘rni
to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: