Kelishuvga erishish toʻlaligicha
Tomonlarga bogʻliq. IPAM ham,
mutaxassis ham muayyan yechim taklif
qilmaydi. Shuni esda tutish kerakki, bu
jarayon ixtiyoriy boʻlib, uning yakunida
biror kelishuvga erishilmasligi mumkin.
Bu jarayonda siz faol ishtirok etishingiz
koʻzda tutiladi. Muammoni hal qiluvchi
mutaxassis bu jarayondagi asosiy
manfaatlaringiz haqida tinglash hamda
taqdim etilayotgan maʼlumotlar va
dalillarning hammaga tushunarli boʻlishi,
muammoga muqobil yechimlarni
topilishida yaqindan yordam berishga
intiladi.
5-BOSQICH:
Jarayonda muhokama qilingan ayrim
yoki barcha masalalar boʻyicha narigi
Tomon bilan kelishuvga erishish.
1-BOSQICH:
Muammoni hal qilishga roziliik
bildirish: uning koʻlami, maqbul
uslublari, tamoyillari va taxminiy
muddat(lari)i.
Agar siz va narigi tomon muammoni hal
qilish toʻgʻrisida kelishib olgan boʻlsangiz,
IPAM mazkur murosa jarayonining tarkibi
va koʻlami, shuningdek b jarayonni
yumshatish vazifasi topshirilgan xolis
mutaxassisdn nimalar kutayotganingizni
muhokama qilish uchun siz bilan
bogʻlanadi.
Xolis ekspert faqatgina Tomonlar
oʻrtasidagi munosabatni yaxshilaydi,
bunda u biror maslahat berish yoki
qaror qabul qilishga undashdan tiyiladi.
Mutaxassis xolisona harakat qilishi,
jarayonning maxfiyligini hurmat qilishi
va aybni Tomonlarning birortasiga
yuklamasligi zarur.
3-BOSQICH:
IPAM siz va narigi tomon oʻrtasidagi
taranglikni yumshatish uchun tashqi
xolis mutaxassisni tayinlash orqali
jarayonni qoʻllab-quvvatlaydi.
Siz va narigi tomon muammoni hal
qilish jarayoni boshida umumiy
kelishuv imzolashingiz kerak boʻladi. Bu
kelishuv jarayonning qanday kechishi,
unda qoʻllaniladigan asosiy tartib-
qoidalarga oydinlik kiritadi.
IPAM yiliga kamida ikki marta
monitoring hisobotlari tayyorlab, ularni
ishlarning virtual qaydnomasida eʼlon
qiladi.
2-BOSQICH:
Narigi tomonning muammoni hal
qilishda qoʻllaniladigan asosiy tartib-
qoidalar va uning maxfiyligi boʻyicha
umumiy kelishuvni imzolashi.
4-BOSQICH:
Muammolarni hal etish paytida
tomonlar tutgan oʻrni va manfaatlarini
aniqlash, muammoning muqobil
yechimlarini topish uchun bir qator
oʻzaro yoki ikki tomonlama
uchrashuvlar oʻtkaziladi.
6-BOSQICH:
Agar narigi tomon bilan kelishuvga
erishsangiz, IPAM uning bajarilishini
nazorat qiladi.
IPAM kelishuv toʻliq bajarilganligini aniqlagandan soʻng bu ish yopiladi.
IPAM toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olish uchun ushbu
https://www.ebrd.com/project-finance/ipam.html
vebsaytimizga
oʻ ng. Siz shuningdek,
ipam@ebrd.com
elektron pochtasi orqali yoki YTTB Loyiha hisobdorligi mustaqil mexanizmi
(IPAM) boʻyicha quyida nomi va manzili koʻrsa lgan masʼul shaxsga pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin: Victoria
Marquez-Mees, Hisobdorlik boʻyicha bosh mutaxassis, One Exchange Square, London EC2A 2JN, United Kingdom
MUAMMOLARNI HAL QILISH
Muammolarni bartaraf qilish YTTB Loyiha hisobdorligi mustaqil mexanizmi
(IPAM) taqdim qiladigan ikkita funksiyadan biri hisoblanadi.
U Talabda
koʻrsa lgan masalalarni xolis mutaxassis yordamida hal qilish maqsadida,
Tomonlarni murosaga keltirishni maqsad qiladi. Kutilayotgan natijani tushunish
uchun quyida keltirilgan jadvalni koʻzdan kechiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |