4.10-rasm. Makroslar va Makroslarni yozish punktlaridagi Korinish menyusini tanlash
4.11-rasm. Makros nomini kiritish.
Makros nomini kiriting.
Ushbu makrosni barcha yangi hujjatlarda ishlatish uchun “Ozgarishlarni saqlash” maydonida “Barcha hujjatlar”(Normal.dotm)ga o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling (4.11-rasm).
Tugmani bosish orqali makroslni ishga tushirish uchun tugmachani tanlang.
Yangi makrosni bosing (uning nomi quyidagiga oxshash boladi: Normal.NewMacros. ), so'ngra Qo'shish tugmachasini bosing (4.12-rasm).
4.12-rasm. Tez kirish panelini sozlash oynasi
O’zgartirish tugmachasini bosing.
Tugma uchun rasmni tanlang, kerakli nomni kiriting va OK tugmasini ikki marta bosing (4.13-rasm).
4.13-rasm. Tugmalarni o'zgartirish oynasi
Endi makrosning barcha bosqichlarini yozib olishingiz kerak. Vazifaning har bir bosqichi uchun buyruqlarni tanlang yoki tugmachalarni bosing. Word siz bosgan hamma narsani va bosgan barcha tugmachalarni yozib oladi.
Yozishni to'xtatish uchun "Ko'rish" menyusida "Makrolar" va “Yozishni to'xtatish” ni tanlang (4.14-rasm).
4.14-rasm. Makroslarni yozishni to'xtatish
Tez kirish panelida makrosingiz uchun tugma paydo bo'ladi (4.15
rasm). Makrosni ishga tushirish uchun ushbu tugmani bosing.
7-mavzu. Jadval protsessorlaridan iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanish.
Reja:
Elektron jadval protsessorlari va ularning imkoniyatlari.
Funksiyalar, formulalar, ma’lumotlarni saralash va filtrlash.
Iqtisodiy axborotlarni tahlil qilish uchun ma’lumotlarni vizuallashtirish vositalaridan foydalanish.
Elektron jadvallarda axborotlarni himoyalash va chop etish parametrlarini sozlash.
Замонавий компьютер дастурий таъминотининг таркибий қисмига кирувчи MICROSOFT OFFICE пакетидаги асосий воситалардан бири жадвал процессори деб аталувчи EXCEL дастуридир. MICROSOFT ЕXCЕL электрон жадваллар асосан иқтисодий ва молиявий масалаларни ечишда ёрдам берибгина қолмай, балки ҳар кунги харид қилинадиган озиқ-овқатлар, уй-рўзғор буюмлари ҳамда банкдаги ҳисоб рақамлари ҳисоб-китобини олиб боришда ҳам ёрдам берувчи тайёр дастурдир.
MICROSOFT EXCEL даги барча маълумотлар жадвал кўринишида намоён бўлиб, бунда жадвал ячейкаларининг (хоналарининг) маълум қисмига бошланғич ва бирламчи маълумотлар киритилади. Бошқа қисмлари эса ҳар хил арифметик амаллар ва бошланғич маълумотлар устида бажариладиган турли амаллар натижаларидан иборат бўлган ахборотлардир.
Электрон жадвал ячейкаларига уч хил маълумотни киритиш мумкин:
матнли
сонли ифодалар
формулалар.
Матнли маълумотлар сарлавха, белги, изоҳларни ўз ичига олади.
Сонли ифодалар бевосита жадвал ичига киритиладиган сонлардир.
Формулалар-киритилган сонли қийматлар бўйича янги қийматларни ҳисоблайдиган ифодалардир.
Формулалар ҳар доим “=“ белгисини қўйиш билан бошланади, формула ячейкага киритилгандан кейин шу формула асосида ҳисобланадиган натижалар яна шу ячейкада ҳосил бўлади. Агар шу формулада фойдаланилган сонлардан ёки белгилардан бири ўзгартирилса, EXCEL автоматик равишда янги маълумотлар бўйича ҳисоб ишларини бажаради ва янги натижалар ҳосил қилиб беради.
EXCEL нинг асосий ишлов бериш объекти ҳужжатлар (документлар) ҳисобланади. EXCEL ҳужжатлари (документлари) ихтиёрий номланадиган ва XLS кенгайтмасига эга бўлган файллардир. ЕХСЕL дастурида бундай файллар “Ишчи китоб” деб аталади. Ҳар бир “Ишчи китоб” ихтиёрий сондаги электрон жадвалларни ўз ичига олиши мумкин. Уларнинг ҳар бири “ишчи варақ” деб аталади. Ҳар бир ишчи варақ ўз номига эга бўлади. Ишчи китобни ҳосил қилиш учун MICROSOFT EXCEL дастурини ишга тушириш зарур. Ишчи китобнинг таркиб элементларидан бири ишчи варақ, яъни электрон жадвал хисобланади. Электрон жадвалнинг асосий элементлари эса ячейка ва диапазонлардир.
Ячейка-бу жадвалдаги манзили кўрсатиладиган ҳамда бир қатор ва бир устун кесишмаси оралиғида жойлашган элементдир. Ячейка кесишмаларида ҳосил бўлган устун ва қатор номи билан ифодаланадиган манзили билан аниқланади. Масалан, А-устун, 4-қатор кесишмасида жойлашган ячейка-А4 деб ном олади. Ячейкага сонли қийматлар, матнли ахборотлар ва формулаларни жойлаштириш мумкин.
Бир неча ячейкадан ташкил топган гуруҳ диапазон деб аталади. Диапазон манзилини кўрсатиш учун уни ташкил этган ячейкаларнинг чап юқори ва ўнг қуйи ячейкалар манзиллари олиниб, улар икки нуқта билан ажратиб ёзилади. Ишчи жадвалларни кўриб чиқишда ёки ячейкаларни форматлашда иш олиб бораётган диапазоннинг манзилини билиш шарт эмас, лекин формулалар билан ишлаётганда бу нарса жуда муҳимдир.
Microsoft Excel жадваллар билан икки режимда ишлашга имкон беради:
Обычный (Оддий)– кўпчилик операцияларни бажариш учун энг қулай.
Разметка страниц (Саҳифа белгилаш) – жадвални босиб чиқаришдан аввал якуний форматлаш учун қулай. Саҳифалар орасидаги чегаралар ушбу режимда кўк пунктир чизиқлар билан тасвирланади. Жадвал чегаралари – туташ кўк чизиқ билан кўрсатилган, уни тортиб жадвал катталикларини ўзгартириш мумкин.
Hozirgi kunda mutaxassislar, guruhlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari yoki ta’lim muassasalarining faoliyati ko`p jihatdan ularning qay darajada zaruriy ma`lumot va axborotlar bilan to`la ta`minlanganligiga, hamda ushbu ma`lumotlardan qay darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo`lib qolmoqda.
Avvalo bir echimga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga (sohaga) aloqador bo`lgan juda ko`plab ma`lumotlarni to`plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur bo`ladi. Ba`zan bunday ma`lumotlar miqdori shu qadar ko`payib ketadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlar yordamisiz amalga oshirib bo`lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik hayotda qabul qilish, qayta ishlash zarur bo`lgan axborotlar hajmi nihoyatda ortib borayotganligi sababli, ba`zan ularni guruhlar bo`yicha jamlash, maqsadli tarzda taqsimlash va ishlov berish ko`p vaqtni talab etmoqda.
Bu inson faoliyatining barcha sohalariga intellektual mehnat quroli sifatida axborotlarni tezkorlik bilan yig’ish, qayta ishlash, jarayon, voqea va hodisalarni modellashtirish, ularni tahlil qilish imkonini beruvchi komp’yuterlashtirilgan tizimlar va boshqa axborot texnologiyalari kirib kelishini anglatadi. Ana shunday texnologiyalardan biri – shak shubhasiz Microsoft excel dasturi xisoblanadi. Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, birinchidan, bu Microsoft excel dasturining imkoniyatlari juda ham rang- barang va boy. Deyarli har bir foydalanuvchi bu o`zi uchun ko`plab hayotiy masalalarni xal qilishda foydalanishi uchun imkoniyatlar mavjud. Ikkinchidan, Microsoft excel imkoniyatlari ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, biznes, tijorat va boshqa ko`plab sohalarida qo`llanish va yanada kengroq tatbiq etishga imkon beradi.
Shunday bo`lsada, bizning nazarimizda bu dasturdan ko`pincha, xatto buxgalteriya masalalari uchun xam faqat matematik hisob-kitob ishlarida foydalanilmoqda xolos. Microsoft excel dasturining bir qator iqtisodiy masalalarni yechish jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan imkoniyatlari xamda sof iqtisodiy masalalarni xal qilishi mumkinligi nazardan chetda qolmoqda.
Shu sababli, agar ushbu dastur imkoniyatlarini yana bir tadqiq qilish foydalanuvchilar uchun iqtisodiy masalalarni hal qilishda zamonaviy komp’yuterlarning tarkibiy qismi bo`lgan Mirosoft office dasturlar dastasi tarkibiga kirgan Microsoft excel dasturining o`zi etarli ekanligini e`tiborga olish evaziga yangidan-yangi dasturlarni sotib olish va ularning imkoniyatlarini o`rganib, amaliyotga tatbiq etish kabi oqibatlardan saqlashga olib kelishiga yo`l ochadi. Bu esa ortiqcha mablag’, vaqt, mehnat kabi resurslarni tejashga imkon beradi. Mocrosoft excel dasturining iqtisodiyot bilan bog’liq funktsiyalarini nazariy va amaliy jihatdan o`rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |