Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Investitsiyalarni jalb etish samaradorligi



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/234
Sana06.06.2022
Hajmi4,03 Mb.
#642416
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   234
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Investitsiyalarni jalb etish samaradorligi 
Turli manbalardan moliyaviy resurslarni jalb etishning mumkin bo’lgan hajmiga ta'sir qiluvchi 
omillar bo’lib quyidagilar xizmat qilishi mumkin: 
- korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli; 
- korxona o’lchami (o’z aktivlari hajmi); 
- o’z kapitali konsentratsiyasining (mujassamlanishining darajasi); 
- kapital bozori kon'yunkturasi; 
- moliyalashtirish manbasini tanlash erkinligi; 
- mablag`larni jalb etishda vaqt va miqdor cheklanishlari. 
Vaqt cheklanishlariga quyidagilar kiradi: 


50 
- moliyalashtirish mablag`lariga ega bo’lish muddati; 
- moliyalashtirish mablag`lari jalb etilgan muddat; 
Miqdor cheklanishlari investitsiyalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag`lar hajmiga 
bog`liq bo’ladi; u quyidagi shartlar bilan belgilanadi: 
- investitsiyalarni moliyalashtirishdagi korxona ehtiyojlari; 
- korxonaning yetarlicha moliyaviy mustahkamligini ta'minlash zaruriyati;
- jalb etilayotgan mablag`lar qiymati; 
- mavjud ta'minot hajmi. 
Nazorat savollari: 
1. Investitsiyalar deganda nimani tushunasiz? 
2. Turli xil belgilar bo’yicha investitsiyalarning turkumlanishi. 
3. Investitsiyalarni moliyalashtirishning asosiy manbalarini sanab
o’ting. 
4. Investitsiyaviy faoliyatning ob'ekt va sub'ektlari. 
5. Investitsiyaviy faoliyatning bazis tamoyillari. 
6. Investitsiyalarni jalb etishning asosiy shartlari. 
 
 
 
 
6. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o‘rni 
 
1.
Investitsiya haqida tushuncha 
2.
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi 
3.
Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari 
4.
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli 
5.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari 
 
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul 
qilingan bo‘lib, ular o‘tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasining 
“Investitsiya to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatilishicha, “investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, 
daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga 
qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar 
asmavzu-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”
2
.Bu iqtisodiy 
ta'rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to‘laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, 
unda, birinchidan, investitsiyaning o‘ziga va investitsiya faoliyatining ob'ektlariga keng ta'rif 
berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar 
bog‘liqligi ta'kidlab o‘tilgan.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «qo‘yish», «mablag‘ni 
safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma'nosini beradi. Keng ma'noda investitsiya mablag‘ni 
ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda 
«investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy 
ne'matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta'riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy 
va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob'ektlariga yo‘naltirilib daromad 
keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad 
2
O‘zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.


51 
olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. 
 
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi 
bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg‘arish davrida pulni tez to‘plash 
uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me'yori 
yuzaga keladi. Foyda me'yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo‘ladi. Bu omil ham 
xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag‘bat yaratadi. Bozor talablariga binoan 
tejamli xo‘jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o‘zgarmagan sharoitda ham 
zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o‘z mablag‘i hisobidan ta'minlash imkonini cheklab 
ko‘yadi. 

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish