Ishchi kitobini saqlash:
a) Uskunalar panelidagi tugma yordamida yoki
b) CTRLQS tugmalar birgalikda bosiladi.
Agar kitob saqlanmagan bo`lsa, "Kabi saqlash" dialog menyusi chiqadi. Fayl nomi maydoniga ishchi kitobingiz nomini kiriting yoki dasturda tavsiya etilganini qoldiring. OK tugmasini bosing. Agar kitob oldin saqlangan bo`lsa, dialog oynasi chiqmaydi. Boshqa nom bilan saqlash uchun CTRLQS ni bosish, fayl nomini yozish va OK ni bosish kerak. Ishchi kitobni yozish - Fayl menyusidan Yopish buyrug`i (CTRLQF4). Agar bir necha ishchi kitob ochilgan bo`lsa, u holda Fayl menyusida Hammasini yopish buyrug`i bosiladi. Ishchi kitob varaqlardan iboratdir. Ishchi kitob 1 dan 255 gacha bo`lgan miqdordagi varaqlardan tashkil topishi mumkin. Yangi ishchi kitobi ochilganda, 1 varaq, 2 varaq, deb nomlanuvchi 16 varaq bo`ladi. Ishchi kitobi tarkibida varaqlarning quyidagi asosiy ko`rinishlari bo`lishi mumkin:
a) ishchi varaq;
b) diagramma varag`i;
v) VISUAL BASIC tipidagi modul varag`i;
g) dialoglar varag`i.
Varaqlar nomlari ishchi kitobi oynasining pastki qismida darchada chiqadi. Varaqdan varaqqa ko`chirish - "sichqoncha" kursorini kerakli varaq nomiga keltirib, chap tugmasini bosish bilan bajariladi. Faol varaqning yorlig`ida varaq nomi yarim qalin shrift bilan ajratilgan.
Ishchi varaqlar bilan ishlash uslublari:
a) 1.Varaqni joylash "Joylash" menyusida Ishchi varaq buyrug`i.
2. SHIFTQF1 tugmalari.
b) 1.Varaqni o`chirish- birinchi varaq yoki varaqlarni tanlash, o`chiriladigan varaq ustiga SHIFTQ, agar qo`shni emas varaqlar bo`lsa, o`chiriladigan varaqlar ustiga CTRLQ ni bosish.
2. To`g`rilash menyusidagi varaqni o`chirish buyrug`i.
v) varaqlarni qayta nomlash;
- Format Menyusida Varaq buyrug`ini tanlash, so`ng qayta nomlash, varaq nomi maydoniga yangi nomni yozish;
- darcha ikki marta bosiladi va yangi nom yozib, ENTERni bosish kerak.
3. Ishchi varaq bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi.
1. Ishchi varaq - axborotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo`ljallangan, ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar majmuidir. Har bir katakcha o`z adresiga egadir, u kesishish orqali topiladigan ustun va satrlar adreslari bilan beriladi. Ishchi varaq qismlari xaqida ma`lumotlar berish:
2. Excel ning ixtiyoriy obyekti bilan ishlash quyidagicha bajariladi: avval ajratib olinadi, keyin bu obyekt bilan ishlash uchun buyruq yoki uskunalar panelidan tugma tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |