4 – mavzu. Ekologik ekspertiza xulosasining tuzilmasi, mazmuni va uni
tayyorlashning uslubi.
Maqsad: Davlat ekologik ekspertiza xulosasining tuzilishi, mazmuni va uni
tayyorlashning uslubi bilan tanishtirishdan iborat.
Mashg`ulot rejasi:
1.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining tuzilishi va mazmuniga
qo`yiladigan talablar.
2.
Ekologik ekspertiza xulosasining yozilish namunasi
3.
Ekologik ekspertiza xulosasiing mazmuni
Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo`yicha tuziladigan xulosa ekspertiza
obyektlari bo`yicha ko`plab hujjatlarni har tomonlama tahlil qilishga , ularning
tabiat muhofazasi qonunchiligi talablariga mos kelishi yoki kelmasligini
aniqlashga asoslanadi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasida ekspertiza
obyektlari ekologik havfsizlik nuqtayi nazardan baholanadi va obyektni ro`yobga
chiqarish bo`yicha ilmiy asoslangan xulosalar chiqariladi. Davlat ekologik
ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini ro`yobga
chiqarish va moliyalashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi
majburiyligi qonun hujjatlarida belgilangan.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi bir tomondan amaldagi ekologik
ekspertiza to`g`risidagi qonun hujjatlariga va shu qonunlar asosilagi hujjatlarga,
boshqa tomondan ekologiya va tabiatdan foydalanishning ko`plab kompleks
qonunlari, qoidalari va prinsiplariga va ularning ehtimol tutilayotgan harakati va
ta’sirini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Shu sababdan davlat ekologik
ekspertizasi xulosasi eng muhim yakuniy hujjat sifatila ekologik ekspertiza
fanining nazariyasi va amaliyotiga asoslanib amalga oshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining tuzilma va mazmuniga quyidagi
talablar qo`yiladi:
1).
Davlat ekologik ekspertizasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo`mitasining ekspert organlari mutaxassislari tomonidan o`tkaziladi;
2).
Ekologik ekspertiza jarayonida ekspertlar taqdim etgan hujjatlar
rasmiylashtiriladi va ko`rib chiqiladi;
3).
Ko`rib chiqish natijalari bo`yicha Davlat ekologik ekspertizasi
xulosasi tuziladi;
4).
Xulosaga ijrochi-ekspert , rahbarning muovini tomonidan qayd
belgisi qo`yiladi va ekspert bo`linmasi rahbari tomonidan imzolanadi;
5).
Xulosa nusxasi ekspertiza obyekti joylashgan hududdagi tabiatni
muhofaza qilish qo`mitasi ekspertiza bo`limiga bildirish uchun jo`natiladi;
6).
Ekspertiza o`tkazish muddati 45 kun belgilanadi;
7).
Ekspertiza o`tkazish muddatlari shartnomada belgilanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi mazmuni va matni rasmiy tasdiqlangan
24
matnda (shaklida) ifodalanadi.
Davlat ekologik ekspertizasining mazmuni uning rasmiy tasdiqlangan matn
bilan (shaklda) ifodalangan. Davlat ekologik ekspertizasi rasmiy xulosasini
yozishning namunasi quyidagi shaklda bo`ladi.
Manzil: xulosani oluvchi
DAVLAT EKOLOGIK EKSPERTIZASI XULOSASI
Obyekt bo`yicha:
Buyurtmachi:__________________________________
Bajaruvchi:__________________________________
Davlat ekologik ekspertizasini o`tkazishda zarur bo`ladigan hujjatlar,
ma’lumotlar ularni normalarga mos kelishi, ekspert baholash va xulosa:
1.
Hujjatlarni ishlash uchun asos (loyihalashtirish uchun topshiriqlar,
davlat maqsadli dasturlari, rivojlanishning tarmoq sxemalari, qurilishning
investitsiyalarini asoslash va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |