Ms Acces dasturi haqida umumiy ma’lumot
Reja:
Microsoft Access dasturiga kirish va uni ishga tushirish.
Microsoft Access dasturi va uning menyulari.
Acces dasturi yordamida ma’lumotlar omboroni tuzish
Foydalanilgan adabiyotlar
Hozirgi vaqtda relyatsion ma’lumotlar bazasidan keng foydalaniladi.Ular relyatsion algebra qonunlari asosiga qurilgan. Yoki ob’yekt haqidagi axborot o‘zaro bog’liq jadvallar orqali ifodalanadi. Relyatsion ma’lumotlar bazasi ikki qismga bo’linadi, oddiy foydalanuvchilar uchun va tarmoqdagi foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar bazasi. Tarmoqdagi MBBT katta hajmdagi ma’lumotlar massivini qayta ishlash bilan shug’ullanadi
MBBT ning asosiy funktsiyalari:
Jadvalga bir yoki birnecha yozuvlarni qo‘shish;
Jadvaldan bir yoki birnecha yozuvlarni o‘chirish;
Bazi maydonlarning qiymatlarini yangilash;
Berilgan shartni qanoatlantiruvchi yozuvlarni izlab topish;
Ma’lumotlarni boshqarish;
Microsoft Accessda ko‘rsatilgan hamma funktsiyalarni bajarish vositalari mavjud. Unda oddiy va murakkab amaliy programmalar yaratishga qulayl imkoniyatlar bor, Accessda hamma ma’lumotlar bitta faylda saqlanadi.
Access va Excel orasidagi farqlar
Bir qaraganda MBBT bo‘lgan Access o‘z vazifasi va imkoniyatlariga ko‘ra ms Excelga juda o‘xshaydi. Lekin ular orasida printsipial farqlar mavjud .
Excelda ishchi varaqni ixtiyoriy yacheykasiga turli tipdagi ma’lumotlarni kiritish mumkin. Accessda esa har bir maydonga oldindan aniqlab olingan tipdagi ma’lumotlar kiritiladi yani bitta ustunga turli tipdagi ma’lumotlarni kiritish mumkin emas.
Accessning jadvallariga ma’lumot kiritish bilan birga , shu ma’lumotni to‘g’ri ekanligini nazorat ham qilib boriladi.
Excel jadvallarida qatorlar miqdori chekli bo‘lsa ishlash qulay. MBBT jadvallarida katta miqdorda yozuvlar bo‘lishi mumkin, u bazadan kerakli axborotni chiqarib olish usullari bilan ta‘minlaydi.
Ishlashga kerakli ma’umotlar Word va Excelda tayyolansa,axborotlar ortishi bilan ko‘p miqdordagi fayllar ustida ishlash qiyinlashadi. Access esa hamma ma’lumotlarni bitta faylda saqlash imkonini beradi.
Access da jadvallar aro bog’lanish imkoniyati mavjud. Yani har xil jadvaldagi ma’lumotlardan bir vaqtda foydalanish mumkin.
Jadvallar aro bog’lanish imkoniyati, aynan bir xil ma’lumotni takror yozilishidan saqlaydi,kompyuter xotirasi tejaladi, ma’lumotlarni qayta ishlashda aniqlik va tezlik ortadi.
Accessning bazasidagi ma’lumotlardan bir vaqtda 50 kishi foydalanishi mumkin va hamma foydalanuvchilar o‘ziga kerakli ma’lumotni bemalol oladi.
Access da ma’lumotlarni himoyalash sistemasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.Har bir foydalanuvch faqat administrator belgilagan doiradagi ma’lumotlarni kiritishi yoki o‘zgartirishi mumkin.
Shunday qilib katta miqdordagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash masalasi qo‘yilsa, ko‘p foydalanuvchilik rejimi talab qilinsa, bu masalani hal qilish uchun Accessdan foydalaniladi. Masalan omborxona hisobotini yuritish. Excel electron jadvalida esa individual tarzda turli hisob ishlarini bajarish, ma’lumotlarni analiz qilish qulay.
Microsoft Access ni ishga tushirish uchun:
Ish stolini quyi qismidagi Start knopkasi bosiladi.
Asosiy menyudan Programms punkti ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |