Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

Ta’lim metodlari

 

  Ma’ruza, savol-javob, aqliy hujim,  

  blis so’rov, o’zaro  o’qitish metodi,  

  “Muammoli vaziyat” metodi. 



Ta’lim vositalari

 

  Ma’ruza matni, videoproyektor,  

  slaydlar, asosiy ma’lumot va tayanch  

  tushunchalardan iborat ma’ruza bo’yicha  

  tarqatma material. 

Ta’lim shakllari

 

 Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.  



O’qitish shart-sharoiti

 

 Texnik vositalardan foydalanish va  

 guruhlarda ishlashga mo’ljallangan 

 auditoriya  



 

Monitoring va baholash

 

 Og’zaki nazorat, savol-javob, reyting  

 tizimi asosida baholash.  

 

MA’RUZA MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK HARITASI 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

ta’lim beruvchi 

ta’lim oluvchi 

1 - bosqich. 

O’quv 

mashg’ulotiga 



kirish 

(20 daqiqa) 

1.1.Talabalar  davomati  aniqlanadi,  auditoriya  va 

talabalarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 

1.2.Bugungi  kundagi  yangiliklar  va  mavzuning 

ahamiyati.  

1.3.O’tilgan mavzu bilan bog’lash, mavzu, uning 

maqsadi,  o’quv  mashg’ulotidan  kutilayotgan 

natijalar ma’lum qilinadi. 

1.1. Eshitadi, yozib oladi. 

2 - bosqich. 

Asosiy 


qism 

(120 daqiqa) 

2.1.Ma’ruza matni mavzusining matni tarqatiladi. 

Reja,  tayanch  tushunchalar  bilan  tanishish  taklif 

etiladi. 

2.2.Slaydlardagi  ko’rgazma  va  sharhlar  asosida 

qullaniladigan nazariy usullar bilan tanishtiriladi. 

Talabalar    yalpi  mahsulot  tushunchasi,  uning 

tarkibi, hisoblash va  baholash,  yalpi mahsulotni 

takror  ishlab  chiqarish  turlari  va  omillari,  yalpi 

mahsulotning  taqsimlanishi,  tovar  mahsulot 

tushunchasi,  tovarlilik  darajasi  va  uni  oshirish  

imkoniyatlariga  oid  tayyorlab  kelingan  chizma 

orqali  talabalar  hukmiga  havola  etiladi.  Dars 

davomida  talabalarni  faollashtiruvchi  savollar 

o’rtaga tashlanadi. Har bir rejadagi savol bo’yicha 

xulosalar qilinadi. 

2.3.Keltirilgan tayanch tushunchalarni chuqurroq 

izohlash  maqsadida  talabalarga  Klaster  texnikasi 

qo’llaniladi. 

2.1.Eshitadi. 

Navbat  bilan  bir-birini 

takrorlamay 

atamalarni 

aytadi. 

O’ylaydi,  javob  beradi  va 

to’g’ri javobni eshitadi. 

2.2.Muammoli  vaziyatda 

o’z  fikri  bilan,  muammoni 

xal 


qilish 

yo’llarini 

qidiradi. 

2.3.Eslab qoladi, yozadi. 

Har  bir  savolga  javob 

berishga harakat qiladi. 

Ta’rifni 

yozib 


oladi, 

misollar keltiradi 

3 - bosqich. 

Yakuniy 


 (20 daqiqa) 

 

3.1.Mavzu  bo’yicha  yakun  qiladi,  qilingan 



ishlarni  kelgusida  kasbiy  faoliyatida  muhim 

ahamiyatga  ega  ekanligiga  talabalar  e’tiborini 

qaratadi. 

3.2.Faol qatnashgan talabalarni baholaydi.  

3.3.Mavzu bo’yicha test topshiriqlarini beradi. 

3.1.O’z-o’zini, 

o’zaro 

baholashni o’tkazadi.  

3.2.Savol  beradilar,  javob 

beradilar. 

3.3.Mavzu  bo’yicha  test 

topshiriqla-rini bajaradilar. 




 

 

268 



 

3.4.Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi. 

3.4.Mustaqil ishlash uchun 

topshiriqlarni yozadilar. 



 

14.1.Yalpi mahsulot tushunchasi, uning tarkibi, hisoblash va  baholash.  Yalpi mahsulotni takror 

ishlab chiqarish turlari va omillari 

 

Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishining  pirovard  natijasi  yalpi  mahsulotdir.  Qishloq  xo’jaligi 



yalpi  mahsuloti  deganda,  shu  tarmoqning  ma’lum  birdavr  ichida  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar 

miqdorining yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga faqat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari 

kiradi. 

Qishloq xo’jaligi  yalpi  mahsuloti  natura  va  qiymat ko’rsatkichlarda  hisobga  olinadi.  Natural 

ko’rsatkichlar qishloq xo’jaligida yaratilgan iste’mol qiymatlarning tarkibi va miqdorini aks ettiradi. 

Sentner, tonna va boshqa o’lchovlarda hisoblanadigan yalpi mahsulot ko’rsatkichiga, dehqonchilikda 

– alohida ekinlar yoki bir xil tipdagi qishloq xo’jaligi ekinlari asosiy mahsulotlari, yosh ko’p yillik 

daraxtlarning va dehqkonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning (kuzgi ekinlarning ekish va 

kelgusi  yil  hosili  uchun  xarajatlar)  o’sishidagi  o’zgarishlar,  shuningdek  tarmoqning  boshqa 

(qo’shimcha)  mahsulotlari  (somon,  pohol  va  boshqalar);  chorvachilikda  –  tayyor  mahsulotning 

alohida turlari bo’yicha (sut, jun, tuxum va boshqalar) yalpi tushum: bola, mollar va parrrandalarning 

tirik  vaznining  o’sishi,  shuningdek,  tarmoqning  boshqa  qoldiq  mahsulotlari    (go’ng  va  boshqalar) 

kiradi. 

Tarmoqlar bo’yicha qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining tarkibi quyidagicha bo’ladi: 

Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti: 

I. Dehqonchilik mahsulotlari: 

a) qishloq xo’jalik ekinlari asosiy mahsulot yalpi hosili; 

     b) ko’p yillik daraxtlarni o’stirish; 

     v) tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’idagi o’zgarish (kuzgi  ekinlar xarajati); 

     g) qo’shimcha mahsulot (somon,  poxol va boshqalar).  

II. Chorvachilik mahsulotlari 

     a)  qoramol  va  parrandalardan  xo’jalikda  foydalanishdan  olingan,  mahsulotlar  (sut,  jun, 

tuxum, pilla, qorako’l teri va boshqalar); 

     b) qoramol va parrandalarning o’sishi (tirik vaznda); 

     v) buzoqlar, qo’zi, uloq va boshqa olingan bolalar; 

     g) qoldiq mahsulotlar ( go’ng va boshqalar ). 

Qishloq  xo’jaligi  yalpi  mahsulotini  qishloq  xo’jaligi  korxonalari    yalpi  mahsuloti  bilan 

almashtirmaslik kerak. Qishloq xo’jaligi  korxonalarining yalpi mahsuloti ancha keng ma’noga ega 

bo’lib,  u  o’z  ichiga  qishloq    xo’jaligi  mahsulotidan  tashqari  yordamchi,  sanoat  va  boshqa  ishlab 

chiqarishlarni, ish va xizmatlari  oladi. Masalan: xo’jalikda qayta ishlangan ( un, o’simlik, mol yog’i 

va h.k)  dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari va boshqalar   qishloq xo’jaligi mahsuloti emas, 

balki sanoat mahsuloti hisoblanadi. Ular ham qishloq  xo’jaligi  korxonalari yalpi mahsuloti tarkibiga  

kiradi.  

Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini umumiy ifodalash uchun  taqqoslama va joriy baholarda, 

shuningdek mahsulot  tannarxi  bo’yicha  baholanadi. Mahsulotning umumiy hajmini, uning  yilar 

bo’yicha.  dinamikasidagi    o’zgarishlarni,  aniqlash  uchun,  shuningdek,  yillik  va  soatlik    mehnat  

unumdorlik  darajasini,  fond  qaytimini  hisoblash  va  boshqa  maqsadlar    uchun    yalpi  mahsulot 

taqqoslama  baholarda  baholanadi.  Yalpi  mahsulotni  joriy  baholarda  baholash  sof    daromadni  

hisoblash  uchun  foydalaniladi.  Qishloq  xo’jaligining  yalpi  mahsulotlari  qiymati  uning  tannarxi 

bo’yicha hisoblanadi. 

2014 yilda Samarqand viloyati bo’yicha barcha toifadagi xo’jaliklarda taqqoslama baholarda, 

qishloq  xo’jaligi  yalpi  mahsuloti  4912988,0  mln.  so’mni,  shu  jumladan  dehqonchilik  bo’yicha 

2777654,0  mln.  so’mni,  chorvachilik  bo’yicha  2135334,0  mln.  so’mni  tashkil  etgan.  Shuningdek 



 

 

269 



 

tannarx  bo’yicha  baholangan  yalpi  mahsulot  jami  4081926,0  mln.so’mni,  shu  jumladan 

dehqonchilikda 2178822,0 mln.so’mni, chorvachilikda esa 1903104,0 mln.so’mni tashkil etgan.

 

Respublika bo’yicha  yalpi ichki mahsulotning  yillar davomida o’zgarishi qishloq xo’jaligida 



ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlarining o’sish sur’atlarida namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligi yalpi 

ichki mahsuloti 1996 yilda (oldingi yilga nisbatan solishtirma baholarda) – 6,5%, 1997 yilda – 5,8%, 

1998 yilda – 4%, 1999 yilda – 5,9%, 2000 yilda ob-havoning, ayniqsa suv resurslarining tanqisligiga  

qaramasdan – 3,2% ko’paydi. Undan keyingi davrlarda esa, 2005 yilda – 5,4%, 2006 yilda – 6,7%, 

2007 yilda – 6,1%, 2008 yilda – 4,5%, 2009 yilda – 5,8%, 2010 yilda – 6,9%, 2011 yilda – 6,6%, 

2012 yilda – 7,2%, 2013 yilda – 6,9% va 2014 yilda ham  6,9% ga qo’shimcha o’sishga erishildi.  

Pulda ifodalangan dehqonchilik yalpi mahsuloti ko’rsatkichi(DYaM) qishloq xo’jaligi ekinlari 

yalpi  hosili  qiymati  (EYaHK),  ko’p  yillik  daraxtlarni  o’stirish  xarajatlari  qiymati  (KYDO’Q), 

tugallanmagan  ishlab  chiqarish  qiymatidagi  o’zgarishlar  va  boshqa  mahsulotlar  qiymati  (T  ishlab 

chiqarish  va  BMQ)dan  tashkil  topadi.  Misollarni,  Samarqand  viloyatidagi  barcha  toifadagi 

xo’jaliklarning 2014 yil  ma’lumotlari asosida ko’rib chiqamiz: 

 

m



mln.so'

 

2777654



 

=

 



BMQ

 

i/ch va



 

T

 



+

 

Q



KYDO'

 

+



 

EYaHQ


 

=

 



DYaM

 

 



Chorvachilik yalpi mahsuloti (ChYaM) esa, mollar va parrandalardan xo’jalikda foydalanish 

natijasida olingan mahsulotlar qiymati(MPMQ); mol va parrandalar tirik vazni o’sishining qiymati 

(TVO’Q), olingan bola qiymati(OBQ) va boshqa mahsulot qiymati (BMQ)dan tashkil topadi.  

 

m



so'

 

mln.



 

2135334


 

=

BMQ



+

 

OBQ



 

+

 



Q

TVO'


 

+

 



MPMQ

 

=



 

ChYaM


 

 

Pulda  ifodalangan  qishloq  xo’jaligi  yalpi  mahsuloti  tarmoqda  barcha  yaratilgan  moddiy 



boyliklarga  umumlashgan  tavsif  beradi.  U  qishloq  xo’jaligining  jami  ijtimoiy  mahsulotdagi 

salmog’ini,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishi  tarmoq  strukturasining  darajasi  va  dinamikasini, 

alohida kategoriyadagi korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishdagi rolini, ishlab chiqarish iqtisodiy 

samaradorlik  ko’rsatkichlarini  hisoblash  uchun  zarur,  umum  iqtisodiy  ko’rsatkich  sifatida  harakat 

qiladi. 

Qishloq  xo’jalikda  -  pulda  ifodalanadigan  yalpi    mahsulot    ko’rsatkichlarining  bir  qator 

kamchiliklari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:  

1.Yalpi mahsulot faqat jonli mehnat emas, balki  buyumlashgan  mehnatning ham natijasidir. 

Shuning uchun yalpi mahsulot bo’yicha  hisoblangan ko’rsatkichlar, jonli mehnatni tejash  hisobiga  

yuqori  bo’lmasdan, balki moddiy resurslarni ko’p sarflash hisobiga amalga oshadi; 

2.Yalpi  mahsulotni  hisoblashning  hozirgi  -  ya’ni  dehqonchilik  va  chorvachilik  mahsulotlari 

summasini  qo’shib  hisoblash  metodikasi    takroriy  hisoblashga  yo’l  qo’yadi.  Masalan:  yem 

dehqonchilikda ham, chorvachilikda ham mahsulotlar tannarxi moddasida ikki marta hisobga olinadi; 

3.Yalpi mahsulotni joriy xarid  baholarida  baholash,  uning  haqiqiy qiymatini pasaytiradi, ya’ni 

yalpi  mahsulotning  tovar  bo’lmagan  qismi tannarx bo’yicha baholanadi. U xarid bahosidan sof 

daromadning  miqdoricha  kam  bo’ladi,  ya’ni  yalpi  mahsulotning  qiymati  qishloq  xo’jalik  yalpi 

mahsulotining  tovar  bo’lmagan  qismini  ishlab  chiqarishga  ketgan,  qo’shimcha    mehnatni  hisobga 

olmaydi; 

4.Yalpi  mahsulot  ko’rsatkichi  har  doim  ham  ma’lum  korxona    kollektivining  real  mehnat 

hissasini aks ettirmaydi, chunki uning  miqdori boshqa tarmoqlardan keladigan material resurslarning 

hajmiga ham bog’liq; 

5.Taqqoslama  baholarda  hisoblangan  yalpi  mahsulot  ko’rsatkichi,  uning  sifatini  to’liq  aks 

ettirmaydi.  

Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti foydalanishiga qarab, ikki  qismga bo’linadi. Bir qismi (urug’, 

yem,  buzoqlar  uchun    ajratilgan    sut,  inkubator  uchun  tuxum  va  boshqalar)  bevosita  qishloq 

xo’jaligida ishlab chiqarish maqsadlari uchun iste’mol qilinadi. Boshqa qismi esa pirovard mahsulot 




 

 

270 



 

deyiladi va sotish uchun foydalaniladi. Shu sababli qishloq xo’jaligida  «yalpi oborot» tushunchasi 

ham ishlatiladi. Yalpi mahsulotdan farq qilib, yalpi oborot o’z ichiga hamma yalpi mahsulotni oladi, 

ya’ni ichki ishlab  chiqarish  ehtiyojlariga  sarflanadiganini ham, sotiladiganini ham. Yalpi oborot 

yalpi mahsulotdan ichki ishlab chiqarish oborotining  miqdoriga ko’pdir. Qishloq xo’jaligida, boshqa 

tarmoqlardan farq qilib, yalpi oborot va yalpi mahsulot bir-biriga teng. Chunki, yalpi mahsulot yalpi 

oborot  usuli  bo’yicha  hisoblanadi,  ya’ni  unga  ichki  xo’jalik  oboroti  ham  kiradi.  Shuning  uchun 

qishloq  xo’jaligida  yalpi  oborot  ko’rsatkichi    hisoblanilmaydi.  Qishloq  xo’jalik  mahsulotlarining 

to’xtovsiz va  o’sib  borayotgan  iste’moli uni ishlab chiqarish jarayonini takrorlanib va yangilanib 

turishini, ya’ni takror ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi. Takror ishlab chiqarish ikki xil: oddiy va 

kengaytirilgan  bo’ladi.  Oddiy  takror    ishlab    chiqarishda  jamg’arish  bo’lmaganligi  uchun  ishlab 

chiqarish  jarayoni  ilgarigi  hajmda,  ya’ni  o’zgarmagan  holda  takrorlanadi.  Kengaytirilgan  takror 

ishlab  chiqarishda,  ishlab  chiqarish  hajmi,  jamg’armadan  foydalangan  holda,  kengaygan  holda 

takrorlanib,  yangilanib  turadi.  Kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishda  ekstensiv  va  intensiv 

yo’llaridan foydalaniladi.  

Qishloq  xo’jaligida    yalpi    mahsulot  ishlab  chiqarishni  o’stirish    uchun  quyidagi  omillardan 

foydalaniladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish