Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


Uzumchilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

15.21.Uzumchilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli 

 

  Madaniy uzumchilik O’zbekistonda taxminan 4-6 ming yildan beri rivojlantiriladi.  Ammo, 

obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra uning sosial-iqtisodiy samaradorligidan uzoq yillar 

barqaror foydalanilmagan. 

Sug’oriladigan yerlarni kengaytirish yillarida tokchilikni rivojlantirish  darajasi  

tezlashtirilgan (1-jadval). 



 

1-jadval 

O’zbekistonda tokchilikning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*

 

Yillar 



Hosilga  kirgan 

tokzorlar,  ming 

ga. 

Uzum 


yalpi 

hosili, 


ming 

tonna 


1gektaridan 

hosildorlik, s/ga 

Aholi 

jon 


boshiga, kg 

2005 


99,2 

641,6 


64,7 

24 


2006 

101,2 


803,6 

79,4 


30 

2007 


103,2 

878,9 


85,2 

32 


2008 

102,4 


792,5 

77,4 


29 

2009 


105,6 

900,5 


85,2 

32 


2010 

108,7 


987,3 

90,8 


34 

2011 


111,5 

1090,2 


97,8 

37 


2012 

111,1 


1206,0 

108,6 


40 

2013 


113,8 

1322,1 


116,1 

43 


2014 

119,4 


1441,2 

120,7 


46 

*

 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va 



O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. 

 

2000 yilda 1990 yilga nisbatan yalpi hosilning 16 % ga kamayishi gektaridan hosildorlikning 



13,1  sentnerga  yoki  17  foizga  pasayishi  hisobiga    bo’lgan.  Ko’pchilik  korxonalarda  agrotexnik 

ishlarning  bajarish  muddatlari  va  sifati  talab  darajasida  bajarilmagan.  Suv  resurslari  tanqis 

xo’jaliklarda sug’orish miqdori keskin kamayib ketgan va hosildorlikka salbiy ta’sir ko’rsatgan. 

 

2000 yilda aholi jon boshiga 26 kg uzum ishlab chiqarilgan  yoki 1990 yilga nisbatan qariyb 

30% ga kamaygan. 2014 yilda bu ko’rsatkich 46 kg.ni tashkil etgan yoki 2000 yilga nisbatan 76,9% 

ga  oshgan.  Istiqbolda  uzum  ishlab  chiqarishni  ko’paytirish  hosildorlikni  kamida  2  marta  oshirish 

hamda tokzorlarni yanada kengaytirish hisobiga amalga oshirilishi kerak.

 



 

 

311 



O’zbekistonda    keyingi    yillarda  uzumchilikni  rivojlantirishga  katta  e’tibor  berilmokda. 

O’zbekiston RespublikasiPrezidentining 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-sonli “Meva-sabzavotchilik 

va  uzumchilik  sohasida  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”  gi 

Farmoniko’ra meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xo’jaligi kooperativlari 

(shirkatlari) O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi Qonunitalablariga qat’iy 

muvofiq  ravishda,  mavjud  ixtisoslashuvni  saqlagan  holda  fermer  xo’jaliklari  etib  qayta  tashkil 

qilinishi,qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilishda,  o’z  mehnati  natijalari, 

yetishtirilgan mahsulot va daromadlarini tasarruf etishda fermerlarning huquqlari va mustaqilligining 

kengaytirilishi,  shuningdek,  shartnoma  majburiyatlarini  bajarish  va  yer-resurslaridan  oqilona 

foydalanish  uchun  ularning  huquqiy  javobgarligining  oshirilishi,  fermer  xo’jaliklari  tomonidan 

qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  qayta  ishlashning  tez  moslashuvchan  zamonaviy  kichik 

texnologiyalaridan  foydalanadigan,  shu  jumladan  xorijiy  investorlar  ishtirokidagi  agrosanoat 

firmalarini  ixtiyoriylik  asosida  shakllantirish,  mavjud  qayta  ishlash  korxonalarini  modernizasiya 

qilish,  meva-sabzavot  mahsulotlari  eksportini  kengaytirish,  shu  hududda  zarur  ishlab  chiqarish  va 

bozor infratuzilmasi — muqobil mashina-traktor parklari, suv iste’molchilari uyushmalari, yonilg’i-

moylash  materiallari  va  mineral  o’g’itlar  sotish  punktlari,  mini-banklar,  turli  tara  idishlar  ishlab 

chiqarish va sotish punktlari barpo etish,  fermer xo’jaliklarining o’z faoliyatini xo’jalik hisobi va 

o’zini-o’zi  mablag’  bilan  to’la  qoplash  tamoyillari  asosida  amalga  oshirishi,  xodimlar,  jumladan 

xo’jalik egasining oila a’zolari, shuningdek, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar o’rtasidagi 

mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzish yo’li bilan tartibga solinishi, meva-

sabzavotchilik  va  uzumchilik  fermer  xo’jaliklarining  qayta  ishlash  korxonalari  va  xizmat 

ko’rsatuvchi  tuzilmalar  bilan  o’zaro  munosabatlari,  mahalliy  boshqaruv  organlari  aralashmagan 

holda,  tuzilgan  uzoq  muddatli  shartnomalar,  shu  jumladan  fyuchers  shartnomalari  asosida  amalga 

oshirilishi  va  boshqa  bir  qancha  shart-sharoitlar  belgilab  berildi  va  o’tgan  yillar  davomida  qaror 

talablari bosqichma-bosqich bajarildi.  

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 martdagi 51-sonli 

“Bog’dorchilik-uzumchilik shirkatlari to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga ko’ra Nizom 

tasdiqlandi va unda shirkatlar faoliyatining maqsadi va predmeti,shirkatning huquq va majburiyatlari, 

shirkatga a’zolik. shirkat a’zolarining huquq va majburiyatlari, shirkatning mol-mulki va mablag’lari, 

shirkatning  boshqaruv  organlari  va  shirkatni  qayta  tashkil  etish  va  tugatish  masalalari  atroflicha 

bayon qilingan. 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish