Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


 Dehqon xo’jaligini tashkil etish  tamoyillari va sharoitlari, uning mulki, ishlab chiqarish



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

5.6. Dehqon xo’jaligini tashkil etish  tamoyillari va sharoitlari, uning mulki, ishlab chiqarish 

faoliyati va samaradorligi 

 

 

Dehqon xo’jaligining a’zolariga  xo’jalik  ishlab  chiqarish  faoliyatida qatnashuvchi er-xotinlar, 

bolalar, ota-onalar, qarindoshlar  va  boshqa  shaxslar kirishi mumkin. Dehqon xo’jaligining boshlig’i, 

uning  davlat,  kooperativ  va  boshqa  korxona,  tashkilotlar,  shuningdek  alohida  fuqarolar  oldidagi  

manfaatlarini himoya qiluvchi, asosiy ish joyi shu yer bo’lgan, xo’jalikda sistemali ravishda  band 

bo’lgan  va  zaruriy    professional    tayyorgarlikkga    ega    bo’lgan    mehnatga  yaroqli  a’zolardan  biri 

bo’lishi  mumkin.  Yuqorida  qayd  etilgan  qonunning  4-moddasida  (Dehqon  xo’jaligi  boshlig’i) 

«Dehqon  xo’jaligining  boshlig’i  vaqtincha  mehnat  qobiliyatini  yo’qotgan  taqdirda  yoki  uzoq  vaqt 

bo’lmaganda  u  o’z  majburiyatlarini  bajarish  vakolatini  shu  xo’jalik  a’zolaridan  biriga,  dehqon 

xo’jaligining  a’zosi  bir  kishidan  iborat  bo’lganda  esa,  shartnoma  asosida—ushbu    moddaning 

ikkinchi qismi talablariga javob beradigan har qanday shaxsga berishga haqlidir» deyilgan.  

Dehqon  xo’jaligi  davlat  kooperativ  va  boshqa  xo’jalik  yuritish  shakllari  qatorida  agrosanot 

sferasiga  kiruvchi  teng  huquqli    va    mustaqil   xo’jalik  yuritish  shakli  hisoblanadi.  U  o’z  faoliyati 

yo’nalishini,  ishlab  chiqarish  strukturasini  va  hajmini,  mahsulot  sotish  kanallarini  o’zi  mustaqil 

aniqlaydi,  qo’shma  faoliyatda,  shu  jumladan  xorijda  sheriklarni  o’zi  tanlaydi,  ishlab  chiqarish  

jarayonini    tashkil  qiladi.  Dehqon  xo’jaligi  davlat  bilan,  kooperativ  va  boshqa  korxona    hamda  

tashkilotlar  bilan,  alohida  fuqarolar  bilan  iqtisodiy  munosabatlarni  shartnoma  asosida  amalga 

oshiradi, savdo operasiyalarini pullik va  naqd pulsiz hisob-kitob qiladi, soliqlarni to’laydi, byudjetga 

to’lovlarni  amalga  oshiradi.  Ijtimoiy  sug’urta    fondi  va    boshqalarni    amalga    oshiradi.  Dehqon 

xo’jaligi  birlashmalar,  ittifoqlar,  konsorsiumlar  qo’shma  va  boshqa    korxona  va  tashkilotlar 

ta’sischilari  va  qatnashchilari    bo’lish,  shuningdek,  qimmatbaho  qog’ozlarni  sotib  olish  va  sotish 

huquqiga  ham  egadir.  Dehqon  xo’jaligining  ishlab  chiqarish,  tijorat  va  boshqa  faoliyatlariga 

davlatning va boshqa  organlarning  aralashuvi   qonun  bilan  ta’qiqlanadi. Ba’zi holatlar bundan 

mustasno.  

Dehqon xo’jaligini tashkil qilish huquqiga mamlakatning har qanday  fuqarosi ega. Faqat undan 

hohish va maxsus qishloq xo’jalik bilimi va  malakasi, qishloq xo’jalikda amaliy ish tajribasiga ega 

bo’lishi yoki maxsus  tayyorgarlikni o’tashi talab etiladi. Dehqon xo’jalik tashkil etish to’g’risidagi 

fuqarolarning  arizasi, jamoa boshqaruvi raisi,  jamoa xodimlari va a’zolari umumiy yig’ilishida va 

tuman hokimiyati  tomonidan ko’rib chiqiladi. Dehqon xo’jaligining egasi yerga egalik qilish, undan 

foydalanish  to’g’risidagi  davlat  akti  berilgandan  keyingina  yoki  yerni  ijaraga  berish  to’g’risidagi 

shartnoma  tuzilgandan  keyingina  tashkil  etilgan  hisoblanadi.  Dehqon  xo’jaligi  xususiy  mulk  qilib 

ham,  umrbod  meros  qilib  ham    yoki  yerni  ijaraga  berish  yo’li  bilan  ham  tashkil  etilishi  mumkin. 

Yerdan foydalanish turlarini (egalik qilish  yoki ijara) tanlash huquqi dehqon  xo’jaligiga beriladi. 

Dehqon  xo’jaligiga  yer  uchastkasi    davlat    yer    zahirasidan,  davlat    o’rmon  fondidan,  davlat 

kooperativ  va  boshqa  korxona  va    tashkilotlar    yerlaridan  berilishi  mumkin.  Ularga  beriladigan 

yerlarning miqdori jamoa xo’jaligi   yoki tuman hokimiyati tomonidan, mahalliy sharoitni hisobga 

olgan  holda, qishloq xo’jalik faoliyatining turiga va berilgan yerni eng muhimi, dehqon xo’jaligining 

shaxsiy mehnati asosida ishlov berishiga qarab aniqlanadi. Dehqon xo’jaligiga  yerdan foydalanish 

huquqi bilan bir qatorda u  yerdagi boshqa tabiiy, suv va boshqa resurslardan, shu xo’jalikning shaxsiy  

ehtiyojlariga foydalanish huquqi beriladi. Dehqon xo’jaligiga berilgan  yerning miqdori  va  uning  

chegarasi,  faqat  yerdan  foydalanish  huquqi  davlat  akti  berilgan  dehqonning  ixtiyori  bilangina 

o’zgarishi mumkin. Dehqon xo’jaligi zaruriyat tug’ilganda yer egasidan qo’shimcha yerni  ijaraga 

olishi mumkin. Boshqa tomondan uzrli sabablar bo’lganda, o’ziga ajratilgan uchastkasidan ma’lum 

bir qismini, malum bir muddatga ijaraga  berishi mumkin. Shuningdek  yer uchastkasi jamoa  yoki 

hokimiyat roziligi bilan almashtirilishi mumkin. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish pullidir. 

Dehqon  xo’jaligidan yer solig’i, yer uchastkalarining joylashishi va sifatiga  qarab  aniqlanadi hamda  

yer solig’i yoki ijara haqi shaklida olinadi. Soliqlar to’lash  tartibi va stavkasi mamlakatda harakatdagi 



 

 

 



115 

 

tartib  asosida  o’rnatiladi.  Ular  tomonidan  yer  uchun  to’lovlarga  quyidagi  imtiyozlar    berilishi  



mumkin:  ma’lum  bir  muddatga  butunlay  yoki  qisman  ozod    qilish,  to’lovlarni    kechiktirish,  yer 

solig’ining stavkasini pasaytirish. Dehqon xo’jaligi yer bilan birga o’zining xususiy mulkida, uy-joy, 

xo’jalik  va  boshqa  qurilishlar,  mahsuldor    va    ishchi    hayvonlar,    parrandalar,  asalarilar,  boshqa 

hayvonlar, ekinlar va daraxtlar, qishloq xo’jalik texnikasi va inventarlar, transport vositalari, boshqa 

asosiy  va    moddiy  oborot  vositalari,  shuningdek  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishining    mustaqil 

yurgizish, qayta ishlash va mahsulot sotish uchun kerakli resurslarga ega bo’lishi mumkin.  

Yuqorida  ko’rsatilgan  mulklardan  qanday  foydalanish    dehqon  xo’jaligining  o’ziga  bog’liq. 

Faqat ba’zi hollardagina davlat mulki qonun  bo’yicha  o’rnatilgan  sud qarori bilangina olib qo’yilishi 

mumkin.  Dehqon  xo’jaligi  a’zolaridan  biri  chiqib  ketmoqchi    bo’lsa,  ishlab    chiqarish  vositalari 

tarkibidan natura (agar uning shaxsiy mulki  bo’lmasa  shu vosita) shaklida bo’lib olib ketishi mumkin 

emas,  faqat  pul    shaklida,    unga  tegishli  bo’lgan  qismi  kompensasiya  qilinadi.  O’zlashtirilmagan 

hududda,  qaysiki  ishlab  chiqarish  va    noishlab  chiqarishga  taalluqli  obyektlar  bo’lmasa,    dehqon  

xo’jaligini  tashkil  qilishda uning birlamchi qurilishini to’lig’icha yoki qisman davlat o’ziga olishi  

mumkin. Bunday holatda mablag’ va qurilgan obyektlar  dehqon  xo’jaligining mulkiga aylanadi.  

Dehqon xo’jaligi o’z manfatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish dasturini o’zi mustaqil ishlab 

chiqadi. U barcha yetakchi tur  faoliyatlarini  saqlab qolgan holda (qishloq xo’jalik mahsulotlarini 

ishlab  chiqarish,  qayta    ishlash  va  sotish)  harakatdagi  hujjatlarda  ta’qiqlanmagan  barcha  faoliyat  

turlari  bilan  shug’ullanishi,  shuningdek  ixtiyoriy  ravishda  davlat  buyurtmasini    bajarishni  o’z 

zimmasiga  olishi  mumkin.  Dehqon  xo’jaligi  ixtiyoriy  ravishda  kooperativlarga,    jamiyatlarga, 

ittifoqlarga,  uyushmalarga  birlashishi,  kooperativ,  aksionerlik  (hissadorlik)  va  boshqa  tashkilotlar 

faoliyatida ishtirok etishi va tegishli daromadini olishi mumkin.  

Ular shuningdek, o’z xohishlariga ko’ra har  qanday  tashkilot tarkibidan chiqishlari mumkin. 

Bunday  holatda  ular  tegishli    mulkning  bir  qismini,  natura  yoki  pul  shaklida  olish  huquqiga  ega  

bo’ladilar.  Dehqon  xo’jaligining  faoliyati  asosan,    xo’jalik    a’zolarining    shaxsiy    mehnatiga 

asoslanadi. Shuningdek ishlarni bajarishda zaruriyat tug’ilganda mehnat shartnomasi asosida boshqa 

shaxslarni  jalb  qilishi  mumkin.  Ijtimoiy  sug’urta  va  ijtimoiy  ta’minot  sohasida  dehqon  xo’jaligi  

a’zosiga ham, chetdan jalb qilingan shaxsga ham bir xil huquq beriladi. Dehqon xo’jaligida ishlangan 

vaqt  umumiy  va  uzluksiz  ish  stajiga    qo’shiladi.  Dehqon  xo’jaligi  o’z  mahsulotini  sotish  va 

foydalanishni ichki va  tashki bozorda shartnomali baholarda mustaqil amalga oshiradi: u o’zi  ishlab 

chiqargan va yetishtirgan qishloq xo’jalik  va  boshqa  mahsulotlarni  tayyorlov, qayta ishlovchi va 

boshqa har qanday korxona  va  tashkilotlarga, do’kon yoki bozorda sotish huquqiga ega. Mahsulot 

sifati, sanitariya holati va boshqa parametrlar bo’yicha dehqon xo’jaligi barcha me’yorlariga rioya  

qilishi kerak. 

 Dehqon  xo’jaligi  traktor,  yuk  avtomobillari,  boshqa  qishloq  xo’jalik  texnikalari,  qurilish 

materiallari, uskunalar, xom-ashyo, o’g’it va boshqa asosiy  va moddiy oborot vositalarini davlat, 

kooperativ korxona  va  tashkilotlardan ulgurji savdo va boshqa muassasalardan sotib olish  (sotib  

olish,  almashtirish,  yollash,  ijaraga  olish,  prokatga  olish)  huquqiga  ega.  Dehqon  xo’jaligiga 

sotiladigan mahsulotlar,  tovarlar, har  qanday   ishlab chiqarish vositalar  bahosi, davlat va qishloq 

xo’jalik kooperativ korxonalari uchun  o’rnatilgan  analogik  baholardan  oshib  ketmasligi  kerak.  

Dehqon xo’jaligi bank muassasalaridan uzoq, o’rta va qisqa muddatli ssudalar olish huquqiga 

ega. Bunda bank foizlari stavkasi davlat korxonalari uchun o’rnatilgan miqdordan oshib ketmasligi  

kerak.  Davlat  va kooperativ tashkilotlar davlat xo’jaligiga ular bilan tuzilgan shartnomaga asosan 

kredit  berishi  ham  mumkin.  Dehqon  xo’jaligining  pul  vositalari,  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar) 

sotishdan olingan pul tushumi, kreditlar, byudjet  assignovaniyalari,  ehsonlar  va boshqa moliyaviy 

vositalar hisobiga vujudga keladi. Dehqon xo’jaligi faoliyatidan olinadigan pul  tushumi,  shuningdek  

dehqon xo’jaligining boshqa pul daromadlari joriy material  xarajatlarini  (mehnat haqidan tashqari) 

qoplashga,  kengaytirilgan    takror    ishlab    chiqarishga,  moliyaviy  rezervini  vujudga  keltirishga, 

ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashishga, soliq va to’lovlarni  to’lashga, shaxsiy  iste’mol 




 

 

 



116 

 

(mehnat  haqi)  maqsadlariga  foydalaniladi.  Dehqon  xo’jaligi  soliq  to’laydi.  Dehqon  xo’jaligi 



solig’ining 3 xil  varianti bo’lishi mumkin: 

  1.Shaxsiy iste’mol maqsadlariga foydalaniladigan dehqon xo’jaligi daromadlarining bir qismi 

olinadigan soliq vositasi hisoblanadi. 

  2.Dehqon  xo’jaligi  qishloq  joylarda  yer  uchastkalari  bo’lgan    jamoa  xo’jaligi  a’zolari  va 

boshqa shaxslar uchun o’rnatilgan tartibda va miqdorda yagona yer solig’i to’laydilar. 

  3.Dehqon xo’jaligi va uning a’zolari, shuningdek mehnat  shartnomasi  bilan 

ishlayotganlar, jamoa xo’jaliklari uchun o’rnatilgan tartibda soliq to’laydilar. Dehqon xo’jaligi 

ijaraga olgan va xususiy ishlab chiqarish  vositalarini, shuningdek qishloq xo’jalik ekinlari 

maydonlarini, ko’p yillik daraxtlarni, ishlab chiqargan mahsulotini, xom-ashyoni, materiallarni 

va  boshqalarni halokatga uchraganda yoki zarar ko’rganda zararni qoplash  uchun  va qishloq 

xo’jaligi korxonalari va ijarachilar mol-mulklarini sug’urta qildirish uchun harakatdagi 

qonunchilik tomonidan o’rnatilgan sharoitlardagi tartibda sug’urta qoplamasini olish uchun, 

ixtiyoriy ravishda sug’urta qiladilar. 

Davlatga  dehqon  xo’jaligining  yer  tuzilishi,  mehnatni  muhofaza    qilish, yong’indan  saqlash, 

hayvonlar kasalliklariga qarshi, o’simliklar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash, tabiatni 

muhofaza qilish haqidagi va soliq to’lash haqidagi qonunchilikka rioya qilish  sohalaridagi  faoliyati 

ustidan  nazoratni  amalga  oshirish  huquqi  berilgan.  Dehqon  xo’jaligi    davlat  statistika  organlariga 

hisobot beradi va uning  to’g’riligi uchun javobgardir. Dehqon xo’jaligidan belgilangandan tashqari 

hisobotlarni  talab qilish ta’qiqlanadi. Umumlashtirilgan holda dehqon xo’jaligi    shakllanishining 

asosiy tamoyillari  quyidagilardir: 

1.Yerga  xususiy  mulk,  yerga  merosli    umrbod    egalik    qilish    yoki  ijaraga  olish  sharti  bilan 

yerdan vaqtincha foydalanish. 

2.Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishini    yurgizish,  mahsulotni    qayta  ishlash  va  sotish  uchun 

zarur ishlab chiqarish vositalarini  ijaraga  olish yoki xususiy mulk qilib sotib olish. 

3.Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli boshqa shaxslarni mehnat shartnomasi bilan ishga jalb qilish 

(harakatdagi cheklanishlarni hisobga  olgan holda). 

4.Xo’jalik faoliyati turlarini va ishlab  chiqarish  strukturasini ixtiyoriy tanlash. 

5.Ishlab chiqargan mahsulotdan va olingan  daromaddan  o’z  xohishi bo’yicha foydalanish. 

6.Boshqa  dehqon  xo’jaliklari,  kooperativlar  va  davlat    korxonalari  bilan  kooperasiyalarga 

kirish.  

Shuni qayd qilish lozimki, dehqon xo’jaligining  barpo etilishi va shunga  mo’ljallab hozirgi 

bosqichda  qishloq  xo’jaligini  rivojlantirish  ancha    qiyinchiliklar  bilan  bo’lmoqda.  Dehqon 

xo’jaligining  real  mustaqilligini  chegaralaydigan  va  ishlab  chiqarish  faoliyati  samaradorligini 

pasaytiradigan omillarga quyidagilarni  keltirish mumkin: 

1.Ishlab  chiqarish  vositalari  ulgurji  savdosining    rivojlanmaganligi  va  umuman  yo’qligi 

(traktorlar, qishloq xo’jalik mashinalari,  uskuna  va mexanizmlar, yem, mineral o’g’itlar, yoqilg’i - 

moylash materiallari va boshqalar.) 

2.Qishloqda  dehqon  xo’jaligi  mahsulotlarini  sotishda,  ularga    shartnoma    asosida  yordam 

qilishga qaratilgan, savdo-xarid  kooperativlarining  rivojlangan sistemasining yo’qligi. 

3.Dehqon  xo’jaligi  ishlab  chiqarish    faoliyatining    boshqa    korxona    va  tashkilotlar  bilan 

munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy asoslarning takomillashmaganligi.  

Mana shu sabablar tufayli dehqon xo’jaligi ishlab chiqarish  vositalarini sotib  olish masalasida, 

mahsulotlarini sotish masalasida o’zlari tashkil topgan qishloq xo’jaligi korxonalarining rahbarlariga 

murojaat    qilishga  majbur  bo’ladilar.  Bu  esa  ularga  bevosita    bo’ysunishga    olib    keladi.  Bunday 

sharoitda dehqon xo’jaligining mustaqilligi qishlok  xo’jaligi  korxonalari rahbarlari xohishiga qarab 

ancha cheklanib, rivojlandi. 

Statistik  ma’lumotlarga  ko’ra,  respublikada  3,7  mln.ga  yaqin  dehqon  xo’jaliklari  mavjud. 

Dehqon xo’jaliklari 2012 yilda respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 91,7 % ini bergan. 

O’rtacha bir dehqon xo’jaligining daromadi 60 ming so’mni tashkil etib, ayrimlariniki 400-500 ming 



 

 

 



117 

 

so’mga yetgan. Hozirda 150 ming gektar yerlar imorat uchun band qilingan. Dehqon xo’jaligida hozir 



paxta ekilmaydi. Dehqon   xo’jaliklari  g’allaning  18,1% ini,  kartoshkaning 75,5% ini  sabzavotning  

64,1% ini,  poliz  ekinlarining   46,8% ini, mevaning 41% ini,  uzumning   32% ini,  go’shtning 94,6% 

ini, sutning 95,9% ini, tuxumning 54,6 % ini, junning 1,2 % ini, qorako’l terining 40% ini bermoqda. 

Dehqon xo’jaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarning tovarlilik darajasi ham boshqa turdagi 

qishloq xo’jaligi korxonalari yetishtirgan mahsulotlardan ancha yuqori ko’rsatkichlarga ega. Jadvalda 

yillar davomida dehqon xo’jaligining rivojlanish tendensiyalari ko’rsatilgan(4-jadval). 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish