Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Banklarda investitsiya loyihalari hayotiyligining monitoringini o‘tkazish shakllari



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/234
Sana06.06.2022
Hajmi4,03 Mb.
#642416
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   234
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

5. Banklarda investitsiya loyihalari hayotiyligining monitoringini o‘tkazish shakllari. 
Banklar xizmat ko‘rsatayotgan mijozning faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotga ega bo‘lish, kreditga 
layoqatliligini tahlil etish, berilgan kreditlardan samarali foydalanishligini, hisob-kitob va to‘lovlarning 
barcha turlari bo‘yicha to‘g‘ri yuritilayotganligi, asosiy qarz va u bo‘yicha foizlarni qaytarish 
jarayonlari ustidan tekshiruv va nazorat olib borish tartibini ishlab chiqishi kerak. 
Shuningdek har chorakda bank xodimning (loyiha menejerining) joylarga borib, olib borilayotgan 
ishlar bilan bevosita ob'ektiv tanishib, ularni baholab, zarur bo‘lgan hollarda o‘z takliflarini berib 
kelishi. Korxonaning rahbari bilan yuzma-yuz holda olib borilayotgan ishlar, ular bo‘yicha kelgusidagi 
rejalar, natijalar yuzasidan suhbat qilishi ham talab tutilmagan salbiy holatlar paydo bo‘lganda,bank 
bergan kreditlarni qaytarib olish uchun zarur choralarni qo‘llashi ham talab etiladi. 
Umuman olganda, bu kabi loyihalarni kreditlash va ularning hayotiyligi yuzasidan banklarda 
monitoring o‘tkazish kuyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 
1. Joriy monitoring. 
2. Muammoli kreditlar monitoringi. 
Joriy monitoringning boshlanishi loyiha bo‘yicha xulosani asbob-uskunalarni olib kelish bitimini, 
kredit shartnomasini va monitoring rejasini o‘z ichiga oladigan xujjatlarni qabul qilish bilan 
boshlanadi. Qarz oluvchi bilan savol-javob o‘tkaziladi va qarz oluvchi bankka loyihaning texnik-
iqtisodiy asoslashni taqdim etadi. 
Monitoring bo‘yicha ishni rejali tashkil etish va loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilish 
uchun bank tomonidan barcha loyihalar bo‘yicha monitoring rejalarini bir xil tizimga keltirish talab 
etiladi. Shu bilan birga loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha monitoringi rejasi ishlab 
chiqiladi. Kreditning himoyasi tashkil etilishini ko‘zda tutgan holda monitoring rejasi kreditlash 
bo‘limidagi mutaxassislar (ekspertlar) bilan monitoring bo‘limi mutaxassislari o‘rtasida birgalikda 
kreditning barcha davriga tuziladi. Bunda monitoring rejasida har chorakda kamida bir marta bank 
xodimining tekshiruv uchun joylarga borib kelishi ko‘zda tutiladi. 
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida loyiha monitoringi bo‘yicha 
mutaxassislar loyiha holatini moliyaviy-iqtisodiy tahlildan o‘tkazadilar: 
-korxonaning har oyda Davlat Statistika ko‘mitasining joylardagi bo‘limlari va boshkarmalariga 
ishlab chiqarish faoliyati haqidagi topshiradigan oylik jadvalli hisobotlari; 
- qarz oluvchining choraklik moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha hisoboti. Bunda loyihaning 
iqtisodiy holatini tahlil qilish bo‘yicha ma'lumotlar bazasini bir tizimga keltirish zarur; 
- loyiha monitoringi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan choraklik moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar 
tahlili asosida kreditlarni anketalash o‘tkaziladi va kredit reytingi aniqlanadi, loyihalar monitoringi 
boshqarmasiga risklar darajasini bir xil tizimga keltirish va zaxiralarni shakllantirish uchun erkin 
axborotlar taqdim etiladi; 
- kreditlardan maqsadli foydalanishni tekshirish har chorakda ish o‘rnida tekshirish 
dalolatnomasini tuzish orqali amalga oshiriladi. Kreditlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha 
ma'lumotlar monitoring boshkarmasi tomonidan berib boriladi; 
- loyihani o‘zlashtirish bo‘yicha kreditlarning jadvalli o‘zlashtirish muddatlari oylar bo‘yicha 
taqqoslanadi; 
- kreditning ta'minlanganligi bo‘yicha nazorat. Har bir aniq kredit uchun alohida garovga 
qo‘yilgan mulkni tekshirish dalolatnomasi va har chorakda garovga qo‘yilgan mulkning holati 
haqidagi dalolatnoma ishlab chiqiladi; 
- hamma manfaatdor sub'ektlarga loyihalar rivoji, kreditlar va ularning foizlari qaytarilishi haqida 
hisobotlar tuzish va ularni taqdim etish; 


202 
- qarz oluvchining so‘mdagi mablag‘larini erkin almashinuvchi valyutaga konvertatsiya qilish 
bo‘yicha ishlarni amalga oshirish. Ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun xom ashyo va materiallar 
sotib olish maqsadida mablag‘larni konvertatsiya qilish, xujjatlarni tayyorlash, miqdoriy ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshirish; 
- xom ashyo sotib olish va tayyor mahsulotlarni sotish maqsadida marketing izlanishlarini 
(tadqiqotlarini) doimiy ravishda olib borish. Mahsulotlarning omborda turib qolishi sabablarini 
aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
- qarz oluvchining aylanma mablag‘lari holatini doimiy ravishda o‘rganish va uni bir maromda 
saqlashi uchun chora-tadbirlar ko‘rish va hattoki, kreditlar berish. 
Amaliyotda banklar tomonidan o‘z mijozlarini kreditlash hamisha samarali natijalar bilan 
yakunlanavermaydi. Ayrim hollarda korxonalarning o‘z biznes rejalarini nomukammal ishlab 
chiqishlari va faoliyatini maqsadli amalga oshirmaganliklari, shuningdek boshqa turli sabablar 
natijasida banklar tomonidan taqdim etilgan kreditlarning qaytarilish muammosi vujudga keladi. 
Albatta, muammoli kreditlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va ularni vujudga keltirishning o‘ziga 
xos omillari mavjud bo‘ladi. 
Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan omillarning belgilari kuyidagilar hisoblanadi: 
1. Kreditning mo‘ljallangan maqsadi bo‘yicha ishlatilmasligi. 
2. Shartnoma, biznes-rejada, texnik-iqtisodiy asoslash va boshqa kredit xujjatlarida aks ettirilgan 
jadvallarning amalga oshmasligi: 
- moliyaviy-statistik hisobotni «uzatish» jadvalining amalga oshmasligi; 
- sifatsiz asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallarni o‘zlashtirish va raqobatbardosh bo‘lmagan 
mahsulotlarni ishlab chiqarish. 
3. Qarz oluvchining moliyaviy-iqtisodiy holatining yomonlashish tendensiyasi, shu jumladan: 
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelishi; 
- mahsulot sotilishining sustlashishi; 
- qarz oluvchining faoliyatidagi rejalarida keskin o‘zgarishlar yuz berishi; 
- qarz oluvchi holatining tarmoqlarda yoki sotish bozorida yomonlashishi. 
4. Qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatini bajara olmasligiga olib keluvchi «fors-major» 
holatlarining vujudga kelishi, jumladan: 
- qarz oluvchining ishlab chiqargan mahsuloti narxining pasayishiga sabab bo‘luvchi omillarning 
kelib chiqishi; 
- rahbariyat va mulkdorlar tarkibidagi radikal o‘zgarishlar oqibatida menejmentning 
yomonlashuvi; 
- mol yetkazib beruvchilarning xom ashyo va materiallarni o‘z vaqtida yetkazib bera olmasligi; 
- qarzdorning biznes-hamkorlari ishonchsizligini ko‘rsatuvchi dalillarning vujudga kelishi. 
Kreditlar muammoli bo‘lib qolgan paytlarda to‘rt bosqich asosida tashkiliy tadbirlar o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich. Agar qarz oluvchining vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklari tufayli loyihalar 
amalga oshirilishida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar kuzatilsa, kuyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: 
a) bank bo‘limlarining ma'sul xodimlari bilan fikr almashishi; 
b) quyidagi maqsadlarda xo‘jalik organlariga tashrif buyurish: 
- loyihaning bajarilishini baholash
- qarz oluvchining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish; 
- loyihaning rivojlanish muammolarini aniqlash; 
- risklarni baholash; 
- kreditni o‘zlashtirishning qolgan davriga loyihaning biznes rejasini (TIA) o‘rganib chiqish; 
- korxona ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etishi uchun qarz oluvchilar va manfaatdor 
shaxslar o‘rtasida muzokaralar olib borish; 
- muammoli kreditlarning hal etilishini tashkil etish maqsadida kredit komitetini jalb etish va ular 
bilan muzokaralar olib borish. 
Ikkinchi bosqich. Qarz oluvchining kredit yuzasidan muddati uzaytirilgan qarzlar bo‘yicha 
majburiyati. Bu bosqichda ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagicha: 


203 
a) qarz oluvchining debitorlik majburiyatlari bilan ishlash. Bu ish qarz oluvchi faoliyatiga bog‘liq 
hamma faoliyatlar tahlilini talab etadi. Majburiyatlar zanjiri tuziladi, bir-biriga bog‘liq majburiyatlar 
qoplanishi sxemasi ishlab chiqiladi; 
b) mijozning hisob-raqamlari yopiladi. Ta'sir ko‘rsatishning bu turi juda ehtiyotkorlik bilan 
amalga oshiriladi, chunki bu qarz oluvchining aylanma mablag‘larini butunlay yo‘qotishiga olib 
kelishi mumkin; 
v) to‘lov muddatini uzaytirish. Kreditni uzaytirishni amalga oshirishda barcha moliyaviy-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar tahlili amalga oshiriladi, naqd pul bilan ta'minlanganlik tekshiriladi, biznes-reja ishlab 
chiqiladi va materiallar loyihalar monitoringi boshqarmasiga beriladi. 
Bu yerda o‘zgargan ko‘rsatkichlar yordamida yangi loyiha monitoringi rejasi ishlab chiqiladi va 
xulosa bilan birgalikda loyiha bo‘yicha kredit komitetiga taqdim etiladi. Kredit anketasi tuziladi va 
kredit portfeli monitoringi boshqarmasiga beriladi. Hisobotning hamma turlari va ma'lumotlar bazasi 
bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Uchinchi bosqich. Xizmat ko‘rsatuvchi bank mutaxassilari, loyihalar monitoringi boshkarmasi 
xodimlari, loyiha ekspertlari, hokimiyat vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar bilan birgalikda 
korxonaning ishlab chiqarishni maromiylashtirish maqsadida tekshiriladi. Tegishli hollarda 
korxonaning rahbarlarini o‘zgartirish masalalari ko‘rib chiqiladi. 
To‘rtinchi bosqich. Muddati uzaytirilgan majburiyatlarni qoplash maqsadida o‘tkaziladigan 
monitoring garovga qo‘yilgan mulkni sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Vujudga kelgan muammoli kreditlarning yuqoridagi bosqichlar asosida hal etilish tamoyili 
muammoli kreditlar bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlarning ijobiy natijasi, samarasini ta'minlashi 
bilan o‘z ahamiyatini ko‘rsatib turadi. Lekin har bir investor yoki kreditlovchi bank va tashkilotlar 
o‘zlarining maqsadlari va faoliyat yo‘nalishi xusuiyatidan kelib, chiqib mustaqil tarzda o‘ziga xos 
shakl va usul bo‘yicha muammoli kreditlarni hal etish chora-tadbirlarni tizimini ishlab chiqadilar. 
Nazorat savollari: 
1.
Monitoring mohiyati va ahamiyati nimadan iborat? 
2.
Banklarda investitsiya loyihalari hayotiyligining monitoringini o‘tkazish shakllari. 
3.
Banklarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish monitoringini tashkil etish. 
4.
Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoring.


204 

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish