Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


 Yer resurslaridan samarali foydalanishning omillari  va  ko’rsatkichlari. Yer



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

7.4. Yer resurslaridan samarali foydalanishning omillari  va  ko’rsatkichlari. Yer 

monitoringi 

 

Qishloq  xo’jaligida  yer  resurslaridan  foydalanishning  iqtisodiy  samaradorligi    xo’jaliklarga 

berkitilgan yer resurslardan foydalanish samaradorligi sifatida ham, qishloq xo’jaligiga yaroqli yer 

va  uning  alohida  turlari  bo’yicha  foydalanishning  samaradorligi  sifatida  ham  xarakterlaydigan 

ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanishi mumkin. Ko’rsatkichlarning bir qismi turli xil yer resurslari 

maydonlari  hajmining  miqdoriy  o’zgarishlarini  xarakterlaydi  va  ma’lum  darajada  ulardan 

foydalanishning  ekstensiv  xarakterini  aks  ettiradi,  boshqa  qismi  yerdan  foydalanishning  intensiv 

darajasini xarakterlaydi,  ya’ni 1 gektar maydon hisobiga to’g’ri kelgan u yoki bu ishlab chiqarish 

samarasini aks ettiradi. 

Birinchi guruh ko’rsatkichlarga, yer resurslarini qishloq xo’jaligi oborotiga jalb qilish darajasini 

aks  ettiruvchi,  yer  resurslaridan,  qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  yerdan  va  haydaladigan  yerdan 

foydalanish koeffisiyentlari kiradi. 

Yer  resurslaridan  foydalanish  koeffisiyenti  (  YeRFK)    qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  yerlarni 

xo’jalikka berkitilgan jami yer maydoniga nisbati bilan ifodalanadi. 

 

JEM


Q/XYaYe

YeRFK


=

 

 



Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish koeffisiyenti (Q/XYaYeFK). Haydaladigan 

yerlarni(HYe) qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarga(Q/XYaYe ) nisbati bilan ifodalanadi.  

 

Q/XYaYe


XE

Q/XYaYeFK 

=

 

 



Haydaladigan  yerlardan  foydalanish  koeffisiyenti  (HYeFK)  jami  ekin  maydonlarini(JEM) 

haydaladigan yerlarga(HYe) nisbati bilan ifodalanadi. 

 

HYe


JEM

HYeFK 


=

 

 



Qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  yerlardan  intensiv  foydalanishsamaradorligining  asosiy 

ko’rsatkichlari yer qaytimi va yer sig’imidir. Yer qaytimi 1 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga to’g’ri 

kelgan  sof  mahsulotni(SM)  ifodalasa,  yer  sig’imi,  1  so’mlik  sof  mahsulot  qancha  gektar  yerdan 

olinganligini ifodalaydi. 

 



 

 

 



168 

 

;



Q/XYaYe

SM

YeK 



=

       


;

SM

Q/XYaYe



 

YeS


=

 

 



Qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  yerlardan  intensiv  foydalanishsamaradorligining  qo’shimcha 

ko’rsatkichlari  ana  shu  yerlardan  olingan  natura  va  qiymat  shaklidagi  yalpi  va  tovar  mahsulotlari 

hisoblanadi. Yer qaytimi va yer sig’imining natural ko’rsatkichlari alohida olingan xo’jaliklarda yoki 

bir  xil  tabiiy  va  iqtisodiy  sharoitlarda  joylashgan  va  bir  xil  ixtisoslashgan  xo’jaliklarda  alohida 

mahsulot turlarini ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish 

samaradorligini baholashda foydalanilinadi. Yer qaytimi va yer sig’imining natural ko’rsatkichlari  1 

ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yer hisobiga to’g’ri kelgan  qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotini 

xarakterlaydi va aksincha: 

 

;

Q/XYaYe



TM

YaM,


 

YeQ


=

     


;

TM

YaM,



Q/XYaYe

 

YeS



=

 

 



Bunda har bir tur qishloq xo’jaligi mahsuloti uni ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan qishloq 

xo’jaligiga yaroqli yerga mos keladi. Yer qaytimining natural ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:  

1  ga  yerdan  olingan  qishloq  xo’jalik  ekinlari  hosildorligi;  100ga  haydaladigan  yer  hisobiga 

to’g’ri kelgan, sentner: g’alla, paxta, kartoshka, sabzavot va boshqalar . 

100 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarga yoki ozuqa ekinlari maydoni hisobiga ozuqa ishlab 

chiqarish, ozuqa birligi. 

100 ga  qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisobiga ishlab chiqarish, sentner sut, go’sht (turli xil), 

jun, tuxum, g’alla, paxta va boshqalar. 

Dehqonchilik, chorvachilik  yoki butun qishloq xo’jaligi mahsulotlari  ishlab chiqarish nuqtai 

nazaridan,  shuningdek  boshqa  turli  ixtisoslashgan  xo’jaliklarni  taqqoslashda,  yer  resurslaridan 

foydalanishning  samaradorligini  baholash  uchun  yalpi  va  tovar  mahsuloti  qiymatini,  shuningdek 

foydani  qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  yerga  bo’lib  hisoblaydigan,  yer  qaytimi  va  yer  sig’imining 

qo’shimcha qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi

 

;



Q/XYaYe

F

 



TMK,

 

YaMK,



 

YeQ


=

     


;

F

TMK,



 

YaMK,


Q/XYaYe

 

YeS



=

 

 



Qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  yerlardan  foydalanish  samaradorligini  xarakterlaydigan 

ko’rsatkichlarga, shuningdek dehqonchilik, chorvachilik alohida mahsulotlarini ishlab chiqarishning, 

shuningdek tarmoqlar va butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi ham kiradi. 

Taqqoslanadigan  xo’jaliklarda  yer  resurslaridan  foydalanishning  samaradorligini  baholashda 

qishloq xo’jaligiga yaroqli yer turlari (haydaladigan yer, pichanzor, yaylov) o’rtasidagi, ya’ni tuproq 

unumdorligi o’rtasidagi farqni hisobga olish zarur. Buning uchun yerni iqtisodiy baholash ballaridan 

foydalaniladi. Taqqoslama (kadastr) yer maydonidan olingan u yoki bu mahsulotni yoki hosildorlikni 

aniqlash uchun haqiqiy ko’rsatkichni 100 ga ko’paytirib  va yer bahosi balliga bo’lish kerak. Masalan: 

1 ga yerdan olingan paxta hosildorligi 25 sentner bo’lib, shu yerning iqtisodiy bahosining balli 90 ga 

teng  bo’lsa,  u  holda  1  gektar  kadastr  maydonidan  olingan  hosildorlik  27,7(25x  100:90=27,7) 

sentnerni tashkil etadi

Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishning zaruriy sharti, hozirgi vaqtda 

ayni dolzarb masala bo’lgan, yer resurslaridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish 

hisoblanadi.  Chunki  hozirgi  vaqtda  respublikada  ham,  viloyatda  ham  asossiz  ravishda  qishloq 

xo’jaligidagi unumlm yerlar oborotdan chiqarilib, sanoat va grajdan qurilishiga, aholiga uy-joy qurish 



 

 

 



169 

 

uchun berib yuborilmokda. Tuproq erroziyasi, yerdan xo’jasizlarcha foydalanish va boshqa omillar 



ham yerdan foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatmokda. 

 Bozor  munosabatlariga  o’tish,  yerga  nisbatan  davlat  mulki  monopoliyasini  va 

markazlashtirishni bekor qilish, yer munosabatlarining bozor iqtisodiyoti tizimiga faol kirib borishini 

taqozo etadi. 

 Yer  resurslaridan  yuqori,  samarali  foydalanish—qishloq  xo’jaligi  ekinlari  hosildorligini 

ko’paytirish  va  tuproq  unumdorligini  oshirish  ta’siri  ostida  bo’ladi.  Bu  omillar  yerga  bo’lgan 

mulkchilik va zonalararo ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasidir.  

 Birinchi guruh omillar, bu yerga bo’lgan mulkchilik bo’lib, uning shakllari yuqorida 2 bobda 

ta’kidlanganidek quyidagilardan kelib chiqadi: 

1.Yerga bo’lgan xususiy mulk; 

2.Yerga umrbod merosli egalik qilish; 

3.Yerdan foydalanish; 

4.Yerni ijaraga berish; 

5.Yer uchun to’lov. 

 Bu  shakllardan  foydalanishning  samaradorligini  oshirish  o’simlikchilik  tarmoqlari    iqtisodi 

mavzularida kengroq yoritiladi. 

 Yer resurslaridan samarali foydalanishning umumlash-tiruvchi ikkinchi guruh omillari ilmiy 

asoslangan  dehqonchilik  sistemasi  bo’lib,  u  tuproq  unumdorligini  tiklaydigan,  saqlaydigan    va 

oshiradigan, dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning qulay sharoit yaratishga yo’naltirilgan, 

kompleks o’zaro aloqador agrotexnik, meliorativ va tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni ifodalaydi.  

 Respublikamizda  ishlab  chiqilgan  ilmiy  asoslangan  dehqonchilik  sistemasi  ekin  

maydonlaridan  intensiv  foydalanishga   yo’naltirilgan quyidagi katta kompleks tadbirlarini o’z ichiga 

oladi; 

1.Tuproqning  iqtisodiy  umumdorligini  oshirish  bo’yicha  amalga  oshiriladigan  meliorativ 

tadbirlar sistemasi (sug’orish, zaxni qochirish, ximiyaviy meliorasiya va boshqalar). 

2.Tuproqni ishlashining ilmiy asoslangan sistemasi (Akad. Muhammadjonov tavsiyasi). 

3.Almashlab ekish sistemasi. 

4.O’g’itlash sistemasi. 

5.Urug’chilik. 

6.Begona o’tlar bilan, qishloq xo’jalik ekinlari kasalliklari bilan kurashuvchi tadbirlar sistemasi. 

7.Suv va shamol erroziyasiga qarshi kurash tadbirlari sistemasi. 

8.Dalalarni himoya qiluvchi o’rmonzorlar barpo qilish. 

Yer    resurslarini  muhofaza  qilish  va  foydalanishni  nazorat  qilishni  amalga  oshirish  ishida 

muhim rolni monotoring o’ynaydi. Yer monitoringi, yerdan foydalanishda salbiy (negativ) jarayon 

oqibatlarini bartaraf etish va ogohlantirish, yer resurslaridan o’zgarishlarni aniqlash, ularni baholash 

uchun  yer  resurslari  holatini  kuzatish  sistemasini  ifodalaydi.  Monitoringning  vazifasi,  shuningdek 

davlat tomonidan yerlarni muhofaza qilish va undan foydalanishni nazorat qilishni, hamma davlat, 

kooperativ va boshqa korxona va tashkilotlar, shuningdek fuqarolarni yer resurslarini muhofaza qilish 

va  samarali  foydalanish  maqsadida  yer  qonunchiligi  talablariga  qat’iy  rioya  qilishni  ta’minlashni 

amalga oshirishdan iborat.    




Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish