Ekosofiya va insonni asrash muammolari.
Ma’lumki, inson
tana va ruhdan iborat. Ruh va tananing bir-birini taqozo eti-
shi, ayni vaqtda, bir-birini inkor etishi, har safar yangi va yangi
kuch bilan namoyon boluvchi ziddiyat sifatida, o‘z yechimi-
ni faqatgina ma’naviy va jismoniy bolmagan boshqa bir narsa
vositasida topishni taqozo etadi. Shu ma’noda, o‘z qobiliyatini
ro‘yobga chiqarish, o‘zlikni anglash va asrash muammosi doim
inson ekologiyasining bosh muammosi bolib kelgan. M.Monten
o‘z vaqtida «Dunyoda eng muhimi o‘zlikni saqlashdir», deb bejiz
yozmagan. '
Binobarin, biz o‘z manfaatlarimiz sohasini o‘rganishimizga
qarab, asosan shaxsiy moljallarimiz chegarasidan chetga chiqa-
miz va o‘zimizdan boshqa narsalarni, bizni qurshagan muhitni
ko‘ra boshlaymiz. Inson ekologiyasi to‘g‘risida so‘z yuritganda,
inson populyatsiyalarining real turmush tarzini o‘rganishni na
zarda tutish lozim. Bu yerda nafaqat insonning jismoniyligi, u
yashaydigan moddiy muhit, balki ma’naviyat ham muhim aha
miyat kasb etadi.
Zamonaviy fanlarda bu borada «Ekosofiya»
atamasi
qollanmoqda. U yangi atama bolib, shaxs xulq-atvorini bel-
gilaydigan va uning o‘zligini saqlash xususiyatini ta’minlovchi
shaxsiy qadriyatlar majmuyi hamda shu asosdagi dunyoqarashni
anglatadi. Ekosoflyaning kategoriyalar tizimiga o‘z qobiliya
tini ro‘yobga chiqarish va qadriyatlar tizimidan tashqari, o‘z-
o‘zini tinimsiz o‘rganish ham kiradi. Uning eng yetuk shaklini
184
I.Kantning mashhur savollarida ko‘rish mumkin: «Inson nima?
Men nimani bilishim mumkin? Men nimaga umid qila olaman?
Men nima qilishim kerak?» Bular umuminsoniy muammolar
ro‘yxatiga kiritilgan umumiy olamshumul savollardir. Ammo ya-
shash jarayonida vaziyatga qarab muayyan savollar tug‘ilishi ham
mumkin.
Inson har safar o‘z ahamiyatini teran his etganida muayyan
qobiliyatlarini faollashtiradi. Inson mohiyati befarqlik holatida
bolganida (inson ko‘pincha bu holatni o‘zi xohlagan holat sifati
da qabul qiladi), ongning barcha imkoniyatidan foydalanilmaydi.
Har qanday tanglik yoki mushkul muammo soat bongi sifatida
yangrab, odamni mudroq uyqudan uyg'otadi. Insonning «ихlab
yotgan» psixik qobiliyatlarini «uyg‘otish» muhim vazifa. Ko‘pgina
odamlar shu asosda «o‘z ichidagi xira tortgan chiroqni qayta va
yorqinroq yoqishni o‘rganadi». 0 ‘z qobiliyatlarini mumkin qadar
kengaytirish uchun zarur darajasiga erisha olmaslik insonning
asosiy muammosi hisoblanadi.
Inson evolyutsiyasi muammosi uning qobiliyatlarini kengayti
rish va axloqiy qadriyatlarini takomillashtirish sohasiga tatbiqan
hal qilinadi. Inson o‘z ichki birligi, doimiy egasini anglab yetishi
lozim. Evolyutsiya yo‘lidagi birinchi qadam — o‘z-o‘zini o‘rganish.
Bunda salbiy emotsiyalarga qarshi kurashish muhim ahamiyat
kasb etadi. Zero, toki insonda salbiy emotsiyalar mavjud ekan,
uning birligi, ongi, irodasi rivojlana olmaydi. 0 ‘z-o‘zini rivojlan-
tirish uchun inson o‘zini kuzatishni, o‘zining foydali va zararli
jihatlarini farqlashni o‘rganishi lozim. Shaxsda yuzaga keluvchi
qiziqishlar, xuddi magnetik markaz kabi, insonning rivojlanishini
yo‘lga soladi va nazorat qiladi.
Xullas, odam zotining ona zamindagi hayoti, inson umri,
uning ma’nosi, shaxs kamoloti bilan bogliq masalalar tavsifi va
ularga nisbatan yondashuvlar xilma-xilligi davom etmoqda. In
sonning imkoniyatlari, qobiliyatlari va qator sifatlari to‘g‘risida
yangi qarashlar paydo bo‘lmoqda. Lekin bir narsa aniqki, haliga-
cha hech kim bu masalalarda nima asl haqiq it, nima ikkilamchi,
nimaning ahamiyati boshqasinikidan ko‘p yoki kamligi haqida
mutlaq to‘g‘ri va hamma tan oladigan xulosaga erisha olgani
185
yo‘q. Balki buning iloji ham yo‘qdir va bunday haqiqat kerak ham
emasdir. Agar bunday haqiqatlarga erishilsa doimo yangilikka,
kashfiyotlarga intiladigan inson uchun bu dunyoning qizig‘i ham
qolmasligi mumkin. Bu esa odam zoti mavjud ekan uning uchun
o‘zi va boshqa odamlar, ularning hayoti, faoliyati, insonlar ora-
sidagi munosabatlar, aloqalar, shaxsning olamdagi va jamiyatdagi
o‘rni bilan bog‘liq masalalar azaldan to abadgacha mavjud va
dolzarb bolib qolaverishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |