Mhxs -nomoddiy aktivlar standarti va uning banklarda qo’llanilishi



Download 42,16 Kb.
bet1/4
Sana24.04.2022
Hajmi42,16 Kb.
#579228
  1   2   3   4
Bog'liq
VARIANT



VARIANT №15
1. 38 -MHXS -Nomoddiy aktivlar standarti va uning banklarda qo’llanilishi.
2. Moliyaviy hisobotlar elementlarini tan olish va tan olish mezonlari.
3. Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot, uning mazmuni, tarkibi va elementlari.
1. 38 -MHXS -Nomoddiy aktivlar standarti va uning banklarda qo’llanilishi.
Nomoddiy aktivlar
Tashkilotlar tez-tez ilmiy yoki texnik bilim, yangi jarayonlar yoki tizimlarni loyihalash va joriy etish, litsenziyalar, intellektual mulk, bozor toʼgʼrisidagi bilimlar va savdo markalari (jumladan, firma nomlari va chop etish huquqlari) kabi nomoddiy resurlarni xarid qilish, ishlab chiqish, saqlab turish yoki takomillashtirish boʼyicha resurslarni sarflashadi yoki majburiyatlar olishadi Ushbu umumiy kategoriyalarga kiradigan moddalarning keng tarqalgan misollari kompьyuter dasturiy taʼminoti, patentlar, mualliflik huquqi, kinofilьmlar, xaridorlar roʼyxati, ipotekaga xizmat koʼrsatish huquqi, baliq ovlashga litsenziya, import kvotalari, franshiza, xaridorlar yoki yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar, xaridorlar loyalligi, bozor ulushi va sotish huquqlarini oʼz ichiga oladi.

Yuqorida keltirilgan moddalarning hammasi ham nomoddiy aktivning taʼrifiga, yaʼni


identifikatsiyalanish, resursni nazorat qilish va kelgusi iqtisodiy naflarning mavjudligi
mezonlariga javob bermaydi. Аgar mazkur standartning qoʼllash doirasida boʼlgan modda nomoddiy aktiv taʼrifiga javob bermasa, uni harid qilish yoki oʼz kuchi bilan yaratish uchun qilingan sarflar, ular yuzaga kelgan paytda harajat sifatida tan olinadi. Аmmo, agar modda biznes birlashuvi natijasida harid qilingan boʼlsa, u xarid qilingan sanada tan olinadigan gudvilning bir qismini tashkil etadi

BHXS (IAS) 38 “Nomoddiy aktivlar”


Mazkur Standartning maqsadi boshqa Standart qamrab olmagan nomoddiy aktivlar uchun buxgalteriya hisobining yondashuvini belgilashdan iboratdir. Mazkur Standart tadbirkorlik sub’ektidan nomoddiy aktivni u faqatgina belgilangan mezonlarga javob berganida tan olishni talab etadi. Ushbu Standart nomoddiy aktivlarning balans qiymatini qanday baholashni belgilaydi va nomoddiy aktivlar to’g’risida muayyan ma’lumotlar ochib berilishini talab etadi.
Standart nomoddiy aktivlarni hisobga olishda qo’llanishi lozim, bundan quyidagilar mustasno:
(a) boshqa Standart qo’llash doirasidagi nomoddiy aktivlar;
(b) BHXS 32 “Moliyaviy instrumentlar: Taqdim etish” da ta’riflangan moliyaviy aktivlar;
(d) aktivlarning qidiruvi va baholanishini tan olish va baholash (MHXS 6 “Mineral resurslarning qidiruvi va baholanishi” ga qarang); va
(g) Foydali qazilmalar, neft, tabiiy gaz va shunga o’xshash qayta tiklanmaydigan resurslarni qayta ishlash va qazib olish xarajatlari.
Standart quyidagilar uchun qo’llanilmaydi:
(a) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan oddiy biznes faoliyatida sotish uchun egalik qilinayotgan nomoddiy aktivlar (BHXS 2 “Tovar-moddiy zahiralar” va BHXS 11 “Qurilish shartnomalari” ga qarang).
(b) kechiktirilgan solik aktivlari (BHXS 12 «Foyda soliqlari» ga qarang).
(v) BHXS 17 «Ijara» ning qo’llash doirasidagi ijaralar.
(g) Xodimlarga haq to’lashdan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 19 «Xodimlarning daromadlari» ga qarang).
(d) BHXS 32 da ta’riflangan moliyaviy aktivlar. Ba’zi moliyaviy aktivlarning tan olinishi va baholanishi MHXS 10 “Jamlangan moliyaviy hisobotlar”, BHXS 27 «Alohida moliyaviy hisobotlar” va BHXS 28 «Qaram tadbirkorlik sub’ektlaridagi va qo’shma korxonalardagi investitsiyalar” da qamrab olingan.
(e) Biznes birlashuvida sotib olingan gudvill (MHXS 3 «Biznes birlashuvlari»)
(j) MHXS 4 «Sug’urta shartnomalari» ning qo’llash doirasidagi sug’urta shartnomalari asosidagi sug’urtachining shartnomaviy huquqlaridan kelib chiqadigan kechiktirilgan xarid harajatlari va nomoddiy aktivlar. MHXS 4 ushbu nomoddiy aktivlar uchun emas, balki ushbu kechiktirilgan xarid harajatlari uchun aniq ma’lumotlar ochib berilishi talablarini belgilaydi. Shu tufayli, mazkur Standartdagi ma’lumotlarni ochib berish bo’yicha talablar ushbu nomoddiy aktivlar uchun qo’llaniladi.
(z) MHXS 5 «Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat» ga muvofiq sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan (yoki sotishga mo’ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga kiritilgan) uzoq muddatli nomoddiy aktivlar
Ba’zi nomoddiy aktivlar moddiy ko’rinishda saqlanishi mumkin, masalan, kompakt disk (kompyuter dasturi misolida), huquqiy hujjatlar (litsenziya yoki patent misolida) yoki film. Nomoddiy va moddiy jihatlarga ega aktivni BHXS 16 “Asosiy vositalar” bo’yicha hisobga olinishi yoki mazkur Standart bo’yicha nomoddiy aktivlar sifatida hisobga olinishini aniqlash uchun, tadbirkorlik sub’ekti qaysi jihat ahamiyatliroqligini baholashda hukm chiqarishdan foydalanadi. Masalan, aniq bir kompyuter dasturisiz faoliyat ko’rsatmaydigan kompyuter-nazorat-qiladigan uskuna uchun kompyuter dasturi tegishli ehtiyot qismning ajralmas qismidir va u asosiy vosita sifatida hisobga olinadi. Aynan shu yondashuv kompyuterning operatsion tizimiga nisbatan qo’llaniladi. Qachonki dastur tegishli ehtiyot qismning ajralmas qismi bo’lmasa, kompyuter dasturi noddiy aktiv sifatida hisobga olinadi.
Shu bilan birga, mazkur Standart reklama, trening, biznesni boshlash, tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlari bo’yicha harajatlar uchun qo’llaniladi. Tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlari bilimni rivojlantirishga yo’naltirilgandir. Shu tufayli, ushbu faoliyatlar natijasi moddiy ko’rinishdagi aktivga (masalan, namuna) olib kelishiga qaramasdan, aktivning moddiy jihati uning nomoddiy qismiga ikkilamchidir, ya’ni unda bilim singdirilgandir.
Moliyaviy ijara holatida, asosdagi aktiv moddiy yoki nomoddiy bo’lishi mumkin. Dastlab tan olingandan so’ng, ijaraga oluvchi moliyaviy ijara kelishuvi asosida egalik qilinayotgan nomoddiy aktivni mazkur Standartga muvofiq hisobga oladi. Tasviriy filmlar, video tasmalari, yozma asarlar, qo’lyozmalar, patentlar va avtorlik huquqlari kabi moddalar uchun litsenziyalash kelishuvlari asosidagi huquqlar BHXS 17 qo’llash doirasidan chiqarilgandir va mazkur standart qo’llash doirasidadir.
Agarda faoliyatlar yoki operatsiyalar shunchalik maxsuslashtirilib, boshqacha yondashuv zarur bo’ladigan buxgalteriya hisobini qo’llashga olib kelsa, mazkur Standartning qo’llash doirasidan istisno bo’lishi mumkin. Bunday masalalar qazib olish sohasida neft, gaz va mineral depozitlarni qidiruv yoki qayta ishlash va qazib chiqarish harajatlarini hisobga olishda hamda sug’urta shartnomalari holatlarida yuzaga keladi.



Download 42,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish