renta alohida yer uchastkalarinig unumdorligidagi farqlarga va qo’shimcha sarf qilingan
xarajatlarning unumdorligiga bog’liq bo’lmaydi. Ijarachilar yer uchun ijara haqini qishloq xo’jalik
mahsulotlari bahosi unga o’rtacha foydadan ortikcha daromad keltirish sharti bajarilgandagina,
o’rtacha foyda uchun zararsiz qilib to’laydilar. Bundan ko’rinadiki, yerga xususiy mulkchilik
oqibatida qishloq xo’jalik mahsulotlari bahosi, yomon yerning ishlab chiqarish sharoiti bilan
aniqlanadigan ishlab chiqarish bahosidan yuqori bo’ladi. Yomon yer uchastkasini ijaraga olgan
ijarachilar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosidan oshadigan bahoda sotib, yer
egalariga absolyut renta shaklida o’zlashtiradigan, o’rtacha foydadan yuqori daromad keltiradilar.
Shunday qilib, barcha ijarachiga berilgan yer uchastkalari yer egalariga absolyut renta keltiradi.
162
Yer egalari ijara haqi shaklidagi absolyut rentani faqat qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun
foydalaniladigan yer uchun emas, balki bino va inshootlarni qurish uchun mo’ljallangan yer
uchastkalari uchun, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida ijaraga berilgan yer
uchun ham oladilar.
Qurilish uchastkalari uchun to’lanadigan absolyut rentaning xususiyati shundan iboratki, uning
miqdoriga joylashgan o’rniga qarab to’lanadigan differensial renta katta tasir ko’rsatadi.
Demak, qanday turi bo’lishidan qatiy nazar, boshqa barcha ma’lumotlar bilan bir qatorda, renta –
yerning bahosini o’rnatishda muhim rol o’ynaydi.
Yerning aniq bozor bahosini o’rnatish uchun yer kadastri ma’lumotlari zarur; faqat shu asosda yer
resurslarining sifati va boshqa xossalarini hisobga olgan holda obyektiv baholash mumkin.
Yer kadastri
– bu davlat tomonidan yer to’g’risida obyektiv ma’lumotlarni olish maqsadida
o’tkaziladigan yerning ucheti, ro’yxatga olish va baholash bo’yicha harakati tizimi; kadastr shunday
qilib, davlat tomonidan maxsus amalga oshiriladigan hisob-kitob-baholash tadbirini ifodalaydi. U
yerning holati, miqdori, sifati va baholash huquqlari to’g’risida ishonchli ma’lumotlar va hujjatlardan
iborat bo’ladi.
Davlat kadastri yerdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilishni ta’minlash, yer egalari, yerdan
foydalanuvchilar va ijarachilar huquqlarini himoya qilish, yerning bahosini, yer solig’ini, ijara haqini
o’rnatish uchun obyektiv asos yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning kadastri quyidagi operasiyalarni o’z ichiga oladi:
-yerdan foydalanuvchilarni davlat ro’yxatidan o’tkazish;
-yerning miqdor va sifat jixatidan ucheti;
-yerni baholash (tuproq bonitirovkasi va iqtisodiy bahosini hisobga olib)
Ro’yxatga olish,
ya’ni yerlarni naturada chegaralari aniqlangandan keyin mulk qilib, egalik qilish
uchun, foydalanishga va ijaraga berishni rasmiylashtirish va hujjatlarini berish maxsus organlar
qarorlari asosida o’tkaziladi. Yer uchastkalarining huquqiy holatlari haqidagi ma’lumotlar yerning
davlat kadastr kitobida aks etdiriladi va yer mulki, yerdan foydalanish va yerni ijaraga berish, yer
maydonidan maqsadli foydalanishning obyektlari va subyektlari to’g’risidagi ma’lumotlardan tashkil
topadi.
Yerning
miqdor jixatdan ucheti
yerning mavjudligini, uning mulkdori va yerdan foydalanuvchilar
obyektlari bo’yicha va ekin turlari bo’yicha (ekinzorlar, kshp yillik daraxtlar, pichanzorlar, yaylovlar)
taqsimlanishini o’z ichiga oladi.
Yerning
Do'stlaringiz bilan baham: