Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


 Qishloq xo’jaligi tarmoqlari strukturasi. Tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borish



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

 

2.1. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari strukturasi. Tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borish 

tamoyillari 

 

Qishloq xo’jaligi turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi, kompleks o’zaro aloqador tarmoqlarni 



ifodalaydi. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari boshqa xalq xo’jalik tarmoqlaridan quyidagi belgilar bilan 

farq qiladi: 

a).ishlab chiqaradigan mahsulot turlari; 

  b).ishlab chiqarish vositalarining turlari va tashkiliy tuzilishi; 

  v).xodimlar malakasi va tarkibi; 

  g).mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash xususiyatlari. 

U ikki tarmoqdan o’simlikchilik va chorvachilikdan tashkil  topgan. Ularning har birining ichida 

tarmoq strukturasi mavjud. O’simlikchilikda tarmoqlar ekiladigan ekinlarning turi va guruhiga  qarab 

bo’linadi.  Masalan:  g’allachilik,  paxtachilik,  kanopchilik  va  boshqalar.  Sabzavotchilikda  ochiq  va 

yopiq usulda sabzavot yetishtiriladi. Bog’lar  esa  danakli va urug’lilarga bo’linadi. Chorvachilikda 

esa  mollar  va  hayvonlar    turlariga    qarab  tarmoqlarga  bo’linadi:  qoramolchilik,  cho’chqachilik, 

parrandachilik,  pillachilik  va  h.k.  Bundan  tashqari  ishlab  chiqariladigan  mahsulotning  xarakteriga 

qarab: sut, qoramolchiligi, go’sht-sut, qo’ychilik, jun-teri olish bo’yicha va boshqalar.  



 

 

 



66 

 

Ishlab  chiqarishdagi  roli  va  iqtisodiy  ahamiyatiga  qarab  korxonalarda  qishloq  xo’jaligi 



tarmoqlari: Bosh(yetakchi), qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarga bo’linadi. Bosh(yetakchi) tarmoq 

deb, qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotida yuqori salmoqni egallagan tarmoqqa aytiladi. Asosiy 

tarmoq korxonaning ixtisoslashishini aniqlaydi. Qo’shimcha tarmoq bosh tarmoqqa  nisbatan, yalpi  

va    tovar  mahsulot  ishlab  chiqarishda  kamroq  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Ularni  qo’shib  olib  borish 

mehnat, yer va moddiy resurslardan to’liqroq foydalanishni ta’minlaydi. 

Qishloq  xo’jaligi  korxonalarida  qishloq  xo’jaligi  tarmoqlaridan    tashqari  o’simlikchilik  va 

chorvachilikka  xizmat  qiluvchi  tarmoqlar  -  ta’mirlash  xizmati,  elektr  xo’jaligi,  avtotoransport  va 

boshqalar  faoliyat ko’rsatadi.  

Yordamchi tarmoqlar tarkibiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona va 

sexlar, qurilish ustaxonalari, qurilish materiallari  ishlab chiqaruvchi korxonalar va boshqalar kiradi.  

Mahsulotdan foydalanish shakliga qarab qishloq xo’jaligi tarmog’i 2 guruhga bo’linadi: 

1.Tovar, sotish uchun mo’ljallangan mahsulot(paxta, pilla va boshqalar); 

 2.Notovar,  to’lig’icha  yoki  asosiy  qismi  ichki  ehtiyojga    foydalaniladiganmahsulot(yem-

xashak va boshqalar).  

Qishloq  xo’jaligining  tarmoqlar  strukturasi  qishloq  xo’jaligi  jami  yalpi  mahsuloti  tarkibida 

alohida  tarmoqlar  yalpi  va  tovar  mahsulotining  salmog’i  bilan  xarakterlanadi  va  quyidagicha 

hisoblaniladi: 

 

100



*

TMQq/x


YaMQq/x;

TMQd.ch.


YaMQd.ch.;

 

TS



=

 

 



Bu yerda, TS - tarmoq strukturasi. 

Bir  qancha  qishloq  xo’jaligi  tarmoqlarini  iqtisodiy  asoslab  qo’shib  olib  borish  ishlab 

chiqarishning  mavsumiyligini pasaytiradi, mehnat, yer, moddiy resurslaridan to’laroq foydalanish  

imkoniyatini  beradi,  ishlab  chiqarish  vositalari  va  mehnat  xarajatlari    notekisligini  kamaytiradi. 

Tarmoqlarni  oqilona  qo’shib  olib  borish  yil  davomida    qishloq    xo’jaligi  mahsulotlari  va  pul 

vositalarini  bir  tekis  kelib  tushishi  imkonini  beradi,  xo’jaliklar  iqtisodiyotiga  samarali  ta’sir  

ko’rsatadi, ularning  moliyaviy holatini yaxshilaydi.  

Qishloq xo’jaligida tarmoqlarni oqilona qo’shib olib  borishning  asosiy tamoyillari, maqsadi 

va shartlari quyidagilar: 

1.Resurs  potensialidan  -  mehnat,  yer,  suv  va  moddiy  resurslardan  ancha  samaraliroq 

foydalanish; 

2.Mahsulot birligi hisobiga minimal darajada mehnat  xarajatlari  va vositalar sarflab maksimal 

miqdorda mahsulot olishni ta’minlash; 

3.Ishlab  chiqarishning  mavsumiyligini  kamaytirish,  yil  davomida  texnika  va  ish  kuchidan 

to’liqroq foydalanish;  

4.Yil davomida aylanma vositalarning aylanishini va pul vositalarning bir tekis kelib tushishini 

ta’minlash va h.k. 

 

2.2.Joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchasi, ularning ilmiy asoslari 

Qishloq  xo’jaligini  joylashtirish  va  ixtisoslashtirish  ijtimoiy  mehnat  taqsimotining  turli 

ko’rinishidir.  

Joylashtirish  -  alohida  turdagi  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  ishlab    chiqarishni  respublika 

zonalarida, ayrim viloyat, tumanlar va korxonalar bo’yicha miqdoriy  taqsimlashni  bildiradi. Qishloq 

xo’jaligini  joylashtirish    uni    ixtisoslashtirish    bilan    chambarchas  bog’langan.  Ixtisoslashtirishni 

amalga oshirishda zona va korxonalarning  tabiiy  va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olish muhimdir. 

Natijada  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishini  oqilona  joylashtirish  ta’minlanadi.  Qishloq  xo’jaligi 

hududlarini yoki alohida korxonalarni  ixtisoslashtirish bosh(asosiy) tarmoqni ajratib olish va uning 




 

 

 



67 

 

rivojlanishiga  sharoit    yaratishdir.  Ixtisoslashtirish  ishlab  chiqarish  yo’nalishini  xarakterlaydi    va  



hudud  yoki xo’jalikning tarmoq strukturasini aniqlaydi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni oqilona 

ixtisoslashtirishning iqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat: 

1.U bosh ishlab chiqarish vositasi - yerdan samarali foydalanish uchun  sharoit yaratadi. Shu 

asosda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining  miqdorini ko’paytiradi va sifatini yaxshilaydi; 

2.Ixtisoslashtirish qishloqda mehnat resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga imkoniyat 

yaratadi.  Dehqonchilik  va  chorvachilik    xodimlarining  professional  strukturasini  o’zgartiradi, 

kadrlarning  malakasini va mehnat unumdorligini oshiradi; 

3.Ixtisoslashtirish  kapital  qo’yilmalar  va  asosiy  vositalardan    foydalanish  samaradorligini 

oshirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi.  Ishlab chiqarishga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini va 

ilg’or tajribalarni joriy qilishga imkoniyat yaratadi; 

4.Ixtisoslashtirish tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini pasaytirish hamda 

rentabellikni  oshirishga sharoit yaratadi va h.k.  

Qishloq xo’jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va  ixtisoslashtirish ma’lum bir tamoyillar 

asosida amalga oshiriladi: 

1.Bozor talabini hisobga olish. Qishloq xo’jaligida bozor  munosabatlarini joriy qilish qishloq 

xo’jaligini  ixtisoslashtirish  va  konsentrasiyalash  jarayonini  o’zgartirish,  ishlab  chiqarishni  tashkil 

qilishning progressiv  shakliga o’tish, zarar keltiradigan mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechish; 

 2.Tabiiy va iqtisodiy sharoitlardan to’laroq foydalanish; 

 3.Mahsulot ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish; 

 4.Hududlarni  oziq-ovqat  va  sanoatni  qishloq  xo’jaligi    xom-ashyosi    bilan  ta’minlash  bilan 

hududlararo mehnat  taqsimotini  qo’shib  olib  borishni ta’minlash; 

 5.Mamlakat iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash; 

 6.Qishloq  xo’jaligi  ishlab    chiqarishini  joylashtirish  va  ixtisoslashtirishda  xalqaro  mehnat 

taqsimotini  hisobga olish va h.k. 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish