3. Ishchi kitoblarini tasvirlash, ko`rib chiqish va birgalikda qo`llash
Ishchi kitoblarida har xil grafik obyektlarni namoyish etish ish varaqlari va diagrammalarning tashqi ko`rinishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Grafik obyektlarni namoyish etish bir qancha usullar bilan keltiriladi:
- "Chizish" uskunalar paneli yordamida (bu erda xuddi WORD kabi ishlashni ta`kidlash lozim);
- faqat ishchi, diagramma, muloqot varaqlarida chizish mumkin. Uskunalar panelini "sichqoncha" ning o`ng tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
Rasm chizish.
Grafikni import qilish, masalan rasmlarni boshqa asarlardan ko`chirish uchun:
a) tayyor rasmni "qo`yish" menyusidan Rasm buyrug`ini tanlash bilan amalga oshiriladi;
b) grafik obyektni qo`yish - "qo`yish" menyusidan Obyekt buyrug`ini tanlash. EXCEL da grafik obyektlar bilan ishlash yuqoridagiga nisbatan engil.
Grafik obyektlar bilan ishlashni foydali bilish uchun obyektning kontekstli menyusidan foydalanish qulay, grafik obyekt o`ng tugmani("sichqoncha"da) bosib chiqariladi. Yana bir ish kitobida axborotni namoyish etishni engillashtiruvchi obyekt-bu matnli maydon. Matnli maydon -ichida matn bo`lgan to`g`ri to`rtburchak, ish qog`ozida yoki diagrammada ma`lumotlarni ajratish uchun ishlatiladi. Matnli maydon tuzish uchun uskunalar panelidagi "Matnlar maydoni" tugmasidan foydalaniladi. "Sichqoncha" bilan kerakli kattalikdagi to`g`ri to`rtburchak va matn kiritiladi. Matnli maydonni yo`qotish esa DEL (DELETE) bilan amalga oshiriladi. Agar maydonda faqat matn ajratilgan bo`lsa, maydonning o`zi emas, faqat matn yo`qoladi. Grafik obyekt kabi matnli maydonni xam formatlashtirish mumkin: Maydonning ramkasini o`zgartirish Format menyusining Obyekt buyrug`idan foydalanib, matnni aylantirish mumkin (ish qogozida). Grafik obyektlarni nusxalashtirish, qirqish, qo`yish, yo`qotish, formatlashtirish mumkin.
Ish kitobidagi keraksiz matnni chiqarib tashlash uchun, ma`lumotlarni va unda joylashgan axborotni ko`rib chiqishni EXCEL ish kitobi 3 darajali himoya bilan ta`minaydi:
;
- "Format" menyusidan "Varaq" buyrug`ini tanlashdan keyin Yashirish buyrug`ini tanlash.
Varaqni yashirishni bekor qilish:
- format menyusidan "Varaq" buyrug`ini tanlash, keyin ko`rsatishni tanlash;
- yashirilgan varaqlar ro`yxatidan varaqni tanlash;
- OK ni bosish.
3. Ish kitoblaridan biriga foydalanish ish kitobidagi faylni elektron pochta orqali uzatadi. Uzatish uchun Microsoft Mail dasturi kerak bo`ladi. Apparat ta`minoti: modem.
Uzatish jarayoni:
- "Fayl" menyusidan "Jo`natish" komandasini tanlash;
- xizmat maydonini axborot bilan to`ldirish uchun sistemangizdagi elektron pochtani va axborotni jo`nating.
Do'stlaringiz bilan baham: |