5.3. Xususiy mulkchilikka asoslangan fermer xo’jaliklarini shakllantirishning nazariy asoslari
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan paytdan boshlab, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining yaqin kelgusidagi strategik ahamiyatga ega bo’lgan ustuvor yo’nalishlarini, jumladan
agrar sohada tub iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloqda o’rta va kichik biznesni
rivojlantirishning ilmiy va nazariy asoslarini yaratishda ulkan say-harakatlar amalga oshirildi.
Ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo’lishiga barham berish,
tashabbuskorlik va uddaburonlik butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning
104
davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash asosiy strategik maqsadlardan ekanligi alohida
ta’kidlandi. Islohotlar esa mamlakat ijtimoiy hayotida izchillik bilan joriy qilinmoqda.
Respublika xalq xo’jaligida mulkning turli xil shakllari faoliyat ko’rsatayotgan davrda bozor
subyektlari, jumladan qishloq xo’jalik korxonalari va ular tarkibidagi mehnat jamoalarining ham
moddiy manfaatdorliklarini oshishi va xo’jalik yuritishdagi iqtisodiy erkinlik natijasida ularda
nafaqat ishlab chiqarish, balki tadbirkorlik faoliyati ham shakllanib, tezkor rivojlanib bormoqda. Bu
esa o’z navbatida qishloqda bozor munosabatlarining tezroq shakllanishi va barqarorligini
ta’minlaydi.
Mulk munosabatlari har qanday jamiyatda ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tashkil
etadi. U o’z mohiyati jihatidan moddiy ne’matlarni o’zlashtirish yuzasidan insonlar o’rtasida yuzaga
keladigan o’zaro munosabatlardan tashkil topadi. Bu yerda mulk munosabatlari negizini egalik qilish,
foydalanish va o’zlashtirish huquqlari tashkil qiladi. Ya’ni dehqon ushbu huquqlarga ega bo’lsagina
o’zini to’liq mulkdor sifatida his etishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti esa mustaqil tovar ishlab
chiqaruvchi mulkdor faoliyati asosida shakllanadi va faoliyat ko’rsatadi. Shu nuqtai nazardan
respublikamiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar eng avvalo
qishloqlarda mulkdorlar sinfini shakllantirish, dehqonni mulkning haqiqiy egasiga aylantirishni eng
asosiy masalalardan biri sifatida qo’ymoqda.
Qishloq xo’jaligida islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida, faoliyat ko’rsatib
kelayotgan davlat va jamoa xo’jaliklari bosqichma-bosqich tugatilib, bu xo’jaliklar o’rnida ijara
xo’jaliklari, ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, dehqon xo’jaliklari, agrofirmalar va
shirkatlar uyushmalari tashkil etildi. Dastlabki to’plangan tajribalar natijalari tahlili shuni ko’rsatdiki,
bu xo’jalik yuritish shakllari faoliyati kutilgan yuqori iqtisodiy-ijtimoiy samaralarni bermadi.
O’tkazilgan aniq tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, ko’p hollarda xo’jalik nomi o’zgargani holda ichki
iqtisodiy mexanizm o’zgarmasdan, eskicha ish yuritish tizimida faoliyat ko’rsatib, qishloq xo’jaligi
korxonalaridagi xodimlarning yerga, mulkka va yetishtirilgan mahsulotga bo’lgan egalik hissini
shakllantirish uchun yetarli sharoit yaratilmadi.
Bu hol qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilishni, tarmoqda mulk munosabatlarini
takomillashtirish zaruriyatini paydo qildi.
Rivojlangan davlatlarning ko’p yillik tajribalarini umumlashtirish asosida hamda
mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, islohotlarni bosqichma-bosqich
o’tkazishning huquqiy asosi yaratildi.
Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida eng samarali
xo’jalik yuritish shakllaridan, ya’ni hoh u fermer xo’jaligi, hoh shirkat xo’jaligi yoki dehqon xo’jaligi
bo’lsin, ulardan eng samarali shaklini aniqlashni taqozo etadi. Xo’jalik yuritishning tanlab olingan
shaklini takomillashtirish, qishloqda mulkdorlar qatlamini barpo qilish va barqaror rivojlantirish, ular
mulkiy huquqlarining davlat tomonidan kafolatlanishi, qishloqqa sanoatni olib kirish natijasida
qishloq xo’jaligidagi ortiqcha ishchi kuchlarini band qilish, ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlarini
qayta ishlaydigan, tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan hamda qishloq infratuzilmasida xizmat
ko’rsatadigan korxonalarni tashkil qilish sohasidagi chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirishni
talab qiladi.
Agrar sohada ham xususiylashtirishni keng joriy etish, mulkni ko’paytira oladigan, bozor
raqobatiga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ya oladigan mulkdorlar qatlamini
vujudga keltirish zaruriyati tug’ildi. O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul
qilingan “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirishlar,
qo’shimchalar kiritgan Yangi tartibdagi qonuni respublikamizda fermer xo’jaliklarini tashkil etish,
uning boshqarish va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi katta ahamiyatga ega bo’lgan
me’yoriy hujjat hisoblanadi. Bu esa hozirgi bozor munosabatlariga o’tish sharoitida respublikamiz
agrar sohasida mulkdorlar qatlamining shakllanishida muhim va hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi.
105
Yuqorida zikr etilgan qonuning I bulim 3-moddasida Fermer xo’jaligi ijaraga berilgan yer
uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi,
mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt ekanligi qayd qilingan.
Fermer xo’jaligining boshlig’i shu xo’jalikning muassisi – fermerdir. U o’n sakkiz yoshga
to’lgan, qishloq xo’jaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo’lgan, fermer xo’jaligiga
tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradigan va ustavini ishlab chiqadigan shaxsdir.
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chikarishga ixtisoslashgan fermer xo’jaligi kamida 30
bosh shartli bosh chorva moli bo’lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo’jaligiga ijaraga beriladigan
yer uchastkalarining eng kam o’lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon,
Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarda
kamida 0,3 gektarni, boshqa viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi sug’oriladigan yerlarda
kamida 0,45 gektarni, sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklarida ijaraga
beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami paxtachilik va g’allachilik uchun kamida 10
gektarni, bog’dorchilik uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekanlarni yetishtirish uchun kamida 1
gektarni tashkil etishi shart ekanligi belgilab qo’yilgan.
Fermer xo’jaligi belgilangan tartibda davlat ro’yxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil
etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs maqomini olib, bank massasida hisob-kitob varag’i va
boshqa xil hisob varaqlar ochishga o’z nomi yozilgan muhrga ega bo’ladi. Fermer xo’jaligi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunali ustav asosida
tuzilgan shu fermer ustavi asosida faoliyat yuritadi.
Fermer xo’jaliklari yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari, zahira yerlardan, yuridik va
jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan, qayta tashkil
etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo’jalik kooperativlarining (shirkat xo’jaliklarining) hamda
boshqa qishloq xo’jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan beriladi.
Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o’quv yurtlari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va
umumta’lim maktablarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xo’jaligiga berilishi mumkin
emas.
Fermer xo’jaliklarini yuritish uchun uchastkalari tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha
bo’lgan, lekin o’ttiz yildan kam bo’lmagan muddatga beriladi. Qayta tashkil etilayotgan va
tugatilayotgan qishloq xo’jaligi kooperativlarining (shirkat xo’jaliklarining) hamda boshqa qishloq
xo’jaligi korxonalari muassasalari va tashkilotlarning yer uchastkalari maxsus tashkil etilgan
komissiya o’tkazgan tanlov yakunlariga ko’ra tuman hokimining qaroriga asosan beriladi.
Qishloq xo’jaligi kooperativlarining (shirkat xo’jaliklarining) hamda boshqa qishloq
xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalari mazkur kooperativning
(shirkat xo’jaligining) yoki korxona, muassasa tashkilotining a’zolariga fermer xo’jaligini yuritish
uchun qishloq xo’jaligi kooperativining (shirkat xo’jaligining) umumiy yig’ilishi tomonidan
o’tkazilgan tanlov yakunlariga ko’ra tuman hokimining qaroriga asosan berilishi mumkin.
Tanlov «Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo’jaligi korxonasi negizida fermer xo’jaligi
tashkil etishda tanlov g’oliblarini aniqlash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv
xo’jaligi vazirligining 2005 yil 4 yanvardagi 1439-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizom asosida
o’tkaziladi.
Tuman hokimining fermer xujaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to’g’risidagi qarori
viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalari berish (realizasiya qilish) masalalarini ko’rib
chiquvchi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo’jaligining boshlig’i va tuman hokimi
tomonidan imzolanadi. Fermer xo’jaligiga berilgan yer uchastkasidan kat’iy belgilangan maqsadda
foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti
bulishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
106
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xo’jaligi tomonidan garovga
quyilishi mumkin. Fermer xujaligi berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq mahalliy
byudjetga to’lanadigan har yilgi ijara haqi tariqasida yer uchastkasining sifatiga, joylashgan yeri va
suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, yerning kadastr bahosini inobatga olgan holda
belgilanadigan yagona yer solig’i stavkasi miqdorida undiriladi.
Davlat ro’yxatidan o’tgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida fermer xo’jaligi yer
uchastkasidan foydalanganligi uchun haq to’lashdan ozod etilishi qonunda belgilab qo’yilgan.
Fermer xo’jaligi yuridik shaxsning barcha huquqlariga ega bo’ladi. Fermer xo’jaligi
tadbirkorlik shakllaridan biri bo’lib, tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun shu
maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.
Fermer xo’jaligi boshqa shakllarda xo’jalik yurituvchi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
Fermer xo’jaligi:
-o’ziga qarashli uy-joylar, xo’jalik imoratlari, qishloq xo’jaligi ekinzorlari va ko’chatzorlari,
dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xo’jaligi texnikasi, asbob-uskuna va
ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag’lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek
boshqa mol-mulklarga;
-ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirlgan mahsulotga;
-olingan daromadlarga (foydalarga);
-qonunda ta’qiqlanmagan asoslarda ega bo’ladigan boshqa mol-mulkka daxldordir.
Fermer xo’jaligining faoliyati ko’proq xo’jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Fermer xo’jaligidagi ishlarni bajarishga boshqa shaxslar m yehnat shartnomasi asosida jalb etilishi
mumkin.
Fermer xo’jaligi o’zi yetishtirayotgan mahsulotni sotishi, shu jumladan davlat xaridi
tartibida sotish uchun huquqiy va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo’jalik shartnomalari
tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki
shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
Fermer xo’jaligi o’zi yetishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib
chiqib mustaqil ravishda narx belgilaydilar.
Fermer xo’jaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab
chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati
uchun o’rta va qisqa muddatli kreditlash shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Fermer xo’jaliklari
bank muassasalari tomonidan ularga xizmat ko’rsatish uchun tashkil etiladigan maxsus kredit
fondidan imtiyozli shartlarda foydalanadilar. Fermer xo’jaligi qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga
soliqlar, yig’imlar hamda boshqa to’lovlar to’laydi. Fermer xo’jaligi o’z faoliyatining natijalarini
hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim
etadi.
Prezidentimizning “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” asarida
ta’kidlanishicha, “Bu yerda gap o’ziga tekkan mulkni shamolga sovurmasdan yoki shaxsiy boylik
orttirish yo’lida sovurmasdan, balki ana shu mulkni ko’paytira biladigan, texnika bilan qayta
jihozlaydigan va zamon talablariga muvofiq takomillashtira oladigan, uning negizida raqobatga
bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ya oladigan mulkdorlar haqida borayotir.
Shuningdek, ish bilan band bo’lmagan aholini ish o’rinlari bilan ta’minlaydigan, o’ziga ham,
ishlovchiga ham, davlatga ham daromad keltiradigan, ishlab chiqarishni tashkil qila oladigan
mulkdorlar haqida fikr yuritilyapti!».
Haqiqiy mulkdor bo’lish haqiqiy xo’jayinlik tuyg’usini his etish demakdir. Bu o’z navbatida
insonning yashirin kuch-g’ayratini, tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etadi, uni tashabbuskor va
omilkor qiladi, o’z korxonasining rivojlanish istiqboli haqida qayg’urib, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirib boradi, oladigan foydasi ham, xodimlarning daromadi ham ko’payadi.
Demak, iqtisodiy jihatdan erkin fuqaro, haqiqiy mulkdorgina o’z mol-mulkini samarali tasarruf
107
etishdan, o’z boyligini ko’paytirishdan moddiy manfaatdor bo’libgina qolmay, balki mamlakatni
boyitishga ham o’zini sezilarli hissasini qo’shishga imkoniyat yaratadi.
Fermer xo’jaliklarini tashkil etish resurslardan, ayniqsa yerdan samarali foydalanish,
mehnatkashlarda mulkka, mehnatga bo’lgan munosabatlarni tubdan o’zgartirish, yuqori
ko’rsatkichlarga intilish istagini ko’chaytirishga olib keladi. Shu xo’jalikdagi a’zolarga haq to’lash
mexanizmi mehnat unumdorligini oshirishda, o’z mulkiy huquqlaridan to’la foydalanish o’z mulki
asosida, yetishtirilgan mahsulotga mustaqil egalik qilish hissini uyg’otish orqali erishish
mumkinligini ko’rsatadi. Fermer xo’jaliklarida mulkdorlar o’z mulklari asosida kichik va qo’shma
korxonalar tashkil etib, mulkni va sifatli mahsulotlarni ko’paytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish,
mehnat unumdorligini oshirish, mehnatni ilg’orlar tajriba va texnologiyalar asosida tashkil etish,
boshqaruvga malakali mutaxassis va menendjerlarni jalb etish, mahsulot sifatini yaxshilash va
tannarxni pasaytirishdan mafaatdordirlar.
Qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarini tashkil etishdan maqsad mehnatkashlarni
boqimandalik kayfiyatidan xolos etib, ma’lum bir miqdorda mulk egasi etib, shu mulkdan imkoniyat
darajasida samarali foydalanib, uni ko’paytirishning moddiy manfaatdorlik mexanizmini
ta’minlashdan iboratdir. Mulkdor mahsulot ishlab chiqarishdagi sarf-harajatni tejamkorlik bilan
amalga oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, uni raqobatbardoshli qilish chora-tadbirlarini ishlab
chiqadi. Fermer xo’jaliklarini tashkil etish qishloq mehnatkashlarining farovonligini oshirish,
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, mulkni ko’paytirish, undan samarali foydalanish, texnologik
bir-biriga uzviy bog’liq xo’jalik subyektlari maqsadlarini uyg’unligini ta’minlovchi mexanizmlarni
yaratishda bosh omil bo’lib hisoblanadi.
Kishloq xo’jaligida ham fermerchilik usul va tamoyillariga asoslangan xo’jalik yuritish
shakllari bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Mulkka
va pirovard natijalarga egalik kilish huquqlarini mustahkamlash bilan bir qatorda fuqarolarda yangi
iqtisodiy tafakkur va tushunchalarning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, turli xil mulkchilikka asoslanib,
faoliyat ko’rsatayotgan qishloq xo’jaligi korxonalari orasida xususiy mulkchilikka asoslanib, o’z
manfaati va o’z mas’uliyati negizida xo’jalik yuritayotgan fermer xo’jaliklarida mavjud bo’lgan
ishlab chiqarish resurslaridan samaraliroq foydalanishga sharoit yaratadi. Shu bilan birgalikda u
mulkka, o’z mehnatining natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotga ega bo’lishi bilan birgalikda
mamlakatimizni kuchli huquqiy davlatdan kuchli xuquqiy fuqarolik davlat tizimiga o’tishda
Respublika aholisini yangi ijtimoiy tafakkur va tushunchalarning shakllanishida asos bo’lib xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |