Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Bilish va  til. 
Til ong va tafakkur,  bilish jarayonining  insonga- 
gina  xosligini  isbotlovchi  omillardan  biridir.  Xo‘sh,  til  deganda 
o‘zi nima tushuniladi? Til, bu eng awalo, muayyan belgilar tizimi 
demakdir.  Ammo,  tilning xususiyatlarini  shu  bilangina  cheklash 
to‘g‘ri  emas.  Negaki,  muayyan  belgilar  tizimi  hayvonlarga  ham 
xos,  ular  yordamida jonzotlar  o‘rtasida  muayyan  axborot  alma- 
shinuvi  sodir boladi.
Aytaylik,  kabutarlarining  «muhabbat»  raqsi,  jonzotlarning 
xavf-xatar  paydo  bo‘lganda  turli  tovush  —  belgilar  yordamida 
bir-birini  ogohlantirishi,  ayrim  hayvonlarning  o‘zi  yashaydigan 
hududni turli yo‘llar bilan «chegaralab» chiqishi ana shunday bel­
gilar  tizimining  o'ziga  xos  ko‘rinishlaridir.  Lekin,  jiddiy  e’tibor 
beriladigan b6‘lsa,  bu belgi  —  signallar tizimi uzoq davom etgan 
evolyutsiya davomida hosil  qilingan reflekslar ekanligiga  ishonch 
hosil qilish mumkin.
Demak,  til  belgilar  tizimi  sifatida  kelib  chiqishidan  qat’i  na­
zar faqat  insongagina  xos va u  ong  bilan  uzviy bog‘liqdir.  Nega­
ki,  tilda  ong  gavdalanadi.  Til  yordamidagina  ong  kishining  o‘zi 
va  boshqalar  uchun  voqelikka  aylanadi.  Tilda  ifodalanayotgan 
ma’no-mazmunning  anglanishi  insonning  umumiy  bilim  dara- 
jasi,  qiziqishi,  qobiliyati,  konkret sharoitdagi kayfiyati kabi omil- 
larga  ham  bogliq  boladi.  Til  fikrlash  quroli,  muloqot  vositasi 
sifatida  doimiy takomillashuv jarayonini  boshidan  kechirmoqda. 
Ayni paytda insoniyat biz kundalik hayotda qollaydigan tabiiy til 
bilan  bir  qatorda  muloqotning  rang-barangligini  ta’minlaydigan, 
fikrni  ifodalashga  xizmat  qiladigan  o‘ziga  xos  imo-ishoralar 
raqs,  musiqa  «tiliga»  ham  ega.  Shunday  bolsa-da,  ular  so‘zga 
ko‘chgandagina  anglashiladi,  undagi mazmun tushunarli boladi.
142


Shu bilan birga milliy tillar bilan bir qatorda ilm-fan yutuqla- 
rining tez tarqalishida muhim rol  o‘ynaydigan internatsional til
—  fan  tili,  uning  tushunchalari  va  formulalari  ham  borligini 
unutmaslik  kerak.  XX  asrda  qoMlanish  doirasi  tobora  kengayib 
borayotgan  elektron  hisoblash  mashinalarining  «beysik»,  «for- 
tan»  kabi  tillari  yaratildi.  Kompyuterlarning  ijtimoiy  hayotdagi 
roli  tez  o‘sib  borayotgan  hozirgi  davrda  bu  «til»lar  axborotlar- 
ning  uzatilishi  hamda  qabul  qilinishida katta ahamiyat kasb  et- 
moqda  va  vaqt  bu  jarayonlarning  yanada  tezlashayotganligini 
ko‘rsatmoqda
Til  o'ziga  xos  tarixiy  xotira  rolini  o‘tashini  ham  unutmaslik 
kerak.  Bu  milliy  tillar  misolida  ayniqsa,  yaqqol  ko'rinadi.  Zero, 
millat tilida uning o‘zligi, bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, tafakkur tarzi 
aks  etadi,  mustahkamlanadi.  Shunday  ekan,  mustaqillik  sharoi- 
tida  milliy  tilimiz  rivojiga  alohida  e’tibor berilayotganligi  milliy 
o'zligimizni  anglashimizning  o‘tish  jarayonida  milliy  istiqbo- 
limizni belgilashning uzviy qismi  sifatida  qaralmog'i lozim.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish