Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka 

tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka 

tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy 

shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan 

stavkalar bo‘yicha undiriladi. 

 

25.5. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliqni byudjetga to‘lash tartibi 

Yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 

1) madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari – o‘z 

zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanadigan yer uchastkalari uchun; 

2)  nogironlarning  jamoat  birlashmalari,  «Nuroniy»  jamg‘armasi  va  «O‘zbekiston 

chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini 

nogironlar, 1941–1945  yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan  yuridik shaxslar, 

bundan  savdo,  vositachilik,  ta’minot-sotish  va  tayyorlov  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi  yuridik 




 

275 


 

shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga 

shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi; 

3)  yangi  tashkil  etilgan  dehqon  xo‘jaliklari  –  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan  oydan 

e’tiboran ikki yilga; 

4)  ixtiyoriy  tugatilayotgan  tadbirkorlik  sub’ektlari  –  yuridik  shaxslarni  davlat  ro‘yxatidan 

o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan 

e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish 

tartib-taomili  to‘xtatilgan  va  faoliyat  qaytadan  boshlangan  taqdirda,  ushbu  imtiyoz  qo‘llanilmaydi 

hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi. 

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi: 

1) bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish 

yo‘llari,  sug‘orish  ariqlari,  kollektorlar  va  umumiy  foydalanishdagi  boshqa  yerlar),  jamoa 

garajlarining yerlari; 

2) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari, bundan xo‘jalik faoliyati  yuritilayotgan 

yerlar  mustasno.  Muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning  yerlari  jumlasiga  davlat 

qo‘riqxonalarining,  kompleks  (landshaft)  buyurtma  qo‘riqxonalarining,  tabiat  bog‘larining,  davlat 

tabiat  yodgorliklarining,  buyurtma  qo‘riqxonalarining  (ovchilik  xo‘jaliklarida  tashkil  etiladigan 

buyurtma qo‘riqxonalari bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning yer uchastkalari kiradi; 

3)  sog‘lomlashtirish  ahamiyatiga  molik  yerlar  (xo‘jalik  faoliyati  yuritilayotgan  yerlar 

bundan mustasno) – tegishli muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga 

berilgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega 

bo‘lgan yer uchastkalari; 

4)  rekreatsiya  ahamiyatiga  molik  yerlar  (xo‘jalik  faoliyati  yuritilayotgan  yerlar  bundan 

mustasno)  –  aholining  ommaviy  dam  olishi  va  turizmini  tashkil  etish  uchun  tegishli  muassasalar 

hamda tashkilotlarga berilgan yerlar; 

5)  tarixiy-madaniy  ahamiyatga  molik  yerlar  (xo‘jalik  faoliyati  yuritilayotgan  yerlar 

bundan  mustasno)  –  tegishli  muassasalar  va  tashkilotlarga  doimiy  foydalanishga  berilgan  tarixiy-

madaniy  qo‘riqxonalar,  xotira  bog‘lari,  sag‘analar,  arxeologiya  yodgorliklari,  tarix  va  madaniyat 

yodgorliklari egallagan yerlar; 

6)  suv  fondi  yerlari.  Suv  fondi  yerlari  jumlasiga  suv  havzalari  (daryolar,  ko‘llar,  suv 

omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, 

shuningdek  suv  xo‘jaligi  ehtiyojlari  uchun  yuridik  shaxslarga  belgilangan  tartibda  berilgan  suv 

havzalari hamda boshqa suv ob’ektlari sohillari bo‘ylab ajratilgan mintaqa yerlari kiradi; 

7) elektr uzatish liniyalari, ularning podstantsiyalari va inshootlari egallagan yerlar; 

8)  umumdavlat  aloqa  liniyalari  (havo  va  kabelli  aloqa  liniyalari,  tirgakli  liniyalar  va 

radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele 

aloqa  liniyalari,  kabelli  telefon  kanalizatsiyalari,  yer  ustidagi  va  yer  ostidagi  xizmat 

ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda 

boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar; 

9) madaniyat, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash ob’ektlari egallagan yerlar; 

10) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;  

11)  umumiy  foydalanishdagi  temir  yo‘llar,  shu  jumladan  tuproq  ko‘tarmasi,  sun’iy 

inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va 

yo‘l qurilmalaridan iborat temir yo‘llar stantsiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan 

tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy  yoki vaqtinchalik 

foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; 

12) shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti 

bekatlari va metropoliten stantsiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar; 

13) sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish 

hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar; 



 

276 


 

14)  aholi  punktlarining  suv  ta’minoti  va  kanalizatsiya  inshootlari:  magistral  suv  quvurlari, 

vodoprovod  tarmoqlari,  kanalizatsiya  kollektorlari va  ularning  inshootlari,  nasos  stantsiyalari,  suv 

olish  va  tozalash  inshootlari,  vodoprovod  va  kanalizatsiya  tarmoqlaridagi  kuzatish  quduqlari  va 

dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar; 

15) magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stantsiyalari, yong‘inga 

qarshi  va  avariyaga  qarshi  stantsiyalar,  truboprovodlarni  katodli  himoyalash  stantsiyalari  ularni 

tarmoqqa  ulash  uzellari  bilan,  truboprovodlarni  tozalash  qurilmalari  hamda  shunga  o‘xshash 

inshootlar egallagan yerlar; 

16)  magistral  issiqlik  trassalari,  shu  jumladan  nasos  (ko‘paytiruvchi,  kamaytiruvchi, 

aralashtiruvchi, drenaj) stantsiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish 

asboblari, isitkichlari, tsirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar; 

17)  samolyotlarning  uchish-qo‘nish  maydonlari,  yerda  boshqarish  yo‘lkalari  va  to‘xtash 

joylari, fuqaro  aviatsiyasi aeroportlarining  radionavigatsiya va  elektr-yoritish uskunalari egallagan 

yerlar; 

18)  O‘zbekiston  Respublikasining  Investitsiya  dasturiga  kiritilgan  ob’ektlar  qurilishi 

uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida; 

19)  konservatsiyaga  qo‘yilishi  to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining qarorlari qabul qilingan ob’ektlar egallagan yerlar, ularning konservatsiyasi davrida; 

20) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari egallagan yerlar; 

21) yuridik shaxs balansida bo‘lgan va xo‘jalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaro 

muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan ob’ektlar egallagan yerlar; 

22)  ihota  o‘rmon  daraxtzorlari  egallagan  yerlar.  Ihota  o‘rmon  daraxtzorlari  jumlasiga 

quyidagilar kiradi: o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlarining va ovlanadigan qimmatbaho 

baliqlarning  uvildiriq  sochadigan  joylarini  muhofaza  qiladigan  boshqa  suv  ob’ektlarining 

sohillaridagi, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqasidagi taqiqlangan mintaqalar; eroziyaga qarshi 

o‘rmonlar;  cho‘l  va  yarim  cho‘l  mintaqalaridagi  o‘rmonlar;  shahar  daraxtzorlari  va  o‘rmonzor 

bog‘lari;  aholi  punktlari  hamda  sanoat  markazlari  atrofidagi  yashil  mintaqalar  daraxtzorlari;  suv 

ta’minoti  manbalari  sanitariya  muhofazasi  mintaqalarining  o‘rmonlari;  kurortlarning  sanitariya 

muhofazasi  tegrasidagi  o‘rmonlar;  alohida  qimmatga  ega  bo‘lgan  o‘rmon  massivlari;  ilmiy  yoki 

tarixiy ahamiyatga molik o‘rmonlar; 

23) qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun  yangi o‘zlashtirilayotgan  yerlar, ularni o‘zlashtirish 

ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida; 

24)  melioratsiya  ishlari  amalga  oshirilayotgan  mavjud  sug‘oriladigan  yerlar,  ishlar 

boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga; 

25)  yangi  barpo  etilayotgan  bog‘lar,  tokzorlar  va  tutzorlar  egallagan  yerlar,  daraxtlarning 

qator  oralaridan  qishloq  xo‘jaligi  ekinlarini  ekish  uchun  foydalanilishidan  qat’i  nazar,  uch  yil 

muddatga.  Kuzda  o‘tkazilgan  yangi  ko‘chatlar  uchun  beriladigan  imtiyoz  muddatini  hisoblab 

chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o‘tkazilgan ko‘chatlar uchun 

esa joriy soliq davrining 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi; 

26) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va o‘rmon fondidagi yerlari, 

qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga 

qarashli  tajriba,  eksperimental  va  o‘quv-tajriba  xo‘jaliklarining  bevosita  ilmiy  hamda  o‘quv 

maqsadlari  uchun  foydalaniladigan  yerlari.  Ushbu  bandga  muvofiq  ilmiy  tajribalar,  eksperimental 

ishlar, yangi navlarning selektsiyasi o‘tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy 

va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari 

soliq to‘lashdan ozod qilinadi. 

Belgilangan  maqsadda  bevosita  foydalanilmayotgan  yer  uchastkalariga  ushbu  moddada 

belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. 

Yer solig‘i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va 

yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot 

yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi.  




 

277 


 

Yer  solig‘ini  hisoblab  chiqarish  soliq  solinadigan  bazadan  va  belgilangan  stavkadan  kelib 

chiqqan holda amalga oshiriladi.  

Yil  mobaynida  yuridik  shaxslarda  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  mulk  huquqi,  egalik  qilish 

huquqi,  ulardan  foydalanish  huquqi  yoki  ijara  huquqi  vujudga  kelganida  (bekor  qilinganda), 

shuningdek  ular  foydalanayotgan  yer  maydoni  ko‘paygan  (kamaygan)  yoki  yer  solig‘i  bo‘yicha 

imtiyozlar huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) taqdirda, yuridik shaxslar davlat soliq xizmati 

organiga yer solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yer uchastkasi ajratilgan (olib qo‘yilgan) yoki 

imtiyoz  huquqlari  bekor  qilingan  (vujudga  kelgan)  kundan  e’tiboran  bir  oylik  muddatdan 

kechiktirmay taqdim etishlari shart. 

Soliq  davri  mobaynida  qishloq  xo‘jaligi  ekinlarining  umumiy  maydonida  va  tarkibida 

o‘zgarishlar  yuz  bergan  yagona  yer  solig‘ini  to‘lashga  o‘tmagan  qishloq  xo‘jaligi  korxonalari  yer 

solig‘ining  aniqlashtirilgan  hisob-kitobini  davlat  soliq  xizmati  organiga  joriy  yilning  1  dekabriga 

qadar taqdim etadi. 

Yer solig‘ini to‘lash yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi 

oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.  

Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yer solig‘ini 

to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

hisobot yilining 1 iyuliga qadar – yillik soliq summasining 20 foizi; 

hisobot yilining 1 sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizi; 

hisobot yilining 1 dekabriga qadar – soliqning qolgan summasi. 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish