5-mavzu. VI – VIII ASRLAR TARİXİ MANBALARİ
Darsning
mazmuni:
VI-VII asrlardagi tarixiy voqealar aks etgan Sug’diy,
Turkiy va Xitoy manbalari twg’risida malumotlar keltiradi.
Reja:
5.1.
Muh’im siёsiy voqealar.
5.2.
Qadimgi Turk manbalari.
5.3.
Xitoy manbalari.
5.4.
Swg’d tilidagi manbalar.
5.5.
Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.
5.6.
Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar.
Asosiy
tushunchalar: eftaliylar, xeptal, h’aytal, ey – da, i – da, runiy ёzuv,
Sug’d tili, biyiq.
5.1. Muh’im siёsiy voqealar
15
Юқ. асар. 34-41 бетлар.
36
V-VI asrlarda Wzbekiston tarixi eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan
bog’liqdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan
malumotlarga qaraganda, Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir.
Eftaliylar juda katta h’ududda wz h’ukmronliklarini wrnatdilar. Ularning
davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bwylarigacha bwlgan erlar qarar edi.
Eftaliylar milodning 457-yilida Chag’aniёn, Toxariston va Badaxshonni
bwysundirishga muvaffaq bwldilar. Eron shoh’i sosoniy Piruz (459-484 yy.)
Eftaliylarga qarshi uch bor qwshin tortti, lekin uning barcha yurishlari mag’lubiyat
bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga wlpon twlab turishga majbur
bwldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan kwp vaqt wtmay,
Sharqiy Turkistonni h’am bwysundirishga muvaffaq bwldilar.
Eftaliylar Turon, Eronning sharqiy tumanlari, Afg’oniston, Shimoliy
Hindiston h’amda Sharqiy Turkiston ustidan h’ukm yurgizdilar.
563-567- yillari turk xoqoni İstemi (Dizovul) Eron h’ukmdorlari bilan ittifoq
tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli erlarni bwysundirishga
muvaffaq bwldi. Natijada Turk xoqonligi Amudarё va Orol dengizigacha
chwzilgan wlkalar ustidan wz h’ukmronligini wrnatdi. U1 asrning uchinchi
choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Tsi davlatlarini h’am
bwysundirdilar, 576 yili Bosporni (Kerch) egaladilar, 581 yili esa Xersonni qamal
qildilar.
VI asr wrtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta er egaligi
munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda wzaro urushlar
kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) h’ukmdorlari ustalik bilan
foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qimga – Sharqiy va Garbiy turk
xoqonligiga bwlinib ketdi.
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiёda xoqon Shibi davrida (609-619- yy.)
Suy imperiyasi bilan kwp urushdi va wz mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu
(620-630- yy.) davrida h’am bu kurash davom etdi. Wsha yillari turklar Xitoyga 67
marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar kwpaydi, meh’natkash xalqning ah’voli
og’irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy Turk
xoqonligi ustidan wz h’ukmronligini wrnatilshga muvaffaq bwldilar. Lekin kwp
wtmay, turklar Xitoy istibdodiga qarshi qwzg’olon kwtardilar. Bunga dastlab
Eltarish qoon (Qutlug’ qoon), keyinchalik esa uning maslah’atchisi Twnyuquq
boshchilik qildilar. Natijada 681 yili G’arbiy turklar yana mustaqillikni qwlga
kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar
natijasida G’arbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bwlinib ketdi va keyinchalik
uning wrniga Uyg’ur xoqonligi tashkil topdi.
G’arbiy turk xoqonligi h’arbiy siёsiy jih’atdan birmuncha qudratli edi. U11
asrning wrtalarida unga Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bwlgan erlar
qarardi. Uning ijtimoiy-siёsiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjwy, Buxoro,
Samarqand, Choch, İspijob kabi shah’arlarning wsishi va Xitoy, Eron h’amda
Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq h’am sabab bwldi. Manbalarda keltirilgan
malumotlarga qaraganda, G’arbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda h’ar yili katta
yarmarkalar tashkil etilib, unda kwpgina xorijiy mamlakatlardan kelgan
savdogarlar h’am qatnashgan.
37
G’arbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi h’ukmronligi yillari
10 toifaga bwlingan. Masalan, Chu darёsining wng tarafida istiqomat qiluvchi
xalqlar Nushibi (5 toifa), darёning swl soh’ilida istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5
toifa) deb atalgan. Kwp wtmay bu toifalar wzlarining mustaqil davlatini tuzib
oldilar. Bu wzaro feodal kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qwshinlari
bundan foydalanib, 658 yili G’arbiy turk xoqonligi erlariga bostirib kirdilar, lekin
uni tamoman bwysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga
muvaffaq bwldi. Biroq katta er egaligi, wzaro kurashlar va shimoldagi qwshni
xalqlar, xususan qorliqlarning xurujlari natijasida xoqonlik inqirozga yuz tutdi.
VIII asrning ikkinchi yarmida h’okimiyat tamoman qorliqlar qwliga wtdi. Ular 766
yili Suyabni bosib oldilar va uni wz poytaxtlariga aylantirdilar.
G’arbiy turk xoqonligi markazlashmagan davlat bwlib, 15ga yaqin mustaqil
h’okimliklardan, Swg’dda yuechji xalqidan chiqqan jabg’u, Buxoroda mah’alliy
buxorxudot, Farg’onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi.
Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi Swg’d, Xorazm, Toxariston,
Farg’ona deh’qonchilik, shah’ar ah’olisi h’unarmandchilik va savdo-sotiq bilan,
uning tog’li va chwl tumanlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik
bilan shug’ullangan.
Arablar istilosi arafasida Wzbekiston mayda-mayda davlatlardan iborat edi.
Sharq va xitoy tillarida ёzilgan manbalar malumotlariga qaraganda VIII asr
boshlarida yurtimizda 15 yaqin mustaqil davlatlar bwlib, bularning eng kattasi
Xorazm, Swg’d, Buxoro, Chag’oniёn, Toxariston, Ustrushona, Choch va Farg’ona
h’isoblangan. Ularning podshoh’lari jabg’u (knyaz), xudot, ixshid va ispah’bed deb
atalardi.
Arablar Wzbekiston h’ududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar.
Bosqinchi qwshinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydulloh’ ibn Ziёd
boshchilik qilar edi. Wshanda ular Poykent va Buxoro shah’arlari h’amda ularning
tevarak-atrofidagi tumanlarni talon-taroj qildilar va katta wlja (1 mln dirh’am pul,
4000 asir va boshqalar) bilan qaytdilar. Bundan keyin h’am arablar Wzbekiston
ustiga kwp marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar.
705 yildan boshlab arablarning Wzbekiston ustiga istilochilik yurishlari
kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Qutayba ibn Muslim (715
yili h’ozirgi Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, h’ozirgi Shurunch mozor,
aslida Qilich mozor temir ywl bekati ёnida wldirilgan) boshchilik qildi.
Arab qwshini 706 yili Omul (Chorjwy), Zamm (Karki), Buxoro h’amda
Poykent shah’arlarini, 709 yili esa Buxoroning mustah’kam qalalaridan Shofurkom
(Vardanza)ni, 710 yili esa Kesh va Nasafni zabt etdi. Buxoro, Swg’d, Vardanza va
Farg’ona h’ukmdorlari turklar bilan qwshilib arab istilochilariga qarshi ittifoq
tuzishga h’arakat qildilar, lekin wzaro kelishmovchiliklar va ishtiloflar ittifoqning
mustah’kamlanishiga ywl bermadi. Qutayba bundan ustalik bilan foydalandi va
ular bilan birma-bir kurashda g’alaba qozondi.
712 yili Qutayba wzaro ichki kurashlardan foydalanib h’iёnatkorona tarzda
Xorazmni h’am bwysundirdi. Samarqand podshoh’i G’urak (710-737-yy.) bilan
tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarqand va Swg’diёna xalqi arablarga h’ar yili
2 million 200 ming dirh’am miqdorida wlpon twlash va arab qwshiniga 100 ming
38
kishi twplab berishga majbur etildi. 713-715 yillari Qutayba Choch (Toshkent)
h’amda Farg’ona viloyatlarini, shuningdek Ettisuv va Koshg’argacha bwlgan
erlarni bosib oldi.
Arab istilosi Wzbekistonning ijtimoiy-siёsiy va madaniy taraqqiёtiga katta
zarar etkazdi, kwplab katta va boy shah’arlarning kuli kwkka sovurildi, ming-
minglab kishilarning “ёstig’i quridi”, Marv, Buxoro, Samarqand va Xorazm
kutubxonalarida saqlanaёtgan juda kwp noёb asarlar ywq qilindi.
Arab istilochilari mah’alliy xalqlarni h’am majburan islom diniga kiritdilar,
meh’natkashlar zimmasiga og’ir soliqlar va jarimalar – xiroj, jizya, zakot
yuklatildi, ah’olining yarim mulki arab qwshini foydasiga musodara qilindi.
Wzbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor
qwzg’olon kwtardilar. VIII asrning wrtalarida bwlgan İsh’oq turk qwxg’oloni, 769-
776- yillari butun Movarounnah’rni larzaga solgan Muqanna (783 yili wldirilgan)
boshchiligida bwlib wtgan qwzg’olon, 806 yili Rafi ibn Lays boshchiligida
Swg’dda bwlib wtgan deh’qonlar qwzg’oloni shular jumlasidandir.
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy
taraqqiёtidagi katta tafovut, ularning etnik jih’atdan bir xil emasligi, ular
wrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, er-suv va
boylikning tobora mah’alliy boshliqlar qwlida twplana borishi va nih’oyat,
mah’alliy ah’oli va bosqinchilar wrtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi
xalq h’arakatlari va wzaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu h’ol, wz navbatida,
arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning
zaminida mustaqil mah’alliy davlatlar paydo bwldi. Masalan, Misrda Tuluniylar
(868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Toh’iriylar (821 y.), Seistonda
Safforiylar (867 y.) va nih’oyat, Movarounnah’rda Somoniylar (819 y.) h’okimiyat
tepasiga keldilar. Boshqa wlkalarda h’am shunday ah’vol yuz berdi. Qisqasi, 935
yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda wz siёsiy mavqelarini tamoman ywqotdilar
va nomigagina xalifa bwlib qoldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |