Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


-chizma. Xo’jalik boshqaruv mexanizmida normativlarning o’rni



Download 1,05 Mb.
bet6/60
Sana05.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#530999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
MEYOR MARUZA

2.1-chizma. Xo’jalik boshqaruv mexanizmida normativlarning o’rni.
Me’yor va normativlar quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi:

  • mehnat sarfi me’yorlari

  • material sarfi me’yorlari

  • vaqt me’yorlari (asosiy, yordamchi va h.k.)

  • mashina va jihozlar, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish normativlari

  • ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish normativlari

  • atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari

  • loyiha quvvatlarini o’zlashtirish normativlari

  • kapital qo’yilmalar samaradorligi normativlari

Me’yor va normativlar rejalashtirilgan yildagi faoliyatning texnik-iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari asosida shakllanadi. Vaqt o’tishi va ish sharoitlari o’zgarishi, shuningdek, ilmiy texnik taraqqiyot ta’sirida amaldagi me’yor va normativlar ham qayta ko’rib chiqiladi.
Norma va normativlar texnik, iqtisodiy va fiziologik jihatdan asoslangan
bo’lishi lozim. Iqtisodiy asoslanganlik me’yorlarning o’zaro teng kuchli va optimalligini ta’minlashini ko’zda tutadi. Texnik asoslanganlik ishchining o’rtacha bilim darajasida va o’rtacha mehnat intensivligi sharoitida ishlarni bajarish davomiyligiga omillar ta’sirini umumlashtirishni ko’zda tutadi. Me’yorlarning fiziologik asoslanganligi ularning ishlash va demolish reglamentlariga, sanitar – gigienik sharoitlariga muvofiqligini ifodalaydi.


2.2. Me’yor turlari klassifikatsiyasi.
Korxonaning normativ bazasi me’yor va normativlarning quyidagi asosiy guruhlarini qamrab oladi:

  1. Kalendar - reja normativlari;

  2. Xom – ashyo va materiallar sarf me’yorlari;

  3. Yoqilg’i- energetic resurslar sarfi me’yorlari;

  4. Jihozlardan foydalanish normativlari;

  5. Ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish normative;

  6. Mehnat sarfi me’yori;

  7. Moliyaviy me’yor va normativlar.

Me’yor va normativlar quyidagi belgilar bo’yicha guruhlanadi:

  • Ishlab chiqish uslublari bo’yicha;

  • Amal qilish davriga ko’ra;

  • Mahsulotni qismlari bo’yicha;

  • Qo’llanish ko’lamiga ko’ra.

Ishlab chiqish uslublari bo’yicha me’yor va normativlarining analitik hisob, tajriba va tajriba – statistik turlari ajratiladi.
Analitik – hisob normativlarni barcha me’yor shakllantiruvchi elementlar bo’yicha texnik va iqtisodiy asoslangan hisoblar asosida o’rnatiladigan me’yorlar kiritiladi.
Tajriba normativlari va me’yorlari eksperimental ma’lumotlarni erishilgan ilg’or ish usullarini hisobga olgan holda tahlil qilish asosida belgilanadi. Ushbu me’yorlar analitik – hisob me’yor va normativ larine o’rnatish uchun sharoit bo’lmagan holatda belgilanadi.
Hisobot – statistik me’yor va normativlar o’tgan yildagi hisobot ma’lumotlariga asoslanib o’rnatiladi.
Ushbu me’yorlar ilmiy – texnik taraqqiyot yutuqlarini o’zida aks ettirmaydi, ishlab chiqarishni imkoniyatlaridan to’liq foydalanishiga rag’batlantirilmaydi.
Amal qilish davriga ko’ra me’yor va normativlar operativ, joriy va istiqbol me’yorlarga bo’linadi.
Operativ me’yor va normativlar ish o’rinlaridagi aniq ishlab chiqarish sharoitlariga muvofiq keladi, ularning kattaligi buyumlashgan va jonli mehnatning o’zgarishiga olib keluvchi turli tadbirlarni joriy qilish bi0lan bog’liq holda belgilanadi.
Joriy me’yor va normativlar yillik, kvartallik va oylik me’yorlarga bo’linadi.
Ushbu me’yorlari asosida korxonada turli resurslarni rejalashtirish bo’yicha ishlar amalga oshiriladi.
Joriy normativlar va normalar resurslar iqtisodiga yo’naltirilgan operativ hamda joriy etilishi ko’zda tutilayotgan tadbirlar asosida ishlab chiqiladi. Demak , joriy normativlar va normalar resurslar sarfining haqiqiy ko’rsatkichlaridan past bo’lishi talab etiladi.
(Perspektiv) Istiqbol me’yor va normativlar yillik me’yorlar va tashkiliy – texnik tadbirlar rejasi asosida uzoq muddat uchun belgilanadi.
Mahsulotning qismlariga ko’ra ko’ra me’yor va normativlar detallashtirilgan (operatsiyalar bo’yicha) bo’g’inli, buyumli, individual, guruhli turlarga bo’linadi.
Detalli normalar detallarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan material yoki mehnat sarflarini ifodalaydi.
Bo’g’inli va buyumli normalar chizma va texnik shartlarga muvofiq alohida buyum yoki bo’g’innni tayyorlash uchun zarur bo’lgan material resurslar va mehnat sarfi me’yorlaridir.
Individual normalar aniq turdagi tayyor mahsulot yoki ishga o’rnatiladi.
Guruhli me’yorlar o’rtacha olingan kattaliklar uchun belgilanadi.
Qo’llash ko’lamiga muvofiq ravishda me’yorlarning sex, zavod va tarmoq turlari ajratiladi.
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda kalendar reja normativlari muhim o’rin egallaydi. Ishlab chiqarish shakliga bog’liq holda kalendar reja normativlari quyidagi turlarga bo’linadi:

  • oqimli tizim takti – ommaviy ishlab chiqarishda;

  • detallarni kiritish – chiqarish partiyalari kattaligi – yirik seriyali va seriyali ishlab chiqarishda;

  • detallar partiyasini takrorlanish davriyligi – yirik seriyali va seriyali ishlab chiqarishda;

  • detallar partiyasini, mahsulotlarni tayyorlash ishlab chiqarish sikli davriyligi – yirik seriyali va seriyali ishlab chiqarishda;

  • buyumni tayyorlash ishlab chiqarish sikli davomiyligi – yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda;

  • texnologik o’tishlar bo’yicha texnologik o’zishlar (mutanosiblik) – yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda;

  • detal, mahsulot zadellari – ommaviy, yirik seriyali ishlab chiqarishda

  • tugallanmagan ishlab chiqarishda materiallar – yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarish.

Oqimli tizim takti – tizimdan ketma – ket chiqayotgan mahsulot orasidagi vaqt.
Detallarni, mahsulot larni kiritish – chiqarish partiyasi kattaligi – bir soz
Lash sharoitida bir kiritishda tayyorlangan detal, bo’g’in, buyumlar miqdoridir.
Detal, mahsulot partiyasining takrorlanishi davriyligi – detal, bo’g’in, mahsulot partiyasi ishlab chiqarishga kiritish intervali (kun).
Ishlab chiqarish sikli davomiyligi – mahsulot , detal, bo’g’inlar partiyasi ishlab chiqish jarayonlarining barcha bosqichidan o’tadigan vaqti.
Texnologik o’tishlar bo’yicha calendar o’zishlar (mutanosiblik) yetakchi detalni ishlab chiqarishga kiritish muddatini tayyor mahsulotni chiqarishning belgilangan muddatidan ajratib turuvchi calendar vaqt kattaligidir.
Kalendar - reja normativlar asosida ommaviy, yirik seriyali va seriyali turlarga asoslangan korxonalarda detal va mahsulotlar zadellari me’yorlari, yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqrishda- tugallanmagan ishlab chiqarishdagi materiallar me’yorlari ishlab chiqiladi.
Zadellar vazifasi va paydo bo’lish o’rniga ko’ra texnologik,transport, aylanma va sug’urta zadellariga ajratiladi.
Texnologik zadellar ish o’rinlarida ishlov berilayotgan va yig’ilayotgan detal, bo’g’in, mahsulotlardir.
Tranport zadeli birinchi operatsiyaga, operatsiyalar orasida, ketma – ket uchastkalarda transport vositasida harakatlanayotgan detal va bo’g’inlardir.
Aylanma zadellar ish o’rinlarining unumdorligini tenglashtirish maqsadida operatsiyalar orasida shakllantiriladigan yarim tayyor mahsulotlardir.
Sug’urta zadeli oqimli tizim va sex faoliyatidagi uzilishlarning oldini olish maqsadida omborlarda shakllantirilgan zahiralardir.
Paydo bo’lish joyiga ko’ra ishlab chiqarish turi va texnologik jarayon xarakteridan kelib chiqib quyidagi zadellarga ajratiladi:
Ommaviy ishlab chiqrishda – operatsiyalar orasidagi zadellar, tizimlar orasidagi (sex orasidagi) zadellar.
Yirik seriyali va seriyali ishlab chiqarishda – sex ichidagi (siklli) va sex orasidagi ( ombor) zadellari.
Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda ommaviy va seriyali ishlab chiqarishdan farqli ravishda ichki zadellar hisoblanmaydi, balki mahsulotlar kesimida tugallanmagan ishlab chiqarishdagi materiallar me’yori ( kun ifodasida) aniqlanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishda materiallar me’yorlari natural ifodada hisoblanadi.
Natural ifodadagi normalar: ommaviy, yirik seriyali va seriyali ishlab chiqarish turida – detallar zadeli me’yori va detalga material sarf meyoridan kelib chiqib, yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda mahsulot uchun material sarfi me’yori va shu mahsulot bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarishdagi materiallar me’yoridan kelib chiqib aniqlanadi.
Kunlarda ifodalangan norma natural ifodadagi tugallanmagan ishlab chiqarish materiallari me’yorini ushbu materiallarga o’rtacha kunlik talabga nisbati orqali hisoblanadi . Material me’yori bir necha yil uchun aniqlanadi. Ishlab chiqarish texnologiyasi yoki mahsulot konstruktsiyasi o’zgargan holatda ushbu me’yorlar ham qayta ko’rib chiqiladi.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish