Qanotdan hujum qilish. Qanotdan hujum bir qancha ustunlikka ega. Ular kuchlarning birligi bilan hujumning boshi yoki hujum ketayotgan paytda o’zining yarim maydonidan raqibning erkin markaziy hujumchisi o’z hududini tashlab ketishga jur’at qilolmay o’z xavfsizligini ta’minlaydi. Qanot hujumchi o’yinchilari tezkor, ular uchun mudofaani yorib o’tish hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Hujumning muvaffaqiyatli rivojlanishi muhim sharoit. Qanot hujumchining o’z vaqtida o’zi aytgan joyiga chiqishi himoyachining xatti-harakatiga bog’liq. Ko’pincha qanot hujumchining asosiy joylashuvi markaziy va yon chiziqlarni kesib o’tadi. Ta’qibchining hujumiga kirib kelishi qanot hujumchining o’z mudofaasiga tortib oladi. Bunday vaziyatda asosiy hujum paytida yana bitta raqib paydo bo’ladi.
Markaziy hujum qilish.Hujumni markaziy yarim maydondan olib borish yon qanotdan hujum qilishdan qiyin. Bunday kurash yo’nalishi ortiqcha o’yinchining raqibi erkin markaziy himoyachi bilan mustahkamlanadi. Markazdagi hujum tugash bosqichida juda zerikarli bo’ladi, negaki raqibning qo’shimcha
qiyinchiliklarga olib keladi. Bunday sharoitda yakka tartibdagi hujum oxirgi bosqichda foydali. O’yinchilarning bunday harakati ommaviy hujumga qaraganda samarali.
Markaziy hujumda hamma hujumchilar ishtirok etishlari va markaziy himoyachilar ham bu o’yinchilarning biri sust harakatda bo’lib chalg’itadi, boshqalari esa chaqqon harakatda bo’lishadi. Hujumni tashkil qilishda himoyachi va yarim himoyachilarning o’rni katta. Ko’pincha markaziy hujumchiga qarshi oldindagi markaziy himoyachi o’ynaydi.
Uning orqasidan ikkinchi markaziy himoyachi vazifasiga markaziy hududni va oldindagi himoyachining muhofaza qiladi. Markaziy maydonda hujum avjiga chiqqanda, erkin markaziy hujumchi faol o’ynay oladi. Biroq qalbaki aldamchi harakatlar bilan markaziy hujumchi jamoa uchun ko’p natijalar qilishi mumkin. O’zining ta’qibchisi bilan erkin himoyachining hududini ichiga kirib boradi. U erkin hudud yaratib, sheriklaridan birontasi bostirib kuchlar tengligini yuzaga keltiradi (2:2). Mudofaani yorib, zarba berish hududini ko’paytiradi, hujumchilarning hamma harakati markazdan hujumning yuksalishi sonlarning tengligini ta’minlashi kerak.
Mudofaa. Mudofaa uch bosqichdan iborat: boshlang’ich, o’rta, yakunlovchi.
Boshlang’ich bosqich to’pni o’yinga kiritishda yoki o’yin buzilganda va jamoaning mudofaaga o’tishi bilan yuzaga keladi.
O’rta bosqich hujum boshlanishida, oxirgi bosqich darvoza yaqinida jamoa to’pni yo’qotishi bilan himoya boshlanadi. Himoyalanishdan maqsad, raqib jamoadan to’pni olib hujumni rivojlantirish, uni yakunlash. Yakka himoya bu guruh bilan yoki jamoa bilan bo’ladi. Raqib futbolchiga halaqit berib, harakat qilib to’pni olish. Yakka himoyachini vazifasi raqib futbolchini ta’qib qilib undan to’pni olib qo’yish. Guruh himoyachilarni – guruh hujumchilarga ikkitadan to’rttagacha himoyachilar joylashtiradi. Guruh himoya o’yinchilarning bir-birlari harakatlarini tushunib, o’ynashdan iborat. To’p oldirib qo’yilishi bilan o’yinchilar joylariga qaytishadi. Jamoa markazda, qanotda va butun maydon bo’ylab himoyalanish mumkin.