Ishchi varaq bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi.
1. Ishchi varaq - axborotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo`ljallangan, ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar majmuidir. Har bir katakcha o`z adresiga egadir, u kesishish orqali topiladigan ustun va satrlar adreslari bilan beriladi.
Ishchi varaq qismlari xaqida ma`lumotlar berish:
2. Excel ning ixtiyoriy obyekti bilan ishlash quyidagicha bajariladi: avval ajratib olinadi, keyin bu obyekt bilan ishlash uchun buyruq yoki uskunalar panelidan tugma tanlanadi.
Ishchi varag`idan ajratib olingan katakcha faol katakcha deyiladi. Faol
katakchalar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
a) katakchaga berilganlarni kiritish;
b) katakchadagi mavjud berilganlarni tahrirlash;
v) katakchalarni nusxalash;
g) katakchalarni ko`chirish;
d) katakchalarni formatlash;
e) katakchalarni tozalash;
j) katakchalarni faollashtirilgandan so`ng, unga to`g`ridan-to`g`ri berilganlarni kiritish - klaviaturada terish, ENTER ni bosish;
z) berilganlarni formula satri orqali katakchaga kiritish - formula satriga bosish, klaviaturada terish, kiritish tugmasini bosish.
Katakchada saqlanishi mumkin bo`lgan berilganlarning turi:
- doimiy qiymatlar (sana, vaqt, pulli miqdorlar, foizlar, kasrlar yoki matn)
- bu ma`lumotlar katakchaga toki yangi ma`lumotlar kiritilmaguncha, o`zgarmasligini ta`kidlash lozim. Kasr sonlarni kiritishda ularni " , " lar bilan ajratiladi. Sana va vaqtlarni kiritish xaqida gapirib bering.
- formulalar (mavjud qiymatlardan doimiy qiymat, katakcha adreslari, funktsiyalarni keltirib chiqarish ketma-ketligi) - agar ishchi varag`ining qiymatlari o`zgarsa, formula hisoblash natijasi sifatida chiqaruvchi qiymatlar ham o`zgarishini ta`kidlab o`ting (buni birorta funktsiya misolida tushuntiring).
Kiritishdan voz kechish uchun:
1. Tuzatish menyusidan voz kechishi yoki CTRLҚZ tugmalari bosiladi.
b) berilganlarni katakchada tahrirlash:
1 "Sichqoncha" chap tugmasini ikki marta bosish, yangi berilganlarni kiritish, ENTER ga bosish yoki
2. Ishchi varaq katakchani ajratib olib, formula satrida bosish, yangi berilganlarni kiritish, ENTER ni bosish yoki kiritish tugmasini bosing.
v) katakchani nusxalash uchun:
1. Nusxalash lozim bo`lgan katakchani ajratib olish, Tuzatish menyusida "Nusxalash" buyrug`ini tanlash yoki
2. Katakchani ajratib olib, "sichqoncha" o`ng tugmasini bosish, kontekstli menyudan "Nusxalash" buyrug`ini tanlash yoki
3. Katakchani ajratib olib, asboblar panelidagi "Nusxalash" tugmasini bosish yoki
4. Katakchani ajratib olib, CTRLҚC ni bosish. Ta`kidlash lozimki, ushbu katakcha nusxasi almashish buferidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |