Nazorat savollar
1. Nima uchun jamiyat hujjatchilikka asoslanadi?
2. Bizgacha yetib kelgan hujjatlardan qaysilarini misol tariqasida keltirasiz?
3.Eski hujjat turlari haqida ma’lumot to’plang.
4. Fakultet dekaniga o‘quv (akadem) ta’til berishni so‘rab ariza yozing.
5. Tilxat notarial idoralarida tasdiqlanishi shart bo‘lgan holatlarni izohlang.
6. Bildirishnomaning zaruriy qismlarini ayting.
7. Fakultetda o‘tkaziladigan tadbir haqida e’lon yozing.
8. Da’vo xatlari qanday maqsadlarda yoziladi?
9. Kafolat xati bilan da’vo xatining zaruriy qismlari o‘rtasidagi farqlarni izohlab bering.
10. Xizmat xatlarining qaysi turlari uchinchi shaxs nomidan yoziladi?
A d a b i y o t l a r:
1.М. Аминов, А. Мадвалиев, Н.Махкамов, Н Маҳмудов. Иш юритиш (амалий қўлланма). Тошкент, 2017 й . - 440 б.
2.X.S. Muhiddinova, N. A. Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik turlari.T; 1997 y.
3.Д.А. Бабахонова. Официальный делавой стиль современного узбекского литературного языка. АКД, Т.,1987 г.
4. Husanov.N., Rasulov, Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati .-T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.
5. M.Abdurahmanova. O’zbek tili fanidan uslubiy qo’llanma. Ish yuritish tili va uslubi. T., 2018.
6. Stephen Bailey. Akademic writing. Handbook for international student`s. London, 2015.
3-mavzu: Publitsistik nutq. Matn turlari va tarkibi. Maqola va uning janrlari
Rejasi:
1.Publitsistik uslub va uning xususiyatlari
2.Matn va uning turlari
3. Maqola tushunchasi
4.Maqola va uning turlari
1.Publitsistik uslub va uning xususiyatlari
Publisistik janrda yozilgan asarlarning mohiyatan hozirjavobligi, ularning axborot hamda targ’ibot-tashviqot xarakterda bo’lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz miqyosida sodir bo’layotgan voqyea-hodisalardan zudlik bilan xabardor qilish natijasida yuzaga keladigan novatorlik unda tabiiy ravishda yangi ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo’llanilishi va tilimizda me’yorlashishiga sabab bo’ladi. Boshqacha aytganda, ommabop uslub tilning yangi so’z va iboralar hisobiga boyib borishiga ko’maklashadi.
Publitsistik uslub ma’lum ma’noda oraliq uslub sanaladi. Bu uslubda shakllangan matnlar obrazliligi, ta’sirchanligi, tasviriy vositalaming mahsuldor qo’llanilishi bilan badiiy uslubga yaqinlashsa, dialektizmlar, istorizmlar, argo va jargonlar qo’llanilmasligi bilan undan uzoqlashadi. Ifodaning aniqligi va publsistik janrlarga xoslangan hamda ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo’llanilishi bilan ilmiy uslubga o’xshaydi. Ayni paytda ifodadagi qisqalik, lo’ndalik, ixchamlik, yorqinlik kabi xislatlar ham uni ilmiy uslub bilan yonma-yon qo’yadi.
Radio va televideniyedagi ayrim chiqishlar bu uslubdagi matnda so’zlashuv uslubi elementlari ham ba’zan aralashib ketishi mumkinligini ko’rsatadi.
Ma’lumki, publisistika badiiy, siyosiy, ilmiy jabhalarni qamrab oluvchi yirik soha hisoblanib, ommaviy axborot vositalari sanaladigan radio va televideniyeda, gazeta va jurnallar sahifalarida aks etadigan yangilik, xabar, reportaj, tahlilnoma, bosh maqola, maqola, ocherk, felyeton, pamflet, e’lon, reklama singari qator janrlarni qamrab oladi. Ana shu qamrov doirasining kengligi o’z navbatida til birliklarining har bir janrda alohida tarzda me’yorlashuvini taqozo etadi. Bu o’rinda esa me’yorlashishning umumiy jihatlari xususida so’z yuritish imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |