Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


 Paxtachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

15.10. Paxtachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari 

 

      O’zbekistonda  serunum  yer  va  ayniqsa,  suv  resurslari  chegaralangan.  Mavjud  resurslardan 

foydalanish  samaradorligini  oshirish,  birinchi  navbatda  har  bir  gektar  paxtadan  olinadigan 

hosildorlikni oshirish hisobiga erishiladi. 

       Hosildorlikni  oshirish  kompleks  agrotexnologik  jarayonlarni  sifatli  va  qisqa  muddatlarda 

bajarish bilan bog’liq. Tarmoqni tashkil etishning barcha davrlarida va istiqbolida ham yuqori hosil 

olish uchun quyidagi imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur. 

 

Paxtachilikning xususiyatlarini hisobga olib dastavval almashlab ekishni ilmiy asosda amalga 



oshirish  lozim.  Uzoq  yillar  g’o’za  va  beda  almashlab  ekish  tavsiya  etilgan  edi.  Natijada  tuproq 

unumdorligi  saqlanadi,  ekin  maydonlari  begona  o’tlardan  va  kasalliklardan  tozalanadi,  ularning 

sho’rlanish darajasi pasayadi va x.k. Mustaqil rivojlanish yillarida g’o’za-don, g’o’za-yem-xashak va 

boshqa ekinlar bilan almashlab ekish ham amalga oshirilmoqda.  

 

Hosildorlik  seleksiya  va  urug’chilik  ishlarining  holatiga  ham  bog’liq.  Respublika 



xo’jaliklarida davlat nav sinovidan o’tgan, tuproq-iqlim sharoitiga mos navlar ekiladi. Seleksioner 

olimlar  va  mutaxassislar  tomonidan  yaratilgan  Toshkent-6,  S-6530,  Buxoro-6,  Oqdaryo-6,7, 

Navbahor, Yulduz, Mehr va boshqa navlar ilmiy asoslangan va texnologik jixatidan joriy etilgan 35-

50 s. va undan yuqori hosil berish potensial imkoniyatiga ega. Urug’chilik xo’jaliklarida elita, tovar 

xo’jaliklarida I va II klass urug’larni ekish uchun sharoit yaratilgan. 

 

Haydalma  qatlami  qalin  bo’lgan  tuproqli  yerlarda  shudgor  chuqurligi  30-35  sm  bo’lishi 



tavsiya etilgan. Bunday tuproqlarda 4-5 yil oralig’ida 45-50 sm chuqurlikda, yiliga 30 sm chuqurlikda 

shudgorlansa,  hosildorlikka  optimal  sharoit  yaratiladi.Chigitni  pushtaga,  plyonka  ostiga  va 

qo’shqatorlab ekish hosildorlikni oshiradi, uning erta pishib yetilishiga imkon beradi. 

 

Mineral  va  mahalliy  o’g’itlardan  ilmiy  asoslangan  me’yor  va  muddatlarda  foydalanilsa 



g’o’zaning rivojlanishi jadallashadi, ko’saklarning yetilishi tezlashadi. 

Tadqiqotlarning 

natijalariga ko’ra, bir tonna paxta yetishtirish uchun o’rta hisobda 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor, 50-

60  kg  kaliy  sarflanadi.  Ularni  organik  o’g’itlar  bilan    birga  qo’llanilganda,  mineral  o’g’itlarning  

iqtisodiy samaradorligi ancha yuqori bo’ladi. Eskidan paxta ekiladigan maydonlarda har 3-4 yilda bir 

marta 20-30 tonna go’ng solish yaxshi samara beradi.   

 

G’o’zani oziqlantirishda mineral o’g’itlarga chirigan va elangan go’ng aralashtiriladi. Bunda 



1 kg ammiakli selitraga 2-2,5 kg., 1 kg superfosfatga 6-7 kg, 1 kg ammofosga 1,5-2 kg go’ng qo’shish 

yuqori samara beradi. Organik o’g’itlar paxtachilikning barcha mikroelementlarga bo’lgan talabini 

qondirishni ham kuchaytiradi. 

 

Sifatli  hosil  olish  g’o’za  kasalliklari(ildiz  chirish,  gommoz,  vilt  va  boshqa)ga  va 



zararkunandalari(g’o’za  biti,  o’rgimchakkana,  karodrina  va  boshqa)ga  qarshi  kurash,  g’o’zani 

defolyasiya  va  desikasiya  qilish,  hosilni  qo’lda  hamda  mashinada  terishni  belgilangan  qisqa 

muddatlarda bajarish bilan bevosita bog’liq. 

 

Vaholanki,  yuqorida  ko’rsatilgan  texnologik  jarayonlar  ayrim  korxonalarda  turli  darajada 



bajariladi,  binobarin,  gektaridan  olinadigan  hosildorlik  ham  mos  ravishda  farq  qiladi.  Bu 

ko’rsatkichga tabiiy obyektiv omillar ham ta’sir etadi, albatta. Bunda asosiy vazifa tarmoqni intensiv 

rivojlantirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish, ko’proq, sifatliroq va raqobatbardosh mahsulot 

ishlab chiqarishdir.  




 

 

301 



 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mahsulot  birligi  tannarxini  pasaytirish  alohida  ahamiyat  kasb 

etadi. Vaholanki, mustaqil rivojlanish yillarida barcha turdagi korxonalarda 1 s. paxta xom ashyosi 

tannarxining  ko’tarilishi  kuzatilmoqda.  Bunday  jarayon  paxtachilikda  ishlatiladigan  traktorlar  va 

boshqa asosiy vositalarga, energetik resurslarga, mineral o’g’itlarga va boshqa aylanma vositalarga 

ko’tara hamda chakana baholarning oshishi, nominal  brutto mehnat haqi fondi, undan ajratmalar va 

soliqlar hisobiga sodir bo’lmoqda. 

 

Paxtachilik sermehnat, binobarin, mehnat haqi ko’p sarflanadigan tarmoq. Tarmoqda 60 dan 



ko’proq  jarayon  bajariladi.  Jami  kishi/soatida  sarflangan  mehnatning  90%  dan  ko’prog’i  qo’l 

vositalari bilan bajarilgan vaqtga to’g’ri keladi. Bu vaqtga mashinalar yordamida bajarilgan vaqtga 

nisbatan 1,5-2 marta ko’p mehnat haqi tulanadi. Ammo, kam unumli qo’l mehnatining ko’payishi 

hisobiga uning unumdorligi pasayadi, natijada mahsulot birligi tannarxi ko’tariladi.  

 

Shuni  aloxida  qayd  etish  zarurki,  respublikada  mustaqil  rivojlanish  yillarida  1  s.  paxtaga 



bevosita sarflangan kishi/soati 1,7 marta ko’paygan. Bunday jarayon paxtachilikda eng sermehnat 

jarayon, hosilni terim mashinalari yordamida yig’ib olishning keskin pasayib ketishi hisobiga sodir 

bo’ldi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 1990 yilda 52%  yalpi paxta hosili mashinalar 

bilan terilgan bo’lib, 2002 yilda bu ko’rsatkich 10% dan oshmaydi. 2014 yillarda ham bu ko’rsatkich 

deyarli  o’zgarmagan.1  s.  paxta  xom  ashyosi  tannarxini  mehnat  haqi  hisobiga  pasaytirish,  uning 

unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishni talab etadi.  

 

Bu  dolzarb  muammoni  tezroq  amalga  oshirish  barcha  ishlarni,  ayniqsa  sermehnat 



ishlar(g’o’zani yagonalash, sug’orish, chilpish, hosilni yig’ib olish)ni mexanizasiyalash, gektaridan 

hosildorlikni oshirish, paxtakorlarni mehnat natijalariga qarab moddiy va ma’naviy rag’batlantirish 

imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga va h.k.ga bog’liq.  

 

Paxta  xom  ashyosining  iqtisodiy  samaradorligi  uni  sotish  baholarining  tashkil  topish 



darajasiga bevosita bog’liq. Bu mahsulotning  davlat iqtisodiyotidagi ahamiyatini hisobga olib, uni 

ko’tara  xarid  baholarida  sotiladi.  Uni  belgilashda  biologik  navlarning  tola  tiplari  va  sanoat 

assortimenti asos qilib olinadi. Uning darajasiga jahon bozorida tashkil topadigan o’rta baholar ham 

ta’sir etadi.  

 

O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yillarida paxta xom ashyosining o’rtacha bahosi oshib 



bormoqda.  Ammo,  uning  1  s.  paxta  to’liq  tannarxiga  nisbatan  sekin  oshgan  yillarida  ko’pchilik 

xo’jaliklar paxta sotishdan zarar ko’radilar. Zararning obyektiv sabablarga ko’ra tashkil topgan qismi 

paxta  sotishdan  sof  foyda  olgan  korxonalar,  sug’urta  kompaniyalari,  davlat  byudjeti  va  boshqalar 

hisobiga qoplanadi, ayrim qarzlarning qaytarilish muddati uzaytiriladi va h. k.  

 

Paxtakor  xo’jaliklar  va  xo’jalik  a’zolarining  moddiy    manfaatdorligini  oshirish  maqsadida 



ularga chakana baholarga nisbatan arzonroq paxta yog’i, kunjara, sheluxa sotiladi.Paxta yetishtirishda 

paxtakorlarning moddiy manfaatdorligi va javobgarligini oshirish maqsadida ko’pchilik xo’jaliklarda 

ishlab chiqarish va mehnatga haq to’lash oila pudrati asosida amalga oshiriladi. 

 

 

Paxtakor  xo’jaliklarning  yil  davomida  moliyaviy  ahvolini  yaxshilash  maqsadida  ularga 



fyuchers  kontraktasiya  shartnomasiga  asosan  davlatga  sotiladigan  mahsulot  qiymatining  50%  i 

hajmida  avans  beriladi,  paxta  xirmonidan  to  paxta  zavodigacha  mahsulotni  tashish,  transport 

xarajatlari zavod hisobiga amalga oshiriladi.  

 

Demak, paxtakor xo’jaliklar va ular xodimlarining moddiy manfaatdorligi va javobgarligini 



oshirish  imkoniyatlaridan  foydalanish  chora-tadbirlari  amalga  oshiriladi.  Ammo,  ularning  asosiy 

moliyaviy natijalari bozor iqtisodiyoti qonunlari, mexanizmlari va kategoriyalari talablariga to’laroq 

javob bermaydi. Mavjud kamchiliklarni keskin kamaytirish maqsadida tarmoqda bozor iqtisodiyoti 

islohatini  yanada  chuqurlashtirish  zarur.  Dastavval,  sotish  baholarining  erkin  shartnoma  asosida 

tashkil topishiga, paxtakorlarning mehnat natijalariga qarab kafolatlangan haq to’lanishiga erishish 

lozim.       

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish