DNK, RNK, OQSIL SINTEZI
1. 990 ta nukleotiddan tashkil topgan DNK dan sintezlangan oqsilda o'rtacha qanday og'irlikdagi azot mavjud.? A)19008 B)6336 C)3168 D)2772
2. 36000 malekulyar og’irlikdagi oqsil sintezlashda i-RNK ning 25 % ishtirok etmagan bo’lsa, oqsil sintezida ishtrok etgan DNK dagi fosfodiefir bog’lar yig’indisini toping. A)1198 B)3598 C)7198 D)2398
3. DNK da jami 800 ta nukleotid bor va 1100 ta H boğ mavjud bŏlsa AT orasidagi H boğlar uzunligini Aºda toping A)4000 B)2000 C)8000 D)6000
4. i-RNK da U-19%, S-11% va A-25% bolsa teskari transkripsiya jarayonida hosil bolgan DNK qosh zanjiridagi vodorod
boglar sonini aniqlang
5. Ribosoma labaratoriyada gidroliz qilindi. Shu organoid gidrolizdan so’ng necha tipdagi(a) va necha xil (b) monomer hosil qiladi?
6. Tahlil uchun olingan DNK fragmentining bir zanjiri 1400 ta nukleotiddan iborat bo‘lib, DNK qo‘sh zanjiridagi adenin nukleotidi 30%ni tashkil etadi. Fragmentdagi timin va adenin nukleotidlari orasidagi vodorod bog‘lar sonini aniqlang. A) 840 B) 1680 C) 1260 D) 2520
7. 6120 nm uzunlikdagi DNK molekulasining 6/12 qismidan i-RNK sintezlandi. Ushbu i-RNK asosida sintezlangan oqsildagi peptid bog‘ va dastlabki DNK molekulasidagi fosfodiefir bog‘lar farqini aniqlang. A)32999 B)34449 C)13466 D)45666
8. DNK qoʼsh zanjirida 198 ta vodorod bogʼ boʼlib guanin umumiy nukleotidlardan 3,5 marta kam boʼlsa G-S orasidagi va A-T orasidagi vodorod bogʼlar farqini aniqlang. A) 66 B) 44 C) 88 D) 22
9. (A+T)-(G+S)=20 va umumiy vodorod boglar soni 970 bolsa, DNK fragmenti uzunligini Aº da aniqlang. A)1326 B)6004 C)612 D)450
10. DNK dagi nukleotidlarning massasi 144900D ga teng boʻlsa oqsil sintezi jarayonida necha gr suv hosil boʻladi.
11. Oqsil sintezlanishi natijasida 1512gr suv hosil boʻldi. Shu oqsilni sintezida ishtirok etgan DNK dagi jami H bogʻlar soni 680 ta boʻlsa jami nukleotidlarning necha foizini S tashkil qiladi.
12. 2 ta DNK molekulasidagi umumiy nukleotidlar soni 6200 ta bo'lib, ulardagi adeninlar yig'indisi 1105 ta bo'lsa, 2-DNK dagi vodorod bog'lar sonini aniqlang. (1-DNK da T-20%, 2-DNK da S-35%) A) 3645 B) 4126 C) 3824 D) 3425
13. Maxsus sharoitda ikkita DNK molekulasining birinchisidan Eco ikkinchisidan Bam HI restriktazalari yordamida jami 15 ta DNK bolagi olindi. Agar barcha DNK bodaklari tarkibidagi vodorod bog'dari yig’indisi dastlabki ikki DNK molekulasi tarkibidagi vodorod bog’lari yig’indisidan 116
taga farq qilsa,birinchi DNKda nechta vodorod bog’ yo'qotilgan?
A) 56 B) 80 C) 36 D) 60
14. DNK tarkibida 55 ta H bogʻ mavjud. Adenin 40% boʻlsa, ushbu DNK dagi barcha Purin asoslaridagi
C atomlar sonini aniqlang