Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

4.Yerni ijaraga berish. 

Ijara munosabatlari O’zbekiston respublikasining “Ijara to’g’risida” gi qonunining 1-moddasiga 

asosan  quyidagicha  ta’riflanadi:  “Ijara  shartnoma  asosida  yerga,  boshqa  tabiiy  resurslarga, 

shuningdek  xo’jalik  faoliyatini  va  o’zga  faoliyatni  mustaqil  ravishda  amalga  oshirish  uchun 

ijarachiga  zarur  bo’lgan  mol-mulkka  haq  evaziga  muddatli  egalik  qilish  va  undan  foydalanishdan 

iboratdir”.  Shuningdek,  qishloq  xo’jaligida  ijara  munosabatlari  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Maxkamasining  2003-yil  5-noyabrdagi  «Qishloq  xo’jaligida  ijara  munosabatlarini  yanada 

rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi 486-sonli qarori asosida tartibga solinib turiladi. 

Respublikada yer davlat mulki hisoblanib, uning oldi-sotdisi, ya’ni yer bozori shakllanmagan. 

Shuningdek,  yerni  sovg’a  qilish,  garovga  berish  operasiyalari  ham  unchalik  rivojlanmagan.  Faqat 

2004  yil  26  avgustda  qabul  qilingan  “Fermer  xo’jaligi  to’g’risida”  gi  qonunning  yangi  tahririga  

asosan uni ishlab chiqarish vositasi sifatida keyingi foydalanuvchilarga meros qoldirish mumkinligi 

belgilab qo’yilgan.  

Demak, yer oborotining normal amal qilishiga to’sqinlik qiluvchi bir qancha sabablar bo’lib, ular 

quyidagilardir: 

-yer  munosbatlarini  boshqarishning,  tartibga  solishning    hozirgi  konsepsiyasidagi  qarama-

qarshiliklar; 

-mamlakat  miqyosida  ham,  alohida  hududlarda  ham  yer  oborotini  rivojlantirish  uchun  samarali 

huquqiy asosning yo’qligi; 



 

 

 



149 

 

-yer  bozori  infratuzilmasining  kuchsiz  rivojlanganligi,  qaysiki,  mamlakatning  ko’pgina 



hududlarida unga bo’lgan extiyojga mos kelmaydi; 

-yerga  mulkchilik huquqini ro’yobga chiqarishda paydo bo’ladigan, eng avvalo,  natura shaklida 

yer uchastkasini ajratish bilan bog’liq bo’lgan, bitimlarni huquqiy, tashkiliy va texnik rasmiylashtirish 

tartiblarining  qiyinligi  kabi;  ayniqsa  yer  egalari  hissalarining  mulk  huquqini  ro’yobga  chiqarishga 

tegishli ko’p sonli to’siqlar.  

O’zbekiston Respublikasida yerga egalik qilish va  yerdan foydalanish pullik hisoblanadi. Yer 

uchun  to’lovlarni  kiritishdan  asosiy  maqsad  yerdan  oqilona  foydalanishni  rag’batlantirish,  yerlarni 

o’zlashtirish  va  muhofaza  qilish,  tuproq  unumdorligini  oshirish,  turli  sifatli  yerlarda  xo’jalik 

yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish hisoblanadi.  

Yer uchun to’lovlar

 uch xil shaklda mavjud: yer solig’i, ijara haqi, yerning me’yoriy qiymati 

O’zbekistonda amalga oshirilgan moliya-kredit islohoti natijasida fermer xo’jaliklarini soliqqa 

tortish  tizimini  takomillashtirish  quyidagi  bosqichlarda  amalga  oshirildi:  1991-1994  yillarda    -  yer 

uchun  soliq,  1995-1998  yillarda  –  yer  solig’i;  1999  yildan  –  qishloq  xo’jalik  tovar  ishlab 

chiqaruvchilarining byudjetga to’lovlarini ixchamlashtirish maqsadida - yagona  yer solig’i shaklida 

amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi  farmoni va 

O’zbekiston  Respublikasi    Vazirlar  Mahkamasining  1998  yil  26  dekabrdagi  539-sonli  qaroriga 

muvofiq  9  xil  soliq  birlashtirilib,  yagona  yer  solig’i  joriy  qilindi.  Ya’ni,  aniqroq  qilib  aytilganda, 

qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilari  uchun  yagona  yer  solig’i  quyidagi  soliq  va  yig’imlar 

o’rniga joriy etildi: 

 



Daromad (foyda) solig’i; 

 



Qo’shilgan qiymat solig’i; 

 



Ekologiya solig’i; 

 



Suv resurslaridan foydalanganlik to’g’risida soliq; 

 



Yer solig’i; 

 



Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq; 

 



Mol-mulk solig’i; 

 



Ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish solig’i; 

 



Boshqa maxalliy soliq va yig’imlar. 

Yagona yer solig’ini to’lovchilariga O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining362-moddasiga 

muvofiq: 

• 

qishloq  xo’jaligi  tovarlari  ishlab  chiqaruvchilar  (shu  jumladan  fermer  xo’jaliklari,  qishloq 



xo’jaligi kooperativlari, agrofirmalar); 

• 

qishloq  xo’jaligi  yo’nalishidagi  ilmiy-tadqiqot  tashkilotlarining  tajriba-eksperimental 



xo’jaliklari va ta’lim muassasalarining  o’quv-tajriba xo’jaliklari kiradi. 

Ushbu yuridik shaxslar boshqa xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, yagona yer 

solig’i to’lovchilari hisoblanadi. 

Qishloq  xo’jaligi  tovar  mahsuloti  ishlab  chiqaruvchi    kichik  korxonalar  o’z  ixtiyoriga  ko’ra 

byudjetga kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliqni yoki yagona yer solig’ini to’laydi. 

Qishloq  xo’jaligini  yuritish  uchun  egalik  qilish,  foydalanishga  yoki  ijaraga  berilgan  yer 

maydoni yagona yer solig’iga tortish obyekti hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi yer maydonlari, ularning 

sifati  va  joylashgan  joyi  bo’yicha  yer  balansi,  yer  xaritalari,  tekshiruv  materiallari  va  boshqa  yer 

kadastri  hujjatlari bo’yicha qabul qilinadi. 

Yagona  yer  solig’i  to’lashga  o’tmagan  xo’jaliklar  uchun  soliqqa  tortishning  amaldagi  tartibi 

saqlanib qoladi, ya’ni ular oldingidek barcha turdagi soliqlarni to’laydi. 

Yagona  yer  solig’ining  baza  stavkalari  va  baza  stavkalariga  tuzatish  koeffisiyentlari  

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 

Yagona  yer  solig’ining  tuzatish  koeffisiyentlari  lalmikor  (sug’orilmaydigan)  yerlar, 

pichanzorlar va yaylovlar va boshqa yerlar uchun alohida belgilanadi. 

Yagona yer solig’i to’lashdan ozod etilgan yuridik shaxslar: 




 

 

 



150 

 

       1.Yangidan  tashkil  etilgan  qishloq  xo’jalik  tovar  ishlab  chiqaruvchilar,  shu  jumladan  fermer 



xo’jaliklari davlat ro’yxatidan o’tgandan boshlab ikki yil davomida; 

     2.Daromad (foyda) solig’i va yer solig’i to’lashdan ozod etilgan boshqa qishloq xo’jalik tovar 

ishlab chiqaruvchilari. 

Quyidagi yer uchastkalari yagona yer solig’idan ozod qilinadi: 

-Qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari; 

-Ihota daraxtlari ekilgan maydonlar; 

-Sport  inshootlari    maydonlari; 

-Yangi  o’zlashtirilayotgan  yerlar,  ishlar  boshlangandan  e’tiboran  loyihada  nazarda  tutilgan 

muddatga, lekin 5 yildan ko’p emas; 

-Yangi tashkil etilayotgan bog’lar va tokzorlar meva beradigan muddatgacha; 

-Yangi ekilgan tut maydonlari 3 yil muddatga; 

-Amaldagi qonunlarga muvofiq soliq solinmaydigan yerlar. 

Yagona yer solig’ini to’lovchilarga quyidagi talablar qo’yilgan: 

-yer  uchastkalaridan  foydalangan  holda  qishloq  xo’jaligi  mahsulotini  yetishtirish  va  o’zi 

yetishtirgan  mazkur  mahsulotni  qayta  ishlash  yoxud  yer  uchastkalaridan  foydalangan  holda  faqat 

qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo’lgan yuridik shaxslar; 

-qishloq  xo’jaligini  yuritish  uchun  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan  o’zlariga 

belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar; 

-o’zi yetishtirgan va qayta ishlangan mahsulot jami realizasiya qilingan mahsulot ulushida kamida 

50 foizni tashkil qilgan yuridik shaxslar. 

Yagona yer solig’ini to’lash tartibini qo’llash uchun fermer xo’jaligi har yili joriy soliq davrining 

1 fevraligaqadar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o’tgan soliq 

davrida  qishloq  xo’jaligi  mahsulotini  yetishtirish  va  qayta  ishlashning  umumiy  hajmida  qishloq 

xo’jaligi  mahsulotining  o’zi  yetishtirgan  va  qayta  ishlagan  ulushi  ko’rsatilgan  ma’lumotnomani 

taqdim etadi. 

Shundan  keyin  “Yergeodezkadastr”  hududiy    bo’limi  tomonidan  yerning  me’yoriy  qiymati 

aniqlanib, bir vaqtning o’zida soliq organlariga va fermer xo’jaliklariga taqdim etiladi. Yagona  yer 

solig’i fermer xo’jaliklari tomonidan soliq organlari orqali undirilib davlat byudjetiga tushadi. 

Yagona yer solig’i stavkasi har yili qabul qilinadigan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va Davlat 

byudjeti parametrlari to’g’risida qabul qilinadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida 

belgilab beriladi. Fermer xo’jaliklarini qo’llab quvvatlash maqsadida ilgari, ya’ni 1999 yildan 3 foiz 

miqdorida keyinchalik esa 2011 – yildan yagona yer solig’ining stavkasi yerning normativ qiymatga 

nisbatan 6 foiz miqdorida belgilanib hozirgacha o’zgarmasdan kelmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksining    369-moddasiga  asosan,  yagona  yer  solig’i 

to’g’risidagi hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan hududdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq 

davrining  1  mayiga  qadar  fermer  xo’jaliklari  tomonidan  topshiriladi.  Yil  davomida  berilgan  yer 

uchastkalari uchun  yagona  yer solig’i  yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to’lanadi. 

Yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig’ini to’lash yer uchastkasi olib 

qo’yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to’xtatiladi (kamaytiriladi). 

Soliq  kodeksining  yuqoridagi  moddasida  yagona  yer  solig’i  kalendar  yilida  uch  muddatda 

bo’lib,  ya’ni,  hisobot  yilining  1  iyuligacha  -  yillik  soliq  summasining    20  foizi  miqdorida;  1 

sentyabrigacha - 30 foizi miqdorida; va 1 dekabrigacha - soliqning qolgan summasi to’lanishi belgilab 

qo’yilgan. 

Fermer xo’jaliklarining davlat bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish  va 

ularning holatini yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 

oktyabrdagi  «Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan  ayrim  toifadagi  yuridik    shaxslarga  

mol-mulk  solig’i, yer   solig’i, yagona   yer solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani 

rivojlantirish solig’i bo’yicha imtiyozlar berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 281-

sonli  qarori  va  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  22  oktyabrdagi  «O’zbekistonda 



 

 

 



151 

 

fermerlik  faoliyatini  tashkil  qilishni  yanada  takomillashtirish  va  uni  rivojlantirish  chora-tadbirlari 



to’g’risida»gi PF-4478-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga asosan: fermerlar kengashlariga 

fermer  xo’jaliklari  manfaatlarini  ko’zlab  da’vo  arizalarini  sudga  davlat  boji  to’lamasdan  shikoyat 

qilish; paxta terimi ishlarga jalb qilingan ishchilarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i 

to’lashdan  ozod  qilish;tomchilatib  sug’orish  tizimini  joriy  qilgan  yuridik  shaxslarning  tomchilatib 

sug’orishdan foydalanilayotgan  yer uchastkalariga  yagona  yer solig’i to’lashdan besh  yil muddatga 

ozod qilinishi belgilab qo’yildi. 

Yerning me’yoriy bahosini aniqlash tartibi  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 

“Qishloq  xo’jaligi  ekin  maydonlarining  normativ  qiymatini  aniqlash  tizimini  takomillashtirish 

to’g’risida” gi 2014 yil 18 avgust 235-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “Qishloq xo’jaligi ekin 

maydonlarining  normativ  qiymatini  aniqlash  tartibi  to’g’risidagi  Nizom”  ga  asosan 

o’rnatiladi.(mavzuning bundan keyingi matnlarida uchraydigan ilovalar va formulalar yuqorida qayd 

etilgan Nizomdan olingan. ) 

Bungacha  bo’lgan  davrda,  ya’ni  yuqoridagi  qaror  chiqqunga  qadar  bu  tartib,    O’zbekiston 

Hukumati  tomonidan  ya’ni,  O’zbekiston  Respublikasi  yer  resurslari  Davlat  qo’mitasi  tomonidan 

tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni  sifatiy, iqtisodiy 

va  qiymat  bahosini  aniqlashning  muvaqqat  uslubi”  ga  asosan  o’rnatilar  edi.  Bu  uslub  O’zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 19 maydagi 120-sonli “1998-2000 yillardagi davrda 

qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni  chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi  qaroriga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  edi.  Qishloq    xo’jaligiga  mo’ljallangan  yerlarning 

me’yoriy baholari, banklardan ipoteka qarzlari berishda, xususiy turar joylar qurish uchun yer ajratib 

berish  va  dehqon  xo’jaliklariga  me’yordan  ortiqcha  yer  ajratib  berishda,  yer  solig’i  stavkalari 

miqdorini aniqlash, auksion orqali yer uchastkalarini sotish va qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa 

hollarda shu yerning dastlabki bahosini belgilash uchun qo’llanilar edi. 

Yangi Nizomda uslubiy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan 

bo’lib, uni biz quyida ko’rib chiqamiz. 

Nizomda  ko’rsatilishicha,  har  bir  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchisining  qishloq 

xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati yagona yer solig’ini hisoblab chiqish uchun va qonun 

hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  maqsadlarda  aniqlanadi.  Shuningdek  ushbu  Nizomning  amal 

qilishi dehqon xo’jaliklari, bog’dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlarining qishloq xo’jaligi 

ekin  maydonlarining  normativ  qiymatini  aniqlashga  joriy  etilmasligi  ko’rsatilgan.Shuningdek

Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanish tavsiya qilingan: ya’ni, tuproq bonitirovkasi, 



qishloq  xo’jaligi  ekin  maydonlarining  sifati,  ozuqa  birligi,  qishloq  xo’jaligi  ekin  maydonlarining 

normativ  qiymati,  sug’oriladigan  mintaqa,  asosiy  qishloq  xo’jaligi  ekinlari,  qishloq  xo’jaligi 

mahsulotlarining  asosiy  turlari,  kapitallashuv  foizi,  qishloq  xo’jaligi  ekin  maydonlari,  qishloq 

xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi, o’rtacha bonitet bali va normativ qiymatni aniqlash davrikabi. 

Shuningdek,  Nizomda,  qishloq  xo’jaligi  ekin  maydonlarining  normativ  qiymatiga  (keyingi 

o’rinlarda normativ qiymat deb ataladi)  yer bilan bevosita bog’liq bo’lgan obyektlar (sug’orish va 

kollektor-drenaj  tarmog’i,  yo’llar)  qiymati  kiritilmasligi,  normativ  qiymatni  aniqlash  normativ 

ko’rsatkichlarni, yer kadastri va statistik hisobga olish ma’lumotlarini hisobga olgan holda foydani 

kapitallashtirish  asosidagi  daromadli  yondashuvdan  foydalanib  bajarilishi  va  normativ  qiymatni 

aniqlash natijalari davlat yer kadastriga kiritilishi alohida ta’kidlab o’tilgan.  

Normativ  qiymatni  aniqlash  obyekti  bo’lib  esa,  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab 

chiqaruvchilarining qishloq xo’jaligi ekin maydonlari hisoblanadi. 

Normativ  qiymat  miqdorini  aniqlash  ushbu  Nizom  bilan  tartibga  solinadigan  ishlarning 

predmeti hisoblanadi.  

Normativ  qiymatni  aniqlash  davri  har  yili  o’tkaziladi.  Normativ  qiymatni  aniqlash  davrlari 

oralig’ida  normativ  qiymatni  aniqlash  bo’yicha  hujjatlarga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritib 

boriladi.  



 

 

 



152 

 

Normativ qiymatni aniqlash O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya 



va  davlat  kadastri  davlat  qo’mitasining  O’zbek  davlat  yer  tuzish  ilmiy-loyihalash  instituti 

«O’zdaverloyiha» tomonidan amalga oshiriladi.  

Normativ qiymat ishlab chiqarish resursi sifatida qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining sifatini 

hisobga olgan holda aniqlanadi.  

1  ga  qishloq  xo’jaligi  ekin  maydonlarining  normativ  qiymatini  aniqlashda  quyidagi 

ko’rsatkichlardan foydalaniladi:  

tuproqning  sifatini  va  tabiiy  yem-xashak  ekin  maydonlari  (pichanzorlar  va  yaylovlar)ni 

baholash ko’rsatkichlari;  

asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari va ko’p yillik daraxtlar tuzilmasi; 

qishloq  xo’jaligi  ekinlari,  ko’p  yillik  daraxtlar  va  yem-xashakbop  ekin  maydonlarining 

normativ hosildorligi; 

qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ unumdorligi;  

qishloq xo’jaligi ekinlarining asosiy turlari bo’yicha qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining 

hisoblab chiqilgan foyda olishi;  

dehqon  bozorlarida  sotiladigan  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  asosiy  turlarining  o’rtacha 

yillik narxlari hamda paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining o’rtacha xarid narxlari;  

foydaning kapitallashuvi foizi. 

Normativ  qiymatni  aniqlashda  qishloq  xo’jaligi  ekin  maydonlarining  individual  renta  hosil 

qiluvchi  omillari  —  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishining  intensivligi,  tuproqning  sifati,  ekin 

maydonlari tuzilmasi va sug’orish uchun suv chiqarish usuli hisobga olinadi. 

Asosiy qishloq xo’jaligi ekinlarining normativ hosildorligi tuproqlar o’rtacha bonitet bali bilan 

qishloq  xo’jaligi  ekinlari,  bog’lar  va  tokzorlarning  tuproq  bonitetining  bir  bonitet  baliga  mos 

normativ hosildorlikning yig’indisi sifatida ushbu 3-jadvalga muvofiq hisoblab chiqiladi: 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish