3-jadval
Jahon qorako’lchiligida ayrim davlatlar salmog’i
Mamlakatlar
Salmog’i (%da)
Bosh soni
Qorako’l terini sotish buyicha
Afg’oniston
31,0
29,0
O’zbekiston
24,8
24,7
Turkmaniston
21,7
20,5
Qozoqiston
9,9
4,4
Eron
6,2
6,8
Namibiya
1,2
4,4
Tojikiston
0,9
1,7
Rossiya
0,9
1,7
Boshqalar
3,4
6,6
Qorako’l O’zbekistonning iftixori va boyligi hisoblanadi. Qorako’l terilari o’ramalarining
o’ziga xosligi, tabiiyligi, naqshlarining boyligi, ipakdek yumshoqligi, yaltiroqligining yuqoriligi bilan
jahonda shuhrat qozondi. O’zbekiston jahonda qorako’l qo’ylarining vatani hisoblanmay, balki
qorako’l qo’ylarini yetishtiruvchi asosiy baza ham bo’lib hisoblanadi.
Qorako’l yetishtirish bo’yicha respublikaning yettita viloyati: Buxoro, Navoiy, Samarqand,
Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog’iston respublikalari shug’ullanadi.
1920 yillargacha qorako’lchilar ko’chmanchilik yoki yarim ko’chmanchilik holatida bo’lib
qo’ylarning mahsuldorligi past edi. Qish og’ir kelgan vaqtlarda foydalanish uchun zahira ozuqa
mahsulotlari yo’q edi va quylarning sezilarli qismi o’lib ketar edi. Shunday holatni 1892, 1917 va
keyinchalik 1969 yillar misolida ko’rish mumkin, bu vaqtda qishlov og’ir kelishi natijasida nobud
bo’lgan qo’ylarning 90-95% ga yaqini qorako’l qo’ylari bo’lganligi ko’rsatilgan. Shuning 80%i
Buxoro amiri va uning yaqinlariga, katta boylarga tegishli bo’lgan.
1928 yil O’zbekistonda birinchi marta «Muborak» qorako’lchilik sovxozi tashkil etilgan,
hozirgi kunda ham mana shu xo’jalik qora rangli qorako’l terilarini yetishtiruvchi naslchilik
xo’jaliklaridan biri bo’lib hisoblanadi. Oxirgi vaqtlarda kolxoz va sovxozlarda bo’lgan qorako’lchilik
suruvlaridan qora rangli qorako’l terilarini ishlab chiqaruvchi naslchilik zavodlari va fermalari tashkil
etildi. Bular: «Nishon», «Konimex» va «Qorako’l».
Kulrang va sur rangli terilarni yetishtiruvchi «Oq-qapchig’ay», (hozirda «Sayxun» va «Oq-
qapchig’ay»), «Nurota», «Qoraqum», «Karnob», «G’uzor» naslchilik fermalari, Buxoro va Navoiy
shirkatlari.
1935 yilda tashkil etilgan O’zbekiston zonal qorako’lchilik tajriba stansiyasi keyinchalik
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng qayta tashkil etilib «Cho’l ekologiyasi va qorako’lchilik
ilmiy tekshirish instituti»ga aylantirildi. Hozirgi vaqtda Respublikada 18 ta naslchilik zavodi va 13 ta
naslchilik xo’jaliklari faoliyat ko’rsatmoqda.
Qorako’lchilikdan olinadigan mahsulot qorako’l qo’zi terilari bo’lib, u tabiat mo’jizasi
sifatida butun dunyoda mashhurdir.
2004 yili Respublikaning barcha turdagi xo’jaliklarida 375 ming donaga yaqin yuqori sifatli
qorako’l teri ishlab chiqarilib mamlakat ichidagi va chet el iste’molchilariga yetkazib berildi.
332
Bu mahsulotni asosiy qismi horijga sotilib, mamlakat valyuta tushumining ortishiga sezilarli
ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari qorako’l zotli qo’ylar O’zbekistonda mavjud bo’lgan cho’l, yarim
cho’l zonasi bo’lgan 25 mln.ga yaqin noqulay sharoitida arzimagan efimer o’simliklar va buta,
butasimon o’simliklardan tashkil topgan dag’al oziqalardan o’ta samarali foydalanishi bilan alohida
e’tiborga sazovordir. Eng og’ir chidamliligini ko’rsata olgan chorva moli sifatida qadrlanadi.
Hozirda, ya’ni 2014 yilga kelib, qorako’l qo’ylar soni 6 mln.ga yaqinni tashkil etadi.
Qorako’l quylari qorako’l terisidan tashqari iste’mol uchun juda sifatli bo’lgan go’sht
mahsuloti bilan ham ahamiyatlidir. Qorako’l qo’y go’shti boshqa zotli qo’ylar go’sht mahsulotlari
bilan o’zlarining shifobaxshlik sifati – (mramornost) muskul va yog’ to’qimalarining qavatma-qavat
joylashishi bilan keskin ajralib turadi. Qorako’lchilikda teri va go’shtdan tashqari, yosh qo’zi
oshqozoni (sыchug), jun, shifobaxsh, yuqori darajali yog’li sut mahsulotlari va boshqa turdagi
yordamchi va qo’shimcha mahsulotlar olinib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jabhasida muhim o’rinni
egallaydi.
Quyidagi 1- va 2- jadvallarda O’zbekistonda qo’ylar bosh sonining o’zgarishi va qo’ychilik
mahsulotlari ishlab chiqarishning o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar tahlili barcha toifadagi
xo’jaliklar, jumladan, fermer xo’jaliklari, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari
shuningdek, qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar kesimida keltirilgan. 2005-
2014 yillarda jami qo’ylar soni 7087 ming boshga yoki 1,6 martaga oshgan. Shu jumladan qorako’l
qo’ylar esa 1848,1 ming boshga yoki 1,4 martaga oshgan. Qorako’l qo’ylarning jami qo’ylardagi
salmog’i esa – mos ravishda 41,3 dan 35,4 % gacha o’zgargan. Shu davrda fermer, dehqon va
aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida mos ravishda - 2,7 va 1,8 martaga o’sish sur’ati kuzatilgan
bo’lsa, qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda esa 32,5 % ga kamayish
tendensiyasi mavjud. Qo’ychilik mahsulotlari bo’lmish, qo’y va echki go’shti, jun va qorako’l terisi
yetishtirishda keskin o’zgarishlar bo’lgan. Shu davrda qo’y va echki go’shti ishlab chiqarish – 2,3
martaga, jun tayyorlash – 1,7 martaga va qorako’l terisi yetkazib berish -1,5 martaga oshgan. Ushbu
mahsulotlarni yetishtirishda fermer, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida o’sish
sur’ati kuzatilgan bo’lsa, qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda esa kamayish
tendensiyasi mavjud.
333
Do'stlaringiz bilan baham: |