4.1917 yilda Rossiya imperiyasida iqtisodiy-siyosiy inqiroz va ijtimoiy ziddiyatlar. Xalqimiz 130 yilga yaqin davr mobaynida podsho Rossiyasi zulmi ostida, sho‘rolar istibdodi iskanjasida yashadi. Bu davrda ular ne-ne kulfatlarni o‘z boshlaridan kechirmadilar. Shu bois ular doimo o‘z ozodligi va mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Biroq istiqlolimizgacha tariximizdagi bu ozodlik kurashlari bizdan pinxon tutildi. Ularning mazmuni, mohiyati va ahamiyatiga reaksiyey tus berildi. Hatto mustaqil davlatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan “Turkiston muxtoriyati” faoliyati adabiyotlar va darsliklarga kiritilmadi, mustaqillik uchun olib borilgan kurashlar esa “bosmachilik” deb ataldi. Oqtyabr to‘ntarishi esa Sharq xalqlari, jumladan, O‘rta Osiyo xalqlariga ozodlik, xurlik olib kelgan, ularning mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlashga imkon bergan “buyuk istiqbol” deb jar solindi. Mustamlakachilar, istibdodchilar tariximizni buzib talqin qildilar, haqiqatni bizdan bekitdilar. Biroq tarixni tuzatib ham, uni qayta yozib ham bo‘lmaydi. U qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi. Prezidentimiz aytganidek «Ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi». 1917 yil 27 fevralda Rossiyadagi fevral burjua-demokratik inqilobi g‘alabasi tufayli podsho Nikolay II taxtdan ag‘darilib, hokimiyat tepasiga rus burjuaziyasi chiqdi va ular muvaqqat ( vaqtli) xukumat tuzdilar.Petrogradda bo‘lib o‘tgan hodisalarlar ta’siri ostida Turkistonda yangi hokimiyat tuzilmalarini barpo qilish yuzasidan kuchli jarayon boshlandi. Bolsheviklar ta’sirida hamma shahar va ishchilar mavzelarida ishchi va soldat deputatlari Sovetlari tuzila boshladi. Ular inqilobiy demokratiya orzusini yuzaga chiqarishga vakil etilgan va muvaqqat hukumat mahalliy muassasalarining xatti-harakatlari ustidan nazorat olib borish huquqini da’vo qiladigan qurollangan xalq organlari tariqasida tashkil topib bordi. Bu sovetlar xay’atiga asosan ovrupalik aholi vakillari kirdi.
5.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" nomli asarining mazmun mohiyati. Tanqidiy tahli], qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu Bosh vazir yoki uning o'rinbosarlari bo'ladimi, hukumat a'zosi yoki hududlar hokimi bo'ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo'lib qolishi kerak. Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi - o'zimiz mas'ul bo'lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalami mas'uliyat bilan bajarishni ta'minlashdan iborat. Shunday davr keldi. Ana shu talabni, shuningdek, 2017-2021-villarda O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'vicha Harakat strateeivasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 2017- yil uchun mo'ljallangan iqtisodiv va ijtimoiv dastuming o'n bitta eng muhim ustuvor vazifasini belgilashni taklifetaman. Ushbu ustuvor vazifalar bugungi majlisimiz bayonnomasi loyihasida ko'rsatilgan. Shu munosabat bilan Bosh vazir A.Aripovga ana shu yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha o'zaro bog'liq chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda taqdim etish topshiriladi. Eng asosiy ustuvor vazifa - «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob g'oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat. Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o'zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo'lishi kerak. Buning uchun quyidagi vazifalami bajarishimiz lozim. Birinchi - fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yishning yangi samarali usul va mexanizmlarini tatbiq qilish, jumladan, barchadarajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish kerak. O'ylaymanki, ana shu muhim ishda Qonunchilik palatasi va Senat qo'mitalari faol ishtirok etadi. Joriy yilning 1-fevralidan boshlab Qonunchilik palatasi Spikeri - Nuriddinjon Mo'ydinxonovich Ismoilov va Senat Raisi - Nig'matiila To'Iqinovich Yo'ldoshev ham joylarga chiqib, mavjud ahvolni shaxsan o'rganish asosida aholining eng muhim ehtiyojlarini haf etishda amaliy yordam ko'rsatishlari maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, har bir tuman va shahardagi Xalq qabulxonalari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatirti samarali tashkil etishni ta'minlash darkor. Ana shu ishlarning bosh maqsadi - fuqarolarning qonuniy murojaatlarini qisqa muddatda sinchiklab ko'rib chiqishni va hal etishni ta'minlashdir. Gu borada raqamlar va silliq hisobotlarning orqasidan quvib, navbatdagi kampaniyabozlikni uyushtirish kerak emas
Do'stlaringiz bilan baham: |