Roʻyxatga olish uslubi. Bu usluborqali muayyan hodisalar, narsalar yoki harajatlarni koʻzatib
va hisobga olib boriladi. Roʻyxatga olish uslubi muayyan hodisalarni hisobga olish (masalan, sinovlar
vaqtida buyumning ishdan chiqishi, turkumdagi noʻqsonli buyumlar miqdori) boʻyicha olingan
axborotlarga asoslanadi.
Hisob kitob uslubi: Bu uslubga koʻra mahsulot sifati koʻrsatkichlari uning parametrlariga
nazariy va (yoki) empirik bogʻlanishidan foydalanish asosida amalga oshiriladi. Hisob-kitob uslubida
mahsulot sifati koʻrsatkichlari boshqa uslublar vositasida olingan parametrlar qiymatidan
foydalanilgan hisoblashlar yordamida aniqlanadi (bashorat qilinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |