Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi. 
Kasb etikasi 
(odob-axloqi)  — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan 
o‘zaro  munosabatlarning  axloqiy yig‘indisidir.  Tarixda kasb  odo- 
bining  shakllanishi  qadimga  borib  taqaladi.  Ilk  kasbiy-ma’naviy 
talablami  qadimgi  Misrda  paydo  bolgan  «Pxatotep  o‘gitlarida» 
uchratish  mumkin.  Ushbu  pandnomada  mehnat  orqali boylik va 
yuqori  mavqega  erishish  uchun  o‘z  vazifasini  vijdonan  bajarish 
lozimligi ta’kidlangan.  Shuningdek,  Qadimgi Yunonistonda pay­
do bolgan Gjppokrat qasami ham kasb  odobi kodeksi zaruriyati, 
unga  ehtiyoj  avvaldan  bolganligi,  birinchi  navbatda,  u  kasbiy 
faoliyatni  axloqiy jihatdan izga  solish,  m a’lum  qoidalar doirasida 
ish  yuritish,  turli  murakkab  holat  va  vaziyatlarda  kasbiy-insoniy 
nuqtayi  nazarlardan to‘g‘ri xatti-harakat  qilish mezonlarini yara- 
tish,  Shuningdek,  kasblarning  jamiyatdagi  o‘rni,  mavqei,  salo- 
hiyatini  mustahkamlash  maqsadida  paydo  bolganidan  dalolat 
beradi.
Sharqda  ham   kasb  odobi  masalalariga  katta  e’tibor  qaratil­
gan.  Husayn Voiz  Koshiflyning  «Futuvvatnomai  Sultoniy»  asari 
beshinchi  bobining  o‘n  to‘rtinchi,  o‘n  beshinchi  va  o‘n  oltinchi 
fasllari  turli  kasb  egalari  odobiga  baglshlangan.  Masalan,  o‘n 
to‘rtinchi fasl «Kasb-ког va savdo-tijorat odobi haqida» deb nom- 
lanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odo­
bi  qonun-qoidalarini bayon  etadi.  ««Bilgilkim,  hamma kasblarga 
birday taalluqli  qisqacha  qoida-adablar mavjud,  Shuningdek,  har 
bir kasb uchun alohida odob ham  bor. Agar barcha kasblar uchun
312


zaruriy odoblar xulosasi  nechta,  deb  so‘rasalar,  sakkizta deb  ayt- 
gil:  o‘z kasbini haromdan,  shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin; 
rizq-ro‘zi  zarurati  uchungina  kerakli  kasb  bilan  shug‘ullansin, 
kasbni  mol-dunyo  to‘plashga  sarflamasin;  kasbni  obro‘  olish, 
yaxshi  nom  chiqarishning  sababi,  deb bilsin;  moli  harom  odam­
lar  (amaldorlar,  poraxo‘rlar,  qaroqchilar,  o‘g‘rilar,  qimorbozlar, 
kazzob  do‘kondorlar)  bilan  muomala qilmasin...»1.
Koshifiy  sotuvchi  odobi,  xaridor  odobi,  xodimlar  (xizmat- 
korlar)  odobi,  maddohlar  odobi  singari  masalalarda  ham   xuddi 
shunday  asosli  fikrlar  bildiradi.  Sotishning  sakkiz  odobi,  sotib 
olishning o‘n ikki odobi borligini bayon etadi.  Sotish odobi haqida 
xaridorga muloyim gapirish,  dag‘allik qilmaslik,  olchovdan, ya’ni 
tarozidan  urmaslik,  xaridorni  aldamaslik  kabilarni  aytib  o ladi. 
Sotib  olish  odobida  esa  molni  halol  pulga  sotib  olish,  qalbaki, 
soxta  pul  bermaslik,  sotuvchiga  qo‘pol  gapirmaslikni  ta’kidlab 
o‘tadi2.  Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblan- 
magan,  balki  muayyan  kasb-kor  egalarigagina  mansub  bolgan 
ijtimoiy xulq-atvor qoidalari,  me’yorlari mavjuddir.  «Kasb odobi» 
atamasi  «kishilar  o‘rtasidagi  kasb  faoliyati bilan bogliq munosa- 
batlarga ma’rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir»3.
Kasb  axloqi  kasb  odobiga  nisbatan  keng  tushuncha.  Chun­
ki  kasb  odobi  kasb  axloqi  tarkibiga  kirib  unga  shaxs  xulq-atvori 
asos bolsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy 
axloqiy  kasbiy  me’yorlarga  asoslanadi.  Kasbiy  axloq  insonning 
kasbiy  burchlari  o‘z  kasbiga  bolgan  munosabatini  belgilaydigan 
axloqiy  me’yorlar  majmuyi  bolib,  u  kishilarni  u  yoki  bu  kasbga 
mansubligiga qarab birlashtiradi.
Masalan,  rahbarlikning  axloqiy jihatlari  borasida  ta’kidlash 
joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda 
emas,  balki,  xalq  bilan  muloqot jarayonida  shakllanadi.  Rahbar 
xodimlar  faoliyatidagi  kamchilik  sifatida  0 ‘zbekiston  Prezidenti

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish