Qo‘shimcha yozuv usuli schotlar aloqasi to‘g‘ri tuzilgan, lekin xo‘jalik muomalasining
summasi yozilishi kyerak bo‘lganidan kam qilib yozilgan paytda xatoni tuzatish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha yozuvda schotlar korrespondensiyasi xato (kam) yozilgan yozuvdagidek qilib,
xato yozilgan va yozilishi kyerak bo‘lgan to‘g‘ri summa o‘rtasidagi farqiga tuziladi.
Masalan, mol yetkazib beruvchilardan 40000 so‘mlik Material olingan. Schotlar
korrespondensiyasida esa 35000 so‘m deb ko‘rsatilgan.
1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti debeti –35000 so‘m,
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schotining krediti – 35000 so‘m.
Ushbu xatoni tuzatish uchun yuqoridagi schotlarga 5000 so‘m qo‘shimcha yozuv qilinadi
(40000-35000).
1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti debeti –5000 so‘m,
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schotining krediti –5000 so‘m
Natijada ikkala yozuv summasi sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasini to‘g‘ri aks ettiradi.
Ayrim hisob registrlarida xatolarni tuzatishda ham qizil storno usulidan, ham qo‘shimcha
yozuv usulidan foydalanib, hisob ko‘rsatkichlari tartibga solinib ham turiladi.
Masalan, mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlashga oid hisob-kitobga muvofiq reja tannarx
bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summasi qizil storno yoki qo‘shimcha yozuv yo‘li bilan hisob
registrlarida rasmiylashtiriladi. Agar mahsulot (ish, xizmat) ning haqiqiy tannarxi reja tannarxidan
oshiq bo‘lsa, u holda qo‘shimcha yozuv usulidan foydalanib, farq summa oddiy rang bilan yoziladi,
agar teskarisi bo‘lsa, unda qizil storno usulidan foydalaniladi.Shunday qilib, mahsulo (ish, xizmat)
larning reja tannarxi bo‘yicha baholanib schotlarda aks ettirilgan qiymati tartibga solish yozuvi
yordamida haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi.
Tuzatilgan schotlar aloqasini yozishda xato yozuvning sanasi va raqamiga asoslanib, tuzatish
sabablarini ko‘rsatgan holda izoh berish kyerak.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobini yuritishda xilma-xil texnik vositalar va
turli hisob registrlaridan foydalaniladi. Xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda tashqi shakli va
grafalanishi turlicha daftarlar, kartochkalar va alohida varaqlar qo‘llaniladi, hisob registrlarining u
yoki bu tartibda o‘zaro bog‘lanishi aniqlanadi va hisob registrlariga yozishning u yoki bu usuli, u
yoki bu ketma-ketligi qo‘llaniladi. Muomalalarni qayd qilishda qo‘llaniladigan texnik vositalar va
hisob registrlarining turli xil birlashmalari buxgaltyerlik hisobining har xil shakllarini ishlab
chiqishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |