Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet474/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 

2-guruh uchun: 

2-variant 

Kassa chiqim orderi 

Hisob-kitob to‘lov vedomosti  

To‘lov vedomosti 

Ishonchnoma  

Inventarizatsiyani o‘tkazish 

to‘g‘risidagi buyruq 

Kassadagi pul mablag‘larini tekshirish 

dalolatnomasi  

Chiqim yuk xati  

To‘lov topshiriqnomasi 



 

373 


 

Idishlar harakati to‘g‘risida 

hisoboti  

Tovar hisoboti  



3-guruh uchun: 

3-variant 

To‘lov topshiriqnomasi  

Inventarizatsiya ro‘yxati  

To‘lov topshiriqnomasi 

Kassa chiqim orderi  

Buxgalteriya balansi  

To‘lov talabnomasi  

Kirim-chiqim yuk xati  

Kassir hisoboti  

Asosiy vositalarni qabul qilish-

topshirish dalolatnomasi  

Ishonchnoma 

 

11. Mustaqil o‘rganish uchun savollar: 



12. 1) Buxgalteriya balansi va uning mohiyati tushuntirib bering? 

13. 2) Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni ayting.  

14. 3) Buxgalteriya balansiga nisbatan schyotlar qanday turlarga bo‘linadi? Ularning 

mazmunini tushuntiring. 

15. 4) Schyotlar va balansning o‘zaro bog‘lanishi nimalarda aks etadi?  

16. 5) “Debet” va “Kredit” tushunchalarini izohlang,  

17. 6) Buxgalteriya balansiga munosabati bo‘yicha schyotlar qanday turlarga bo‘linadi 

va ularning mazmunini ochib bering? 

18. 7) Buxgalteriya hisobi schyotlari deb nimaga aytiladi? 

19. 8) Ikki yoqlama yozuv nima?  

20. 9) Buxgalteriya provodkasiga ta’rif bering. Buxgalteriya provodkalarining qanday 

turlari mavjud?  

21. Sintetik va analitik schyotlarning mazmuni va o‘zaro bog‘liqligi nimadan iborat? 

 

MUSTAQIL SHUG‘ULLANISH UCHUN MASHQLAR 



“Buxgalteriya hisobi va audit” fani bo‘yicha o‘tilgan mavzularni chuqurroq egallash va 

talabalarning o‘z bilimlarini tekshirish va mustahkamlash uchun mustaqil shug‘ullanishlari uchun 

mashqlar berilmoqda.  

1-5 mashqlarning maqsadi talabalarining xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini 

ajratish, buxgalteriya balansini tuzishga doir mavzular bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga 

qaratilgan bo‘lsa, 5 mashq sintetik va analitik schyotlarni ochish, asosiy xo‘jalik jarayonlarini 

hisobga olish, buxgalteriya balansini va boshqa hisobotlarni tuzish bo‘yicha bilimlarini 

mustahkamlashga qaratilgan. 

 

 

1-mashq. 



Quyidagi  ma’lumotlardan  foydalangan  holda  «Feruz»  korxonasining 

buxgalteriya balansini tuzing.  

Xususiy kapital – 23750000 so‘m; 

Debitor qarzlar – 4950000 so‘m; 

Transport vositalari – 5700000 so‘m; 

Kreditor qarzlar – 2450000 so‘m; 




 

374 


 

Mebellar – 5500000 so‘m; 

Materiallar – 8800000 so‘m; 

Bankdagi hisob-kitob schyoti – 1250000 so‘m 

 

2-mashq. 



Quyidagi  ma’lumotlardan  foydalangan  holda  «Ko‘hi-nur»  korxonasining 

buxgalteriya balansini tuzing.  

xususiy kapital – 13000 so‘m; 

ofis jihozlari – 9000 so‘m; 

kreditor qarzlar – 900 so‘m; 

materiallar – 1550 so‘m; 

debitor qarzlar – 275 so‘m; 

hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari – 5075 so‘m; 

«Sayram» xususiy korxonasidan olingan qarz – 2000 so‘m. 

 

3-mashq. 



Quyida  «Shams»  korxonasining  2007  yil  1  yanvar  holatiga  buxgalteriya 

ma’lumotlari berilgan:  

Transport vositalari – 2000000 so‘m;  

Xom-ashyo va materiallar –1000000 so‘m;  

Binolar – 5000000 so‘m;  

Xarid qilingan tovarlar uchun korxona to‘liq hisob-kitob qilmagan va 400000 

so‘m qarzi bor;  

«Kartoshkabank»dan olingan qisqa muddatli kredit – 3000000 so‘m;  

kassadagi pul ablag‘lari – 100000 so‘m;  

hisob-kitb schyotidagi pul mablag‘lari – 700000 so‘m.  

«Shams»  korxonasining  ta’sischisi  A.Suyunov  hisoblanadi  va  yuqoridagi 

ma’lumotlardan  foydalangan  holda  A.Suyunovning  korxonadagi  ulushini  toping 

hamda  «Shams»  korxonasining  2007  yil  1  yanvar  holatiga  buxgalteriya  balansini 

tuzing.  

 

4-mashq. 



«Samo» xususiy korxonasida 2007 yil 1 aprel holatiga buxgalteriya balansida 

qo‘yidagi ma’lumotlar mavjud:  

xususiy kapital – 18900 so‘m; 

«Feruz» OAJdan olingan qarz – 2000 so‘m; 

kreditor qarzlar – 1600 so‘m; 

ofis jihozlari – 3500 so‘m; 

transport vositalari – 4200 so‘m; 

materiallar – 4950 so‘m; 

debitor qarzlar – 3280 so‘m; 

hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari – 6450 so‘m; 

kassadagi pul mablag‘lari – 120 so‘m; 

Aprel oyi davomida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari ro‘y bergan:  




 

375 


 

a) 770 so‘mlik material mol yetkazib beruvchilardan olindi (material summasi 

may oyi oxirida to‘lanadi); 

b) 280 so‘mlik debitor qarz hisob-kitob schyotiga kelib tushdi; 

v) 1000 so‘mlik kreditor qarz hisob-kitob schyotidan to‘landi.  

Aprel oyi boshi va oxiriga buxgalteriya balansini tuzing.  

5-mashq. 

«Feruz» MCHJ bo‘yicha mashq  

Mazkur mashqlar to‘plami buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot 

tuzish  ishlarini  meyoriy  tartibga  soladigan  hujjatlar  asosida  tuzilgan  bo‘lib, 

korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy qoidalarini ifodalaydi. Uning 

maqsadi korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan asosiy muomalalarni 

buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish, hamda  moliyaviy hisobot tuzish tartibi 

to‘g‘risida umumiy tushuncha berishdan iborat. 

Qo‘llanmada quyidagi shartli holatlar qabul qilingan: 

bir  turdagi  mahsulot  ishlab  chiqaradigan  va  tarkibiy  bo‘linmalarga  ega 

bo‘lmagan shartli korxona qabul qilingan; 

korxonaning  boshlang‘ich  ustav  kapitali  ta’sischilarning  ulushlari  hisobiga 

quyidagi  nisbatda  tashkil  etilgan:  A.Alimovning  ulushi  ulushi  –  60%  (binolar, 

inshootlar,  materiallar,  pul  mablag‘lari),  S.Salimovning  ulushi  –  40%  (nomoddiy 

aktivlar,  pul  mablag‘lari).  Korxonaning  foydasi  xuddi  shunday  nisbatda  ta’sischilar 

o‘rtasida taqsimlanadi; 

amortizatsiya  ajratmalari  №5-«Asosiy  vositalar»  nomli  Buxgalteriya  Hisobi 

Milliy Standartiga muvofiq qo‘shma korxonaning hisob yuritish siyosatida tanlangan 

usul  bo‘yicha  asosiy  vositaning  amortizatsiyalanadigan  qiymati,  ya’ni  moliyaviy 

hisobotda  ko‘rsatilgan  dastlabki  qiymat  summasidan  taxminiy  tugatish  qiymati 

chegirib tashlanganidan so‘ng qoladigan – tugatish qiymatidan hisoblanadi; 

korxona 25 foizli stavka bo‘yicha foyda solig‘i to‘laydi. Foyda solig‘ini to‘lash 

amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  belgilangan  tartibda  bo‘nak  ajratish  yo‘li  bilan 

amalga oshiriladi; 

korxona  ishlab  chiqarish  zahiralari  va  xarajatlar  uchun  qisqa  muddatli  bank 

ssudalaridan foydalanishi mumkin; 

ushbu mashqlar to‘plamidagi barcha muomalalar (ustav kapitalini shakllantirish, 

mehnat  vositalarini  sotib  olish  va  balansni  isloh  qilishga  doir  muomalalardan 

tashqari)(shartli ravishda bir oy davomida sodir bo‘lgan deb hisoblanib, keyinchalik 

hisobot  davri  deb  ataladi.  Ustav  kapitalini  shakllantirish  va  mehnat  vositalari  sotib 

olishga doir muomalalar hisobot davridan oldingi davrda, balansni isloh qilishga doir 

muomalalar esa – hisobot davridan keyingi davrda amalga oshirilgan; 

mashqlar  to‘plamidagi  barcha  ma’lumotlar  O‘zbekiston  Respublikasi  milliy 

valyutasi – so‘mda aks ettiriladi. 

Mashqlar  to‘plamida  barcha  xo‘jalik  jarayonlarini  tavsiflaydigan  muomalalar 

berilgan.  Ular  quyidagicha  guruhlanadi:  ustav  kapitalini  shakllantirish,  mehnat 

vositalarini  sotib  olish,  mehnat  buyumlarini  sotib  olish,  mahsulot  ishlab  chiqarish, 

mahsulotlarni jo‘natish va sotish, moliyaviy natijalarni aniqlash, hisob-kitob va boshqa 

muomalalar, balansni isloh qilish.

 



 

376 


 

 

5.1-mashq. Korxonalarning ustav kapitalini tashkil etishga  



va ta’minot jarayonini hisobga olishga doir muomalalar. 

 

№ 



Muomala mazmuni 

Summa 


(so‘m) 

Schyotlar aloqasi 

D-t 

K-t 






Qo‘shma  korxona  ustav  kapitalini  tashkil  qilish  to‘g‘risida 

ta’sischilar bilan shartnoma tuzildi: 

  

  

  



  

a) Alimov A 

622000 

  

  



  

b) Salimov S 

348000 

  

  



Korxona ustav kapitaliga ishtirokchi tomonidan qo‘shgan hissalari 

(mablag‘ va qiymatliklarning haqiqiy kirimi): 

A.Alimov  

  

  

  



  

a) asosiy vositalarga taaluqli bo‘lgan mulklar (bino va qurilmalar) 

150000 

  

  



  

b) materiallar 

170000 

  

  



  

v) idish va idish materiallari 

20000 

  

  



  

g) pul mablag‘lari (so‘m hisobida) 

280000 

  

  



  

Jami  


622000 

  

  



  

Salimov S.: 

a)  nomoddiy  aktivlar  (kashfiyotlardan  foydalanish  huquqi  va 

«Nou-xou») 

118000 

  

  



  

b) pul mablag‘lari  

230000 

  

  



  

Jami 


348000 

  

  



  

Hammasi 


970000 

  

  



 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish