262
8. Uzum
25000 35000 35000 42200 60400
11030
0 96900 71900 3,9 m
9. Go’sht
26500
0
34770
0
52840
0
62860
0
63820
0
85120
0
79880
0
53380
0 3,0 m
10. Sut
50000 51800 73000 88800 86600
10500
0 88000 38000 1,8 m
11. Tuxum
19000 18000 22000 28000 28000 35000 34100 15100 1,8 m
12. Pilla
13910
0
13370
0
16570
0
29900
0
40000
0
47340
0
48150
0
34240
0 3,5 m
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va
O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
Tahlil etilayotgan davrda, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining baholari turli darajada o’zgarib
borgan. Bunda eng yuqori o’sish sur’ati meva, uzum va polizda bo’lib, ular mos ravishda5,3; 3,9 va
3,8 martani tashkil etgan. Shuningdek, bu ko’rsatkich - go’sht va pillada – 3,0-3,5 martani, g’alla,
paxta, tamaki, sabzavot, kartoshkada – 2,0 dan 3,6 gacha oshgan bo’lsa, sut sog’ish va tuxum
yetishtirishda – 1,8 martani tashkil etgan.
Demak, 2014 yilda 2008 yilga nisbatan mahsulotlarning o’rtacha sotish baholari keskin
ko’tarilgan. Ammo qishloq xo’jaligi korxonalari mahsulotlarining o’rtacha sotish baholari erkin,
ichki va jahon bozori baholariga nisbatan anchagina pastdir. Bu holat ayniqsa, davlat buyurtmasi
asosida sotiladigan paxta xom-ashyosi va g’alla mahsulotlariga taalluqlidir.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga garantiyalangan baholar mahsulotlarni davlat fondiga sotib
olganda qo’llaniladi.
Bulardan tashqari bozor iqtisodiyotida quyidagi baholar ham keng qo’llaniladi:
•
Jahon
•
Bazis
•
Ma’lumot
•
Transfert
•
Garov
Jahonbaholari
-tovarlarni import yoki eksport sharoitida sotish uchun foydalaniladi. Ular
jahonda yetakchi tovar ishlab chiqaruvchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar bahosiga qarab
aniqlanadi.
Bazis
- oldindan tuzilgan bitimlarda boshlang’ich baho sifatida qo’llaniladi va qo’shimcha
hamda olib tashlashlar yordamida tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Ma’lumot
– o’tgan davr uchun haqiqatda tuzilgan bitimlar bo’yicha yoki shu mahsulotni
boshqa yetkazib beruvchilar bo’yicha baho darajasini aks ettiradi.
Transfert
– bu turli xil baholar bo’lib, u xalqaro birlashmalar, firmalar, kompaniyalar va
transmilliy kompaniyalar doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish uchun hisob-kitoblarda
qo’llaniladi.
Garov
- mahsulotlar garovga sotib olinganda qo’yiladigan baholar.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlaridan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki,
ayrim dehqonchilik mahsulotlari turli davrlarda ma’lum bir talab va taklif asosida sotilib, uning
bahosida keskin tafovutlar paydo bo’ladi. Bu esa bahoning mavsumiy xarakatidir. Ayrim mahsulotlar
ham ishlab chiqarilgan paytda ham ma’lum bir davr saqlanib, keyin sotiladi. Shunga qarab, ularning
bahosi ko’tarilib yoki pasayib turadi.
Qishloq xo’jaligida baholarining tebranib turishi bozor kon’yukturasidan kelib chiqadi. Bu esa
tabiiy sharoitga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: