O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILI UNSTITUTI
PAYARIQ XORIJIY TILLAR FAKULTETI
MBT 2105 guruh talabasi
Abdiyeva Farangizning
Mavzu: Jadvalli hujjatlar yaratsih va qayta ishlash uchun asboblar to`plami.
mavzusida tayyorlagan
Tayyorladi:________________
Topshirdi___________________
Samarqand-2021
Jadvalli hujjatlar yaratsih va qayta ishlash uchun asboblar to`plami.
Reja:
1. Excel dasturini ishga tushirish va unda ishlash
2. Exsel menyusi
3. Exsel da jadvallar tuzish
4. Exsel da formulalar va funksiyalar bilan ishlash
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor bo`lgan ma`lumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng ko`llamli masalalarni echishda qo`llaniladigan o`ta qulay vosita hisoblanadi.
1.Excel dastursini ishga tushirish va unda ishlash Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo`lib, u Windows operasion tizimi boshqaruvida ma`lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo`ljallangan. Excel da tayyorlangan xar bir xujjat (ma`lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excel da odatda bunday fayl “Ish kitobi” (Rabochaya kniga)(Workbook) deb yuritiladi.
Microsoft Excel ning asosiy ish soxasi bu Ishchi kitobi bo`lib, u bir yoki bir nechta(boshlang`ich xolatda 16 ta bo`lishi mumkin) ishchi varaqlardan (list- Sheet) tashkil topgan bo`ladi. Har bir .xls kengaytmali faylda 1 dan to 255 elektron jadval joylasha oladi. Excelda Elektron jadval 256 lotin ustun (columns) va 16384 satr (Row)dan iborat bo`lib, kompyuter xotirasiga joylashadi. Ustunlar lotin alifbosi xarflari bilan(A,B,..,Z,AA,..IV), satrlar esa 1 dan 16384 gacha sonlar bilan belgilanadi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish mumkin Ustun va satrlar kesishuvidan Elektron jadvalning Struktura elementi bo`lmish katak (yacheyka) hosil bo`ladi. Кatak-bu ishchi jadvaldagi adresli element bo`lib unda sonli qiymat, matn va formula turishi mumkin.Кatak o`z adresi bilan aniqlangan bo`lib, u adres ustun nomi va satr nomeridan iborat bo`ladi.
Maydon deb yonma-yon joylashgan kataklar guruhiga aytiladi. Maydonning adresini ko`rsatish uchun uning yuqori chap va pastki o`ng kataklarining adresini ikki nuqta bilan ajratib ko`rsatish kerak
Ana shu kataklarga matn yoki raqam , yoxud matematik formulalar yoziladi. Masalan: A1,C4, C24, AA2...
Bundan tashqari, Excel dasturi ma`lumotlar ombori (MO) bilan ishlash, Visual Basic for Applications dasturlash tilida Makroslar yaratish kabi imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har tomonlama mukammal bo`lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi.
Excel dasturini ishga yuklash jarayoni quyidagicha:
1. Кompyuter yoqiladi. Ekranda muloqat oynasi paydo bo`lib, foydalanuvchi ismi va paroli so`ralsa, ular kiritilib «Enter» tugmasi bosiladi.
2. «Sichqoncha» ko`rsatkichi ekranning quyi qismida joylashgan Pusk (Start) tugmasiga keltirilib, chap tugmasi bosiladi.
3. «Sichqoncha» ko`rsatkichi «Programmo`» bandiga keltiriladi va tugmacha bosiladi.(1-rasm)
4. Dasturlar ro`yxatidan Microsoft Excel tanlanadi va «Sichqoncha» tugmasi bosiladi, natijada dasturning ishga tushish jarayoni boshlanib, Excel ning ish maydoni ekranda paydo bo`ladi.(2-rasm)
Excel oynasi quyidagi asosiy elementlardan iborat:
Exsel oynasining sarlavxasi
- Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur «Pusk» menyusi qatorida paydo bo`ladi.
- Ish olib borilayotgan muloqot darchasini ekranda to`liq yoki dastlabki holatga keltirish tugmasi.
- Ish olib borilayotgan muloqot darchasini yopish tugmasi
Asosiy menyu qatori - bajarilishi mumkin bo`lgan buyruqli harakatlar ro`yxati.
Standart vositalar qatori–buyruqlarga murojoatni tezlashtirish uchun maxsus piktogrammalar majmui.
Formatlash vositalari qatori- kataklarga joylashgan ma`lumotlar ustida ishlashni tashkil qilish buyruqlari majmui.
Formula qatori - jadval kataklariga ma`lumotlarni kiritish va taxrir qilish.
Sahifadan - sahifaga o`tkazish belgilari – sahifalash jarayonini aks ettiruvchi tugmalar.
Faol katak - ayni paytda kursor turgan katak.
2. Exsel menyusi
Excelning gorizontal menyusi 9 punktdan iborat bo`lib, uning har biri ish bajaruvchi qator buyruqlar majmuidan tashkil topgan:
Fayl(File), Pravka(Edit), Vid(View), Vstavka(Insert), Format (For-mat), Servis(Tools), Danno`e(Data), Okno(Window), Spravka(Help)
Yuqorida keltirilgan bo`limlar bandlarining shakli Microsoft Office 2000 dasturlarinikiga aksariyat xollarda o`xshash bo`lsada, mazmunan Excel ning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda tuzilgan. Bundan tashqari, ba`zi bo`limlar faqat mazkur dasturga tegishli vazifalarni bajaradi.
Fayl(File) punkti quyidagi buyruqlarni o`z ichiga oladi:
(Sozdat) New (yangi ish kitobini ochish), Оtkrit(Open) (mavjud ish kitobini ochish), Zakrit(Close) (joriy ish kitobini yopish), Soxranit(Save) (joriy ish kitobni xotirada saqlash), Soxranit как(Save ass) (joriy ish kitobini yangi nom bilan saqlab qo`yish yoki boshqa bir katalogga joylashtirish), Soxranit nastroyki(Save Workspace) (berilgan konfigurasiyada ishlash imkoniyatini saqlagan holda ekranning ko`rinishini va sistema sozlanish holatini saqlash), Nastroyki Stranis (Page Setup) (ishchi sahifasini formatlashga oid parametrlardan iborat muloqat oynasini hosil qilish), Predvaritelno`y prosmotr(Print Preview) (bosmaga tayyorlangan hujjatni sahifaga joylashishini oldindan ko`rish), pechat(Print) (faylni bosmaga chiqarish), Vixod (Exit) (EXCEL dan chikish).
Pravka (Edit) punkti quyidagi buyruqlar bilan ish yuritadi:
Otmenit deystvie(Undo Entry) (ma`lumotlarni o`zgartirishga olib kelgan oxirgi amalni bekor qilish), Povtorit deystvie (Repeat) xarakatni qaytarish, Virezat (Cut) (belgilangan fragmentni ish kitobidan olib tashlash), Кopirovat(Sopy) (nusxa olish), Vstavka(Paste) (kursor turgan joyga almashinuv buferida saqlanayotgan ma`lumotlarni qo`yish), Specialnaya Vstavka (Paste Special) (bir necha katakdan nusxa olib qo`yishda ishlatiladi), Zapolnenie(Fill) (kataklar blokini talab asosida to`ldirish), Ochistit(Clear) (kataklarni mavjud qiymatlardan tozalash), Udalit (Delete) (belgilangan katakdagi parametrlarning biror qiymatini olib tashlash), Udalit list(Delete Sheet) (ish kitobidan ishchi sahifasini yo`qotish), Nayti (Find) (qidirib topish), Zamenit (Replace) (qidirib topib almashtirish), Pereyti(Go To) (qo`shni bo`lmagan bir blokdan ikkinchisiga o`tish).
Vid(View) punktida quyidagi buyruqlar mavjud:
Stroka formul(Formula Bar) (ekranga joriy katak va undagi formulani o`zida aks ettiradigan bo`limni o`rnatish), Stroka sostoyaniya (Status Bar) (ekranga katak qiymatini o`rnatish), Ves ekran (Full Screen) (jadvalni butun ekran bo`yicha kengaytirish), Masshtab (Zoom) (masshtabni o`zgartirish), Paneli instrumentov (ToolBars) (ekranda bir qator vositalar Panelini hosil qilish).
Vstavka(Insert) punktda bajariladigan buyruqlar mazmuni:
Yacheyki (Cells) (yangi katak qo`yish), stroka (Rows) (yangi satr qo`yish), stolbes (Solumns) (yangi ustun qo`yish), rabochiy list (Worksheets) (yangi ishchi sahifa qo`shish), diagramma (Chart) (diagramma hosil qilish), macros (Macro) (modul yoki muloqot oynasi sahifasini yaratish), razriv stranis (Page Break) (avtomatik ravishda sahifalarga ajratish), funksiya (Funstion) (funksiya ustasi muloqot darchasi ochish), imya (Name) (kataklarni nomlash), primechanie (Note) (katak uchun izoh), risunok (Picture) (rasm qo`yish), karta (Map) (geografik karta qo`yish), ob`ekt (Object) (OLE texnologiyasini joriy qilish).
Format (Format) punkti buyruqlarining mazmuni:
Yacheyki (Cells) (kataklarni formatlash), Stroka (Row) (satr o`lchamini o`zgartirish, ekrandan olib tashlash), Stolbes (Column) (ustun o`lchamini o`zgartirish), List (Sheet) (ish kitobi sahifalarining xususiyatlarni o`zgartirish), Avtoformat (Autoformat) (ma`lumotlarni jadval ko`rinishida formatlash), Stil (Style) (stilni boshqarish imkoniyati).
Servis(Tools) punkti buyruqlarning mazmuni:
Orfografiya (Spelling) (imlolarni tekshirish), zavisimosti (Auditing) (kataklarning o`zaro bog`likligini va formula ma`lumotlaridagi xatolikni ko`rsatadi), Avtozamena (Autocorrect) Podbor parametra (Goal Seek) (ko`rsatilgan simvollar ketma - ketligini avtomatik ravishda o`zgartiradi), (resheniya) Solver (parametrlarni tanlash), ssenariya(Scenarios) (echiladigan masala ssenariysi tuziladi), zahita(Protections) (himoya vositasi), zapis makrosa(Record Macro) (makrokomandalar bilan ishlash).
Dannie(Data) punkti buyruqlari mazmuni:
Sortirovka (Sort) (alfavit bo`yicha tartiblash), Filtr (Filter) filtrlash, forma (form) itogi (Subtotals), tablisa podstanovki (Table), tekst po stolbsam (Text to Columbns), konsolidasiya (Consolidate), СТРУКТУРА (Group and Outline), Svodnaya tablisa (PivotTable) muloqot darchasidan tanlab olingan holda bajariladi.
Windows punkti buyruqlari bevosita ma`lumotlar bilan ishlashga mo`ljallangan: Raspolojit (Arrange) buyrug`i – muloqot darchasi bo`yicha bir necha hujjatlar, OB`EKTlar yoki ularning ma`lum bir qismlari bilan bir vaqtning o`zida ishlab, ularni alohida oynalarga joylashtirilgan holda ekranga chiqarib beradi. Novoe okno(New Window) buyrug`i-bir ish kitobi uchun bir necha oyna hosil qilishni amalga oshiradi. Skro`t(Hide) buyrug`i oynalardan birontasini xotirada saqlagan holda ekrandan yo`qotadi. Pokazat (Unhide) buyrug`i - yashiringan oynalardan ixtiyoriysini ekranga chiqarib beradi. Razdelit (Split) buyrug`i-joriy oynani to`rt qismga bo`ladi va bu qismlarning har birida ish sahifasining alohida qismlarini ko`rish mumkin. Zakrepit oblast(Freeze Panes) - buyrug`i bilan ishchi sahifada ixtiyoriy ustun yoki qatorlarni o`rnashtirib qo`yish mumkin.
Spravka(Help) - punkti buyruqlari mazmuni
Vo`zov spravki (Help Topic) ma`lumotnomani chaqirish, Master podskazok (Answer Wizard), aytib turish ustasi, O programme (About Microsoft Excel) dastur xaqida ma`lumot.
3. Excel da jadval tuzish
Excel jadvalini hosil qilishda ma`lumotlar alohida kataklarga kiritiladi. Natijalar ustun va qator belgilari bilan aniqlanadi. Masalan, A5, V7 va hakoza. U holda kataklar nisbiy adresli sanaladi. Formulalar bilan ishlaganda, nusxa olish jarayonida bunday adreslar bilan ishlash ba`zan xatoliklarga olib keladi. Shuning uchun ham absalyut adres tushunchasi kiritilgan bo`lib, bunda ustun yoki satr belgisi oldiga $ belgisi qo`yiladi. Masalan, $A5- ustun mutlaqo o`zgarmaydi deb aytish mumkin, yoki $D$12- ham ustun, ham satr o`zgarmaydi. Кataklar diapazoni deganimizda quyidagicha belgilash qabul qilingan. U holda Insert-Name-Define buyrug`i bilan muloqot darchasi ochiladi. Unda ixtyoriy nom berilib OК tugmachasi bosiladi. Shunda katak muayyan nom bilan ataladi. Jadval kataklariga ma`lumot kiritish uchun avval “sichqoncha” chap tugmasi bilan katak ajratiladi, so`ngra formula qatorida yana tugmachasini bosamiz. Formula qatorida ma`lumot kiritishni boshqaradigan uchta tugmacha hosil bo`ladi: qizil krestli, yashil belgili va fx . Agar qizil krestli tugmacha bosilsa, ma`lumot kiritish to`xtatiladi; fx tugmachasiga bosilsa, ekranda Master funksiy degan muloqot oynasi hosil bo`ladi.
Ma`lumotlar kiritishni 3 - xil usulda amalga oshiriladi:
-Enter tugmasini bosish;
-yashil belgili tugmachada “sichqoncha” ni bosish,
-boshqa katakda turib “sichqoncha” chap tugmasini bosish.
Bundan tashqari, biz tanlagan ixtiyoriy katakka axborotlarni kiritmoqchi bo`lsak, u holda quyidagicha ish yuritamiz, ya`ni «sichqoncha» tugmachasini 2 marta bosish kifoya. Кataklarga yangi ma`lumotlar kiritishda yoki eskisini o`zgartirishda joriy katakka joylashtirish jarayonida katak tozalanadi, matnli kursor paydo bo`lib formula qatori faollashadi.
Menyuning Tools punktidagi Tools-Options buyrug`i bilan ochilgan muloqat darchasi yordamida standart shrift tanlab olinadi. Excelda ustun kengligini va satr balandligini o`zgartirish mumkin. Ustun kengligi 0 dan to 255gacha simvol bilan kengaytiriladi. Satr balandligi esa 0 dan to 409 punktgacha. Ustun kengligi va satr balandligini o`zgartirishning 2 xil usuli mavjud bo`lib, ular:
- kursorni ustun sarlavhasining o`ng tomoniga qo`yib chegarani chaproqqa yoki o`ngga “Drag-and Drop” usuli bilan surish,
- satr balandligini o`zgartirish uchun esa kursorni satr sarlavhasini pastki chegarasiga qo`yib (ko`rsatkich qora krest shaklida bo`ladi) yuqoriga yoki quyi tomon suriladi.
Bordiyu, biror katak kengligini yoki satr balandligini tezda o`zgartirish lozim bo`lib qolsa, u holda Format-Columns-Width yoki Format-Rows-Heigt buyruqlaridan foydalanishga to`g`ri keladi. Elektron jadval ixtiyoriy katagiga sonlarni, formula va matnli axborotlarni kiritish mumkin.
Jadval ustida ishlash
Jadvalning ixtiyoriy katagini ajratish uchun “sichqoncha” chap tugmachasini bosish lozim. Uni siljitish uchun esa klaviaturaning chap, o`ng, yuqori va pastga qaratilgan tugmachalarini ishga solamiz. Jadval kataklarini chap va o`ngga, yuqoriga va pastga siljitish mumkin. Ishchi sahifalarini siljitish uchun holat satrida ish yuritiladi. Jadval elementlarini oniy(mgnovenno) aniqlash uchun Excel menyusining «Pravka» punktiga kirib GO TO buyrug`i orqali ish yuritamiz. Qidirilayotgan katak nomi bo`lsa, u holda Excel oynasining «Formula qatori» dagi nomlar ro`yxatidan qidiriladi.
Jadval bo`laklari (satrlar, ustunlar yoki bloklar bo`yicha) ajratilishi uchun “sichqoncha” tugmasini ishga solib birinchi katak o`z holatida qolganlarini esa qora rangda ifodalaymiz. Masalan, 3Rx5C (Rows, Columns). Кeyinchalik ajratilgan fragment ustida biror joyga o`rnatish, nusxasini olish, formatlash va yo`qotish buyruqlari orqali ish yuritamiz. Buning uchun esa «Standart» panel piktogrammalaridan foydalanamiz.
Jadval kataklarini tozalash uchun menyuning Edit punkti orqali Clear buyrug`i bilan ish bajaramiz, yoki klaviaturaning Delete tugmachasini ishlatamiz. Jadval kataklarini o`rnatish va yo`qotish (olib tashlash) uchun menyuning Insert punkti orqali ish bajaramiz:
Insert – Cells, Insert –Columns, Insert – Rows.
Jadval kataklaridagi axborotlarni yo`qotish uchun esa menyuning Edit punktiga kirib Delete buyrug`ini ishga solamiz. Кatakdagi axborotlarni siljitish, nusxa olish va fragmentlarini o`rnatish uchun “Standart” panelning Sut, Copy, Paste piktogrammalaridan foydalanamiz. Jadvalning ixtiyoriy kataklaridagi axborotlarni qidirish uchun Edit-Find buyrug`idan, almashtirish uchun esa Edit-Replace buyruqlaridan foydalanamiz. Jadval kataklaridagi axborotlarni bekor qilish va qaytarish uchun ”Standart” panelning maxsus piktogrammalaridan foydalaniladi.
4. Formulalar kiritish va funksiyalar bilan ishlash
EXCEL da formula «q» belgisi bilan boshlangan belgilar ketma-ketligi tushiniladi. Bu belgilar ketma-ketligiga – o`zgarmaslar; katak adreslari; funksiyalar; operatorlar kiradi. Formulalar natijasi xisoblangan qiymatlar bo`ladi. Xisoblash natijalari kataklarda, formulalar esa formulalar qatorida beriladi. Кatak adresini kiritilayotgan formula ustiga «sichqoncha» chap tugmasini bosish bilan aniqlaymiz. Masalan, qo`lda q S6ҚS7 ifodani terib o`tirmay, quyidagicha ish yuritamiz:
a) “q” belgisini C8 katakka kiritamiz;
b) S6 katagida «sichqoncha» tugmasini bosamiz;
v) «Q» belgisini kiritamiz;
g) S7 katakda «sichqoncha» tugmasi bosiladi.
Natijada ushbu formula yozilgan katakda C6 katak qiymati bilan C7 katak qiymatining yig`indisi paydo bo`ladi.
Yuqoridagi S6 katakka 30 raqami va S7 katakka
55 raqamini kiritib natijani ko`ring?
EXLELda funksiyalar standart xisoblashlarni bajarish uchun ishlatiladi.
EXLELda 400 ga yaqin o`rnatilgan funksiyalar bo`lib, ular 9 guruxga birlashtirilgan.
Moliyaviy(Finansovo`e)
Vaqt va sana(Data i vremya)
Matematik (matematicheskie)
Statistik(staticheskie)
Massivlar va sso`lka(sso`lki i massivo`)
Malumotlar bazasi bilan ishlash(Rabota s bazoy danno`x)
Matnli(Tekstovo`e)
Mantiqiy(Logicheskie)
Xulosa va belgilarni tekshirish(Proverka svoystv i znacheniy)
Formula va funksiyalar bilan ishlash qoidalari
Formulalar bir yoki bir necha funksiyalarni o`zida birlashtirishi mumkin;
Xar bir formula nomidan keyin () uning argumentlari beriladi. Agar argumentsiz bo`lsa, uning nomidan keyin () qavslar bo`shliqsiz yoziladi;
Argumentlar vergullar orqali ajratilib yoziladi;
Formulalarning elementi va funksiyaning argumenti sifatida kataklar adresi qatnashishi mumkin. Bu xolatda xisoblashlarda formulada adresi berilgan yacheykaning qiymati qatnashadi;
Formulalar bushliqlarsiz yoziladi;
Funksiya 30 ortiq bo`lmagan argumentlarni o`zida saqlaydi;
Formulaning uzunligi 1024 elementdan oshmasligi lozim.
Ma`lumki, elektron jadvalda bir qator funksiyalar ishlatiladi, ularning majmuini fx bilan belgilanib “Funksiyalar ustasi” (“Master funksiy”) deb ataladi va u “Standart ” panelda o`z piktogrammasiga ega. Demak, ushbu piktogrammani faollashtirsak, ikkita darchadan iborat muloqat oynasi paydo bo`ladi (funksiyalar kategoriyasi va funksiyalar nomi). Bunda funksiyalar kategoriyasiga matematik, statistik, iqtisodiy, informasion, mantiqiy va boshqa bir qator funksiyalar (jami 30ga yaqin) kirsa, funksiyalar nomida esa har bir kategoriyaga mansub funksiyalar kiradi. Ushbu “Funksiyalar ustasi” ni ishlatish texnologiyasi quyidagicha:
funksiyalar kategoriyasidan kerakli funksiya tanlab olinadi, Next () tugmachasi bosiladi. Shunda ekranda yangi muloqat oynasi paydo bo`ladi.Ushbu oynada funksiya argumentini tanlab olamiz va “Finish” tugmasini bosamiz. U holda tanlagan argument bo`yicha funksiya qiymati chiqadi.
Standart paneldagi fx belgili piktogramma yordamida ekranda funksiya masteri (master funksiy) muloqat oynasi paydo bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |