Yuqorida chizg‘ich misolida egilish deformatsiyasini ko‘rib o‘tdik. Qattiq
jismlar tashqi kuchlarning qo‘yilishiga qarab cho ‘zilishi, siqilishi, buralishi
va siljishi mumkin. Deformatsiya qanday boMishidan qat’iy nazar materialda bunga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar paydo bo‘laveradi. Bunday kuchlarni ba’zan elastik kuchlar deb ham yuritiladi.
Agar materialga ta’ sir etuvchi tashqi kuchlaming miqdori ortsa, bunga
mos ravishda ich k i kuchlaming ham m iq d o ri ortadi. Ammo detal yoki elementlarning geometrik o'lchamlari va materialning xiliga qarab ichki kuchlar miqdorining o rtib borishi ma’ lum chegaraga ega. Tashqi kuchlar qiymati materialning yuk ko’tarish qobiliyati chegarasiga yetganda material yemiriladi (sinadi). Tashqi kuchlar bilan ichki kuchlar muvozanati buziladi.
Sodda qilib aytganda, material ko‘targancha ko'taradi, ortiqchasini ko ‘ tara olmaydi.
Ana shulardan kelib chiqib, materiallar qarshiligi fanining maqsad va
vazifalariga o ‘tsak bo‘ladi. Materiallar qarshiligi fani inshoot va mashina
qismlariga ta’sir etuvchi turli tashqi kuchlar bilan konstruksiya detallarining geometrik o’lchamlari hamda ichki elastik kuchlar va deformatsiyalar orasidagi matematik bog‘ lanishlami aniqlaydi. Ana shunday tenglamalar yordamida loyihalanayotgan konstruksiya detallarining kerakli o'lchamlari belgilanadi. Shu yo’l bilan konstruksiya va uning detallarining mustahkamligi masalasi hal etiladi.
Mamlakatlaming siyosiy tuzumi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, mashina va inshootlaming iqtisodiy jihatdan tejamkor boMishiga hamma vaqt birinchidarajali ahamiyat berib kelingan. Loyihalanayotgan mashina yoki inshootning arzon va ayni bir paytda mustahkam bo‘lishi talab etilgan. Biroq bu o‘zaro qarama-qarshi tushunchalar bo'lib , arzonlashtirish mustahkamlikning pasayishiga, mustahkamlikni oshirish esa obyektning qimmatlashuviga olib keladi.
Muhandisning vazifasi har ikkalasini ≪kelishtirib≫, optimal yechimini topishdan iborat.
Materiallar qarshiligi fizika va matematikadan tashqari nazariy mexanika fani bilan ham bog’liq bo’lgan fandir. Bu fan ko’pgina masalalarni hal etishda nazariy mexanikaning qonun va teoremalariga asoslanadi. Tabiiyki, mustahkamlik masalalarini yechishda materiallar qarshiligining o’ziga xos uslubiyat va tushunchalari bor. Deformatsiya va kuchlanish ana shu tushunchalaming eng asosiylaridandir. Nazariy mexanika qattiq jismlarni deformatsiyalanmaydigan mutlaq qattiq deb qaraydi. Aslida tajribalarning ko'rsatishicha, qattiq jismlar tashqi kuchlar ta’ sirida deformatsiyalanadi, ya’ni o'z shaklini o‘zgartiradi. Materiallar qarshiligida qattiq jismning ana shu xossasi hisobga olinadi.
Materiallar qarshiligida hisobni soddalashtirish maqsadida ayrim gipoteza va cheklanishlar qabul qilinadi. Chunonchi, jism materiali har bir nuqtada uzluksiz va bir jinsli, har qaysi yo‘ nalishda izotrop, ya’ ni har bir yo’nalishda bir xil xossaga ega deb qaraladi. Material qanchalik bir jinsli va izotrop bo’lsa, hisob natijalari shunchalik aniq bo’ladi. Masalan, po‘lat deyarli bir jinsli va izotrop material. Beton esa turli jinslardan (qum, shag‘al, sement, suv) tashkil topgan material. Buning ustiga u anizotrop, ya’ ni turli yo’nalishda turlicha xossaga ega. Aniqroq qilib aytsak, beton siqilish yo‘nalishi bo'yicha cho‘zilishga nisbatan taxminan 10 baravar ko’p yuk qabul qila oladi. Po’lat esa siqilishga ham, cho‘zilishga ham birday ishlaydi.
Materiallar qarshiligida ilmiy tadqiqotlar nazariy va tajribaviy yo’nalishlarda olib boriladi. Yuzaga kelgan ilmiy-nazariy taxminlar va xulosalar tajriba yo’li bilan sinab ko‘riladi. Ulaming to‘g’riligi tajribada tasdiqlansa, hayotga yo’llanma oladi. Materiallaming fizik-mexanik xossalari esa faqat tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
Nazariy yo‘l bilan yechish qiyin bo‘lgan murakkab jumboqlami hal etishda ham tajriba yo‘nalishiga murojaat etiladi. Yuqorida materiallar qarshiligi fani inshoot va mashina qismlarining mustahkamligi haqidagi fan ekanligini bayon etgan edik. Mazkur fan bundan tashqari mashina va inshoot qismlarining bikrligi va ustuvorligi masalalari bilan ham shug‘ullanadi. Endi bu tushunchalaming har qaysisiga ta’rif beramiz.
Elementning mustahkamligi deganda, uning yuk ko‘tarish qobiliyati tushuniladi. Yetarli mustahkamlikka ega bo'lgan element o‘ziga qo‘yilgan yukni butun foydalanish jarayonida beshikast ko ‘tarib tura oladi.
Bikrlik (asinoemdii) deformatsiyaga moyillik tushunchasining teskarisidir Boshqacha aytganda, bikrlik - jismning deformatsiyaga qarshilik ko’rsatish xususiyatidir. Bikrligi katta bo'lgan element kam, bikrligik bo’lgan element ko’p deformatsiyalanadi.
Texnikaning talabi shundayki, konstruksiya elementlari keragidan ortiqcha deformatsiya olmasligi kerak. Masalan, siz o‘tirgan o‘quv xonasining poli lopillab tebranib tursa o’zingizni qanday his qilasiz? Polning bikrligi me’yorida bo‘lsa, u lopillamaydi; siz xotirjam o’tirib darsingizni tinglayverasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |