Chig’atoy ulusining tashkil topishi va uning boshqaruv tartibi. Chingizxon o’z hukmronligining so’ngi davrlariga kelib, 1224 yilda o’z qo’l ostiga kiritgan barcha hududlarni avlodlari o’rtasida taqsim qiladi. Chunonchi, Irtish daryosi sohillaridan g’arbga tomon to «mo’g’ullar otining tuyog’i etgan joygacha» bo’lgan erlar, Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmning shimoliy - g’arbiy qismlari to’ng’ich o’g’li Jo’jiga, Sharqiy Turkiston, Ettisuv va Movarounnahr erlari Chingizning ikkinchi o’g’li Chig’atoyga berildi. Shunday qilib, Chingizxon avlodlari o’rtasidagi merosiy bo’linish natijasida Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Ettisuv o’lkalari Chig’atoy va uning vorislariga o’tib, u Chig’atoy ulusi nomi bilan atala boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |