Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Hozirgi  davr  falsafasining  dolzarb  masalalari  va  uni  o‘rganish



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Hozirgi  davr  falsafasining  dolzarb  masalalari  va  uni  o‘rganish
 
vazifalari. 
Falsafiy  tafakkur  rivoji  insoniyat  taraqqiyoti bilan  uz­
viy  bogliq jarayondir.  M a’lumki,  hayotdagi  voqea-hodisalarning 
barchasi  ijtimoiy  ongda  aks  etadi.  Taraqqiyot jarayonida  davrlar 
o'zgarishi  bilan  unga  xos  ma’naviy,  huquqiy,  siyosiy  va  falsafiy 
mezonlar  ham   shakllana  boshlaydi.  Ammo  bu  o‘z-o‘zidan  yuz 
bermaydi.  Ayniqsa,  inson tafakkurining  o‘zgarishi,  dunyoqarash­
ning  yangicha  tamoyillarga  ega  bolishi  uzoq  davom  etadigan 
murakkab jarayondir.  Bu  hoi  bizning  kunlarimizda  ham  yaqqol 
namoyon bolm oqda.
Hozirgi kunda jamiyatimizda  istiqlol g‘oyalariga  asoslanadigan 
yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bolib turibdi. Zero,
24


inson  dunyoqarashini,  uning asosiy tamoyillarini o'zgartirmasdan, 
yangi  jamiyatni  qurish  qiyin.  Istiqlol  talablari  darajasida  falsafiy 
tafakkurni  yangilash  vazifalarini  bajarish  g‘oyat  murakkab  bolib, 
quyidagi bir qator muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda:
—  kishilar  ongi  va  turmush  tarzidan  sobiq  tuzumga  xos 
g‘ayriinsoniy tamoyillarni siqib  chiqarish;
— 0 ‘zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan 
yanada kengroq foydalanish;
— bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida 
nafaqat  oddiy  fuqaro,  balki  ziyoli  va  falsafa  mutaxassislarining 
ongida hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kay~ 
fiyatlarga barham berish;
—  ma’naviy  merosimizni  qayta  tiklash  va  ijodiy  rivojlantirish 
jarayonida  buyuk  ajdodlarimiz  falsafiy  merosini  yanada  keng  va 
chuqurroq o‘rganish;
—  falsafiy  adabiyotlarni  milliy  manfaatlarimizga  yanada 
ko‘proq  moslash,  qo‘llanma  va  darsliklarimizda  milliy  g‘oya  va 
istiqlol  mafkurasi tamoyillarini  aks  ettirish;
—  istiqlol  talablariga  mos  keluvchi  soglom   g'oyali  ma’naviy 
barkamol  avlodni tarbiyalash  zaruratiga  mos  tadqiqotlar  olib  bo­
rish,  ular  asosida  ta’lim-tarbiyaning  samarali usul va imkoniyat- 
larini izlab topish;
— jahon  va  Sharq  xalqlari  falsafiy  merosini  puxta  va  chuqur 
o‘rganish,  bu  jarayonda  turli  g‘oya  va  mafkuralaming  davlatlar 
va xalqlar taqdiriga ta’sirini  aniq ko‘rsatish  va shu  asosda  istiqlol 
mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish.
Ana shu masalalarni uyg‘un holda hal qilish falsafiy  dunyoqa- 
rashimizni yangilashga yordam beradi.
Bunda,  avvalo jamiyatning  siyosiy-huquqiy,  iqtisodiy-ijtimoiy 
hayotida  yuz  beradigan  ijobiy  o‘zgarishlar  uni  harakatlantiruv- 
chi,  taraqqiy  ettiruvchi  asosiy  omil  —  inson  tafakkuri,  ruhiyati, 
his-tuyg‘ulariga  samarali  ta’sir  etadi.  Shu  bilan  bogliq  ravish­
da,  Vatan va  xalq tarixi,  ma’naviy-madaniy meros,  ona till,  din, 
milliy  turmush  tarzi,  milliy  urf-odatlarni  ya ngi  davming  mohi- 
yat-mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  tiklash,  boyitish  va  milliy 
g‘urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o‘rin  tutadi.
25


Falsafiy 
dunyoqarashni 
yangilash 
zarurati 
bir 
qator 
yo‘nalishlarda namoyon boladi.
1.  Avvalo bu kelajagi buyuk davlatni barpo  etish bilan bogliq. 
Bunda  ana  shu  yaratilajak yangi jamiyat  haqida,  bozor  munosa- 
batlariga  bosqichma-bosqich  o lish   jarayoni,  yangi  ijtimoiy-iqti- 
sodiy  munosabatlarning  qaror  topa  borishi,  islohotlarning  inson 
manfaatlariga xizmat  qilishi,  milliy uyg‘onish  ijtimoiy taraqqiyot 
taqozosi,  komil  insonni  voyaga  yetkazish  davr  talabi  ekani  kabi 
dasturiy vazifalarning  hayotiyligi  to‘g‘risidagi  g‘oyalarni  odamlar 
dunyoqarashida  qaror toptirish zarur.
2.  Falsafiy  ongning  yangilanishi  mohiyat  e’tibori bilan  fuqa- 
rolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat  barpo  etish  borasida  iqtisodiy 
mustaqillikka  erishish  orqali  siyosiy  mustaqillikni  mustahkam- 
lash,  mamlakatimizning  xalqaro  nufuzi  va  aloqalarining  o‘sib 
borishi,  tinchlik,  osoyishtalik,  milliy  totuvlik,  bahamjihatlik- 
ka  xizmat  qiluvchi  g‘oyalarga  tayanadi.  Uning  hayotiyligi  xalq 
irodasiga,  ruhiyatiga,  milliy  tuyg‘ulari,  orzu-intilishlariga  mos- 
ligi bilan belgilanadi.
3. Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, 
istiqbol rejalari,  milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. 
Bu  esa,  o‘z  navbatida,  yurtimizda  kechayotgan  islohotlar jarayo­
ni,  davlatimizning  siyosiy,  huquqiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ma’naviy 
hayotidagi  ijobiy  o‘zgarishlar  to‘g‘risida  xalqimizda  to‘g‘ri  tasav- 
vur va tushunchalarni hosil  qilib borish lozimligini ko‘rsatadi.
4.  Falsafiy tafakkur yangilanishi  taqozo  etadigan  eng  muhim 
vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va  tafakkurida amaliy 
tus  olishi  uchun  0 ‘zbekiston  Konstitutsiyasida  mujassam  etilgan 
maqsad va g‘oyalarni amalga oshirish yolida xizmat qilishdir.  Bu 
maqsad va g‘oyalar omma  manfaatlarini  aks  ettirgani bois ularni 
ma’naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim aha­
miyatga  ega.
5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuv- 
ligi,  ijtimoiy-siyosiy  va  iqtisodiy  barqarorlikning  qadriga  yetish, 
jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bolgan tahdidlarga 
qarshi  ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman,  ijtimoiy fan­
larning  ahamiyati  beqiyos.  Shu  bois  o‘z  xalqi  tarixini,  o‘z  mil-
26


liy madaniyatini,  urf-odat va  an’analarini yaxshi biladigan,  milliy 
g‘ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning  muhim vazifasidir.
6. 
Falsafiy  dunyoqarashning  yangilanishi,  mohiyat  e’tiboriga 
ko‘ra,  insondan,  uning  ijtimoiy  xususiyatlari  takomillashuvidan 
chetda  kechadigan jarayon  emas.  U   nafaqat  umumjamiyat  miq- 
yosidagi,  balki  har  bir  inson  kamoloti  uchun  ham  zarur  shart- 
sharoit yaratadigan jarayondir.  Shu m a’noda,  u ham, jamiyatdagi 
boshqa  o‘zgarishlar  kabi,  avvalo,  inson  uchun,  uning  kamoli  va 
hayot farovonligini ta’minlaydigan islohotdir.
Mamlakatimizda  bu  borada  juda  keng  kolam li  ishlar  bosh­
lab  yuborildi.  Bugun  ijtimoiy  fanlar  rivojini  zamon  talablari  da~ 
rajasiga  yetkazish  borasida  davlat  va  jamoat  tashkilotlari,  olim 
va  ziyolilar  oldida g‘oyatda  mas’uliyatli vazifalar  turibdi.  Birgina 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning o‘zi bir 
necha yillarga mo‘ljallangan keng kolam li faoliyat yo'nalishlarini 
nazarda  tutadi.  Bugungi  kunda  siyosiy,  mafkuraviy  va  m a’naviy 
sohalardagi  taraqqiyot  vazifalari  o‘zaro  uyg‘unlashib  bormoqda, 
ta’sir  doirasi  ancha  kengaymoqda.  Ayniqsa,  mafkura  borasidagi 
nazariy  faoliyat,  targlbot va tashviqotni  har tomonlama kuchay- 
tirishga  alohida  ahamiyat  berish  zaruratga  aylanib  bormoqda. 
Galdagi vazifalar esa,  ana shu imkoniyatlarni amaliy ishga aylan- 
tirishda  har  birimiz  o‘z  mas’ulligimizni  qay  darajada  sezishimiz 
va  qanday faoliyat yuritishimizga bogliq.
XXI  asrga  kelib,  insoniyat  g‘oyat  murakkab,  olamshumul 
muammolar  qarshisida  turganligini  anglay  boshladi.  Xususan, 
yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xom­
ashyo va energetika resurslari,  Yer shari aholisining  shiddat bilan 
o‘sib  borayotgani,  ularni  oziq-ovqat  bilan  ta ’minlash,  sogliqni 
saqlash,  maorif  va  madaniyatni,  fan-texnika  va  texnologiyani 
rivojlantirish  muammolari yangicha tafakkurni taqozo qilmoqda. 
Bu  masalani  milliy  va  umuminsoniy  falsafiy  g'oyalarni,  nazari- 
yalarni ishlab  chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi esa tobora 
aniq b o lib bormoqda.
Falsafa  ijtimoiy  hayotda  insonning  muhiyati,  yashashdan 
ko‘zlagan maqsadi,  oliy  qadriyat  ekani,  ma’naviy  omillari (ideal- 
lari),  borliqdagi  o‘rni,  munosabatlari  sabablari,  ruhiy  va  mod-
27


diy ehtiyojlarini  qondirish usul va vositalari  —  barcha-barchasini 
ko‘rsatib beradi.
Jamiyat  taraqqiyoti va  falsafaning  rivojlanishi  dialektikasi  ana 
shu  xususiyatlarga  asoslanib,  o‘ziga  xos  tarzda  namoyon boladi. 
Bir  tomondan,  jamiyatning  o‘zgarib  borish  tamoyili  falsafiy 
g‘oya,  nazariya va ta’limotlar o‘zgarishini taqozo  qiladi.  Ikkinchi 
tomondan,  o‘zgarayotgan  falsafa  jamiyat  moddiy-ma’naviy  ha­
yot tarzini  ilg‘ab  olib,  uning  istiqbollarini belgilash,  mafkurasini 
shakllantirishda  nazariy,  uslubiy  asos  b o lib   xizmat  qiladi.  Ay- 
niqsa,  mamlakatimiz  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o‘tgan 
bugungi  kunda  kishilar  tafakkuri  va  ongida  saqlanib  qolayotgan 
eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish,  yangi ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni  rag‘batlantirish,  milliy  o‘zlikni  anglash,  istiqlol 
mafkurasini  shakllantirishda  shoshilmay,  behuda  his-hayajonlar- 
ga berilmasdan,  aql-zakovat bilan ish tutishda falsafaning o‘rni va 
ahamiyati g‘oyatda ulkandir.
Falsafa  har  qanday  murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  vazi- 
yatda ham  kishilarni yuksak g‘oyaviylik,  mustahkam e’tiqod,  ke- 
lajakka  ishonch  ruhida  tarbiyalash  bilan  birga,  ularga  murosa  va 
hamkorlik qilish,  chigal muammolarni ham umummilliy, umum­
insoniy  manfiaatlarni  nazarda  tutgan  holda  madaniy  va  ma’rifiy 
hal  etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish