Mhtning paydo bo’lishi va tarakkiyot bosqichlari



Download 10 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi10 Kb.
#724572
Bog'liq
Milliy hiso-WPS Office


1. Milliy hisoblar tuzumi (MHT) haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi

MHT - bu makrodarajada statistik hisoblarni yuritishning xalqaro standarti. Bu standart BMT, XVF, JB, EVROSTAT, Iqtisodiy xamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan qabul qilinga va shu tashkilotlarga a’zo davlatlar amaliyotida qo’llash uchun tavsiya etilgan.


Bugungi kunda MHT iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd etish va tahlil qilish uchun foydalanadigan o’zaro bog’lik ko’rsatkichlar, tasniflar va schetlar tizimidir.
Milliy schetlar tizimini tuzishdan maqsad moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarning tashkil topishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va ulardan foydalanish ko’rsatkichlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’lik makroiqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini mikdoriy tomondan tavsiflash hisoblanadi. Bu tavsif resurslar va ulardan foydalanishni o’zaro bog’lovchi ko’rsatkichlar va jadvallarda balanslash yordamida amalga oshiriladi.
MHTning paydo bo’lishi va tarakkiyot bosqichlari.
Milliy hisobchilikka oid nazariy va amaliy izlanishlarning boshlanishi XVII-XVIII asrlarga to’g’ri kelib, F.Kene, G.King, U.Petti, J-B.Sey kabi iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o’z aksini topgan. Angliyaning siyosiy arifmetika maktabi namoyondalaridan G.King va U.Pettining asarlarida Angliya va Irlandiya bo’yicha milliy daromad ko’rsatkichiga oid hisoblar mavjud bo’lgan.
XIX-XX asrlarda MHT nazariyasi asoslarining rivoji A.Marshall, DJ.Mill kabi iqtisodichi olimlarning ilmiy ishlari bilan bog’liq bo’lgan.
Ayniqsa XX asr o’rtalariga kelib, zamonaviy MHTning kontseptual asoslarini belgilab beruvchi ilmiy izlanishlar va amaliy ishlanmalar paydo bo’ldi. A.Bouli, Dj.Keyns, K.Klark, S.Kuznets, R.Stoun, Ya.Tinbergen, V. Leontev, Dj.Xiks kabi olimlarning ilmiy ishlari zamonaviy MHTning nazariyasi va amaliyoti uchun fundamental ahamiyatga ega bo’ldi.
1929-33 yillardagi buyuk depressiyadan so’ng, ko’pgina davlatlar ma’muriyati iqtisodiyotga ta’sir etish imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobini takomillashtirish bo’yicha ishlarni amalga oshira boshladi. 1939 yilda Millatlar Ligasi 26 ta davlat bo’yicha hisoblarni o’z ichiga oluvchi Jahon iqtisodiy tahlilini chop etdi.
1947 yilda Millatlar Ligasining Statistika bo’yicha ekspertlar qo’mitasi tomonidan memorandum e’lon qilindi, unga Richard Stoun tomonidan “Milliy daromad va unga bog’liq ko’rsatkichlarni aniqlash va baholash” deb nomlangan ishi ilova qilindi. Bu xujjat MHTning yaratilishiga asos soldi.
1953 yilda BMT tomonidan MHT e’lon qilindi. Bu tizim iqtisodiyotda kuzatish mumkin bo’lgan asosiy jarayonlarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar hisobini aks ettiruvchi 6 ta schyotdan iborat bo’ldi.
1968 yilda MHTning qayta ko’rib chiqilgan tahriri e’lon qilindi. MHT-68 da iqtisodiy jarayonlarni tavsiflovchi schyotlar ikki guruhga ajratildi: joriy va kapital schyotlar, o’z navbatida bu schyotlar: ishlab chiqarish, iste’mol va kapitaldan foydalanish, daromadlar, xarajatlar va kapital xarajatlarni moliyalash schyotlarini o’z ichiga oldi.
1993 yilda fevral oyida BMTning N’yu-Yorkdagi Statistika komissiyasining navbatdagi sessiyada milliy hisoblar tizimining yangi standarti kabul qilindi. Zamonaviy MHT – bu milliy daromad va yalpi ichki mahsulot hisobini aks ettiruvchi oddiy jadvallar emas, balki mahsulotlar va fondlarning ishlab chiqarishdan to yakuniy foydalanishgacha bo’lgan oqimlarni, qiymatni sektordan sektorga oqimini aks ettiruvchi modeldir. MHT ni yangi nusxasi MHT BMT -1993 y kontseptsiyasi uy xo’jaligini uy bekalarini xizmatini hisoblashga tavsiya kiladi. Shu bilan birga narkotik modda ishlab chiqarish va tarqatish, yashirin ishlab chiqarish sohalarni ham hisobga olishni tavsiya kiladi.
O’zbekiston Respublikasida milliy schyotlar tizimini asosiy statistikani jahon standartlari asosida reformatsiya qilish borasida davlat dasturi va uni amaliyotda qo’llanish
Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohatlar, xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlanishi, turlicha mulkchilikka asoslangan korporatsiyalar, hissadorlik jamiyatlari, moliyaviy va tijorat muassasalari va shu kabilarni paydo bo’lishi
XXB ko’rsatkichlaridan milliy hisoblar tizimi(MHT)ga o’tishni taqazo etadi. Xuddi shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasining 1994 yilning 24 avgustidagi 433-sonli qarori bilan O’zbekistonda MHT ni joriy qilishga o’tildi.
O’zbekiston Respublikasining MHT statistikasiga o’tishi iqtisodiyotda iqtisodiy tahlil darajasini oshiradi. Davlatning iqtisodiyotda iqtisodiy barqarorlik jarayonini vujudga keltirishda, iqtisodiyot ustidan to’la nazorat o’rnatishda MHT katta yordam beradi. Davlat MHT iqtisodiy ko’rsatkichlari jadvallari orqali iqtisodiyotda bo’layotgan o’zgarishlarni, rivojlanishlarni, siljishlarni axborot formasida olib turadi va shunga asosan o’zining iqtisodiy siyosatini ishlab chiqadi. Davlat MHT dagi hisob schyotlari orqali ijtimoiy takror ishlab chiqarishni, uning doiraviy xarakatini nazorat qiladi va boshqaradi.
MHT bilan xalq xo’jalugi balansi (XXB) urtasidagu munosabamlari
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarda statistikani tubdan o’zgartirish talab qilinadi. Shuni aytib o’tish kerakki, hozirgi paytda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosan xalk xo’jaligi balansidan (XXB) olinadi. XXB balansda xalk xo’jaligi moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish kabi ikkita cohaga ajratilib, u yaratuvchi va yaratilmaydigan mexnat nazariyasiga tayanadi. Bu xolat xalk xo’jaligini bir butunligicha tahlil qilishga imkon bermaydi.
Aslini olganda, MHT va XXB tizimlari bir-biriga yaqin tizimlar. Ikkala tizimda xam moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari tan olinadi. Lekin ularni hisobga olish bu ikkala tizimda bir-biridan farq qiladi, ya’ni XXB tizimida yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad faqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi, deb hisoblanadi. XXB tizimida xizmat ko’rsatish hisoboti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida sarf-xarajatlar sifatida hisobga olinadi.
Download 10 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish