O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA
SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
«Gidromelioratsiya» fakulteti
« Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish » kafedrasi
«MELIORATIV TIZIMLARIDAN FOYDALANISH» fanidan
mustaqil ishlarini bajarish bo‘yicha
USLUBIY KO’RSATMA
Toshkent – 2018
2
Ushbu uslubiy ko‘rsatma institut Ilmiy – metodik Kengashining «12» yanvar 2018
yildagi 1 – sonli majlisida ko‘rib chiqilgan va chop etishga tavsiya etilgan.
Uslubiy ko‘rsatma «Meliorativ tizimlaridan foydalanish» fani dasturi asosida
yozilgan bo‘lib, mustaqil ishini tashkil etish va bajarish bo’yicha o’qituvchining
rahbarligi va nazorati ostida talabada o’quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur
bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga mo’ljallangan.
Tuzuvchilar: Sherov A.G., t.f.n
Ibragimova H.R., katta o’qit.
Irismatova A.I., stajyor o’qit.
Taqrizchilar:
F.Gapparov
-
TIQXMMI
qoshidagi
irrigatsiya suv muammolari ilmiy tadqiqot
instituti t.f.n., dotsent.
A.Fatxulloyev
–
Gidromelioratsiya
fakulteti dekani v.b. t.f.n., dotsent.
© Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti,
2018 yil
3
MUNDARIJA
1
Kirish…………………………………………………………………….
4
2
Mustaqil ishning maqsadi va vazifalari…………………………………
5
3
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni…………………….
5
4
Mustaqil ishni bajarish bo’yicha tavsiyalar……………………………..
9
5
Ma'lumotlarni taqdim etishning boshqa usullari
13
6
Mustaqil ishlarini baholash mezonlari va savollar to’plami……………
15
7
Tavsiya etiladigan manbalar…………………………………………….
16
Kirish
4
O’zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Ta'lim
to’g’risidagi" qonunlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarining o’rni beqiyosdir. Jumladan, fanlarni o’zlashtirishda va kelajak
mutaxasissni zamon talabida tayyorlashda mustaqil ishlarni bajarish sifati juda ham
muhim.
Mazkur uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
2011 yil 16 avgustdagi Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g’risidagi
343-son qaroriga, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining
2005 yil 21-fevraldagi «Talaba mustaqil ishini tashkil etish to’g’risidagi» 43-sonli
buyruqi hamda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buyrug’iga muvofiq
tuzilgan.
Mazkur uslubiy ko’rsatmada talabalarni « Meliorativ tizimlaridan foydalanish»
fanini o’zlashtirishda mustaqil ishlarni tashkillashtirish, ularning tarkibi va mazmuni,
bajarish va yakunlanishi tartibi to’g’risida ma'lumotlar berilgan.
Meliorativ tizimlaridan foydalanish
-
o’simlik uchun kerakli bo’lgan tuproq va
tegishli ig’limiy shart-sharoitlarni ta'min etib berish kerak bo’ladi. Tuproqning tabiiy
sifatini yaxshilash agrotexnik usullar orqali amalga oshiriladi. Biroq o’simlikni
etishtirishda faqat agrotexnik usullar etarli bo’lmaydi. Bunda, o’zining tuproq suv-havo
rejimini boshqarish yo’nalshi va uzoq ta'sir davomati (bir necha yil) bilan agrotexnik
usullardan farq qiladigan meliorativ tadbirlarni ham qo’llash zarur.
Mazkur
uslubiy
ko’rsatmada
talabalarning
mustaqil
o’quv faoliyatini
tashkillashtirishning uslublari va vositalari ochib berilgan: grafik tashkil etuvchilar,
qo’shma va o’zaro o’quv texnikasi, mavzular faoliyati. Ilmiy adabiyotlarni o’qish,
ma'lumotlarni og’zaki taqdim etish, amaliyot holatlarni tahlil qilish va echish bo’yicha
tavsiyalar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |