davlat miqyosida rejalashtirish va sifatni boshqarish obyekti hisoblanadi. Shuningdek, mahsulot sifatini
yaxshilash, mahsulot ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib keladi.
Tovar (mahsulot) sifatining yuqoriligi u yoki bu ishlab chiqarish tarmogʻida fan, texnika va
texnologiyaning yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi.
Mahsulot sifatini yaxshilash va uni taʻminlash hozirgi kunning dolzarb muommalaridan biri boʻlib
hisoblanadi, chunki bu vazifa bozor iqtisodiyoti yoki munosabatlarining talablaridan kelib chiqadi.
Respublikada amal qilayotgan qonun – qoidalarga asosan isteʻmolchilar talabi va amaldagi modaga mos
kelmaydigan past sifatli mahsulot ishlab chiqargan korxonaga nisbatan iqtisodiy jarimalar qoʻllaniladi.
Agar bunga ishchilar aybdor boʻlsa, u holda ularga nisbatan maʻmuriy yoki jinoiy jazolar qoʻllaniladi.
Mahsulot sifatining shakllanishida unga juda koʻplab omillar taʻsir etadi va bu omillar shartli
ravishda texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarga boʻlinadi. Bu omillar oʻz navbatida obyektiv
va subyektiv omillarga ajratiladi.
Obyektiv omillarga koʻproq texnik omillar kiradi: buyum konstruksiyasi,
ishlab chiqarishni mexanizasiya va avtomatizasiyalashtirish, ishlab chiqarish bazasining texnik darajasi,
nazoratning texnik vositalari, zamonaviy texnologiya va boshqalar.
Subyektiv omillarga inson faoliti bilan bogʻliq omillar- kishilarning qobiliyati, ishlab chiqarish
vazifalarini bajarishga munosabati kiradi.
Texnik omillarga asbob – uskunalarning jihozlanishi, nazorat vositalari va texnik hujjatlarning holati,
dastlabki materiallar hamda yarim fabrikatlarning sifati yangi texnik vositalarning mavjudligi dastlabki
materiallar hamda yarim fabrikatlarning sifati va shunga oʻxshashlar kiradi.
Tashkiliy omillar rejali va bir maromda ishlash, texnik xizmat va jihozlarni taʻmirlash,
materiallar, butlovchi buyumlar, jihozlarni texnologik hujjatlar va nazorat vositalari bilan taʻminlanganligi,
ishlab chiqarish madaniyati, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish kabi omillarni oʻz ichiga oladi.
Iqtisodiy omillar mexnatga xaq toʻlash shakllari, oylik maoshining miqdori, yuqori sifatli
mahsulot va ishni ragʻbatlantirish, mahsulot yaroqsizligi uchun ish xaqidan ushlab qolish, mahsulotning
sifat darajasi, tannarxi va bahosi kabi omillardan tashkil topadi.
Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, ularni joy- joyiga qoʻyish, malaka oshirishni tashkil qilish, ilmiy
– texnik ijod, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, jamoaning turmush sharoitlari, oʻzaro munosabatlar
, jamoadagi psixologik muhit va tarbiyaviy ishlar kiradi.
Bu omillar sifatga alohida yoki birgalikda taʻsir etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: