Microsoft Office Word dasturining foydalanuvchi uchun muhim bo’lgan imkoniyatlari
Microsoft Office Word dasturining foydalanuvchi uchun muhim bo’lgan ko’plab klaviatura kombinatsiyalari, menyular to’plamidan iborat funksiyalari foydalanuvchini dasturdan foydalanishda bir muncha qulayliklar egalari bilan boshqa matnlarni taxrirlovchi dasturlar ustun bo’lib turadi.
Dasturning jadvallar ustuida bajariluvchi ko’plab turli amallarni bajarish mumkin. Jadvallar bilan ishlashda ko’plab foydalanuvchilar tomonidan yo’q qo’yiladigan xatolardan biri, jadvaldagi ma’lumotlarni hisoblashda operatsion tizimning Калкулятори orqali amallarni bajarib so'ngra jadvalga ma'lumotlarni kiritishini kuzatish mumkin. Bu jarayon foydalanuvchiga bir muncha noqulayliklar tug’dirib, ko’p vaqt yo’qotishga va qayta tahrirlaganda esa xatoliklarga olib keladi. Masalan: O’qituvchilar o’zlariga berilgan dars mashg’ulotlarining mavzularini rejalashitirib mavzularga ajratishda va kalendar reja tayyorlashda o’quv soatlarini hisoblash kerak. Buning uchun Tartib raqam, mavzu nomi, soat, izoh nomli ustunlardan iborat va jadval ohirida umumiy soatlar ko’rsatilgan bo’lishi lozim bo’ladi.
T/r
Mavzu nomi
Soat
Izoh
1
VBA haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
2
2
VBA dasturlash muhiti va unda ishlash
2
3
Ofis ilovalarida Visual Basic for Application
4
4
Formalar va boshqaruv obyektlari
4
5
Formalar va boshqaruv obyektlari
4
6
Obyektlar modellari va avtomatlashtirish
4
Jami umumiy soat:
1-jadval. O’qituvchi kalendar rejasidan keltirilgan namuna.
Bu holatda foydalanuvchi MS Office Word dasturida tuzilgan jadval huddi MS Office Excel dasturiga kabi tasvirlangan bo’ladi faqat bu holat foydalanuvchiga ko’rinmaydi. Ya’ni 1-ustun Tartib raqam A1, keng ta’riflanadigan bo’lsak A ustun 1-qator deb nomlash mumkin. Qolgan ustunlar lotin alifbosidagi harflar va qatorlar esa raqamlar bilan dasutr tomonidan shunday qabul qilinadi.
Yuqorida keltirilgan holatda umumiy soatni hisoblash uchun jadvalning kerakli katakchasiga kursorni olib borib. Jadvallarni sozlash uchun hosil bo’lgan qo’shimcha menyular tasmasidan Макет bo’limi tanlab olinadi.
15-rasm. MS Office Word dasturi Макет menyusi
Menyudan Формула piktogrammasini bosib, xosil bo’lgan oynada 16-rasmni ko’rishimi mumkin.
16-rasm. MS Office Word dasturi Формула oynasi
Oynaning quyidagi elementlari mavjud:
Формула – formula maydoni;
Формат числа – natijaning tipini ko’rsatish;
Вставить фунцию – matematika funksiya qo’shish;
Yuqoridagi rasmda Формула maydonida =SUM(ABOVE) funksiyasi keltirilgan. Uning ma’nosi yuqorida katakdagi barcha raqamlarning yig’indisini hisoblash. Формула oynasidan hech qanday o’zgarishlarni amalga oshirmasdan Ok tugamasni bosamiz va natijada dinamik qiymatli maydon xosil bo’ladi.
T/r
Mavzu nomi
Soat
Izoh
1
VBA haqida boshlang‘ich ma’lumotlar
2
2
VBA dasturlash muhiti va unda ishlash
2
3
Ofis ilovalarida Visual Basic for Application
4
4
Formalar va boshqaruv obyektlari
4
5
Formalar va boshqaruv obyektlari
4
6
Obyektlar modellari va avtomatlashtirish
4
Jami umumiy soat:
20
2-jadval. O’qituvchi kalendar rejasidan keltirilgan namuna.