Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


TO‘RTINCHI  BO‘LIM.  ESTETIKA:  NAFOSAT  FALSAFASI



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

TO‘RTINCHI  BO‘LIM.  ESTETIKA:  NAFOSAT  FALSAFASI
16-mavzu.  Estetikaning predmeti,  maqsadi va vazifalari
«Estetika»  fanining  falsafiy  mohiyati  va  u  haqidagi  qarashlar.
Estetika eng qadimgi falsafiy fanlardan bin bo‘lib hisoblanadi. Le- 
kin faqat XVIII asr o‘rtalariga kelib «Estetika» (yunon. aisthetikos
— his qilinadigan)  atamasini dastlab  Germaniyadagi Volf makta- 
bining  faylasufi Aleksandr  Gotlib  Baumgarten  (1714—1762-yillar) 
1735-yilda  yozgan  «Poetik  asarga  doir  ba’zi  masalalar  xususida 
falsafiy  mulohazalar»  nomli  asarida  ilmiy  muomalaga  kiritdi  va 
uning  san’atda yorqin namoyon bo‘lishini ko‘rsatib berdi.
Dastlab  estetika  «San’at  falsafasi»  va  «go‘zallik  falsafasi»  si- 
fatida  talqin  etilgan.  Chunki,  san’at  estetikaning  obyekti  bo'lib, 
unda  estetik  xususiyatlar  bo‘rtib  ko‘zga  tashlanadi.  Estetika  ba- 
diiy  asarning  yaratilish  arafasidagi  shart-sharoitlardan  tortib,  to 
u bunyodga kelib,  asl egasi  -   idrok etuvchiga yetib borgunigacha 
bo‘lgan  va  undan  keyingi jarayonlarni  tadqiq  etadi  hamda  ular- 
dan nazariy xulosalar chiqaradi.  Lekin,  san’at bu fanning yagona 
tadqiqot  obyekti  emas.  Hozirgi  paytda  estetika  dizayn,  atrof- 
m uhitni go‘zallashtirish,  tabiatdagi nafosat borasidagi muammo­
lar bilan ham estetika shug‘ullanadi.
Estetikaning  «Go‘zallik  falsafasi»  sifatida  talqin  etilishining 
m a’nosi  shundaki,  u  faqat  san’atdagi  go‘zallikni  emas,  balki  in- 
sondagi,  jamiyat  va  tabiatdagi  go‘zallikni  ham   o‘rganadi.  Chun­
ki,  estetikaning  asosiy tadqiqot  obyekti  -   go‘zallik,  biroq,  san’at 
ham  o‘z navbatida estetikaning go‘zallik kabi  keng  qamrovli tad­
qiqot  obyekti  hisoblanadi.  Estetika  fani vujudga  kelgan  dastlabki 
davrda  estetik  tafakkur  tarixi,  estetikaning  nazariy-metodologik 
muammolari,  san’at,  estetik  tarbiya  kabi  masalalarini  o‘z  ichiga 
qamrab olgan bo‘lsa,  bugungi kunda uning tadqiqot  obyekti ken- 
gayib  bormoqda.  Xususan,  ekoestetika,  ishlab  chiqarish  esteti- 
kasi,  maishiy turmush estetikasi,  dizayn,  zamonaviy shaharsozlik 
estetikasi,  tabiat estetikasi va hokazo.
Estetika  —  falsafiy  fan  sifatida  barcha  san’atshunoslik  fanlari 
erishgan  yutuqlardan  umumiy  xulosalar  chiqarib,  shu  xulosalar
321


asosida  insonni  go‘zallik  orqali  haqiqatga  yetishtirishga  xizmat 
qiladi.  Bundan  tashqari,  estetika  ishlab  chiqqan  qonun-qoidalar 
barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. 
Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos  amaliy aha- 
miyati bor: estetika ham  bundan mustasno emas. Avvalo, u kunda- 
lik hayotimizda  nafosat  tarbiyasini  to‘g‘ri yo‘lga  qo‘yish borasida 
katta ahamiyatga ega.  Erkin,  demokratik jamiyatimizning har bir 
a’zosi  go‘zallikni  chuqur  his  etadigan,  uni  asraydigan  nafis  did 
egalari  bolishlari  lozim.  Haqiqiy  badiiy  asar  bilan  saviyasi  past 
asarni farqlay bilishlari,  «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olish- 
lari  lozim.  Ana  shu  nuqtayi  nazardan  qaraganda,  estetika jami- 
yatning barcha  a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega.
Estetikaning  falsafiy  mohiyatini  uning  san’at  asariga  yon- 
dashuvida  ko‘rish  mumkin.  Ma’lumki,  har  bir  san’atshunoslik 
ilmi  o‘z  tadqiqot  obyektiga  uch  tomonlama  —  nazariy,  tarixiy, 
tanqidiy  jihatdan  yondashadi.  Masalan,  adabiyotshunoslikni 
olaylik.  Adabiyot  nazariyasi  faqat  adabiyotgagina  xos  bo‘lgan 
badiiy  qonuniyatlarni,  badiiy  qiyofa  yaratish  usuli  va  vositala- 
rini  o‘rganadi.  Adabiyot  tarixi  muayyan  tarixiy-badiiy  jarayon- 
lar  orqali  badiiy  adabiyotning  rivojlanish  qonuniyatlarini  ochib 
beradi.  Adabiy  tanqid  esa  adabiy-badiiy  ijodning  zamonaviy ja- 
rayonlarini  tadqiq  etadi  va  har  bir  yangi  asarni  baholaydi,  asar 
ijodkorining  ijodiy  rivojlanishini  kuzatib  boradi.  Musiqada  ham, 
tasviriy  san’atda  ham   va  boshqa  san’at  turlarida  ham  shunday. 
Estetikada  esa  tadqiqot  obyektiga  yondashuv  uch  emas,  birgina 
nazariy jihatdan  amalga  oshiriladi:  tarix  ham,  tanqid  ham  na- 
zariyaga bo‘ysundiriladi.
Estetika fan sifatida ilmiy, ma’rifiy, badiiy taraqqiyotning o‘ziga 
xos  muammolari  doirasida bahs  yuritadi,  tahlil  qiladi,  o‘rganadi 
va  o‘rgatadi.  Estetikaning  eng  asosiy funksiyalaridan biri  dunyo- 
qarashni  shakllantirish  bo‘lib,  ushbu  funksiya  badiiy  ijod  bilan 
shug‘ullanuvchilar  va  ijodiy  faoliyat  uchun juda  zarur.  Ayniqsa, 
ranglar jilosini his  qilish,  musiqa sehrini  anglash,  asardan xulosa 
chiqarish  aynan  ushbu  funksiyaning  ta’sirida  ro‘y  beradi.  Zero, 
dunyoqarash  ijodkorni  boshqaradi,  ijod jarayoni  rivojiga  ko‘mak 
beradi.  Estetikaning  bilish  funksiyasi  esa  san’at  asarini  bilish  va
322


baholash  faoliyati  natijalarini,  semantik  va  pragmatik  axborotni 
yetkazib berish,  haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farq- 
lay  bilishlari,  «ommaviychilik  san’ati»ni  rad  qila  olishda  muhim 
ahamiyatga  ega.
Yangi  ko‘rinishdagi  iqtisodiyotning  estetik  asoslariga,  tad- 
birkorlik faoliyatiga  estetik tus berishga,  bunyodkorlikni  nam o- 
yon  etishga  imkon  beradigan  funksiya  bu  yaratuvchanlikdir. 
Ayniqsa,  go‘zal  qadriyatlarni  dunyoga  tanitish,  xalqning  boy 
va  betakror  estetik  dunyosini  aks  ettiradigan  personajlarni 
yaratish  orqali  insonni  m a’naviy  jihatdan  yuksaltirishga  xiz- 
mat  qiladi.  Estetikaning  eng  m uhim   funksiyalaridan  yana  biri, 
metodologik  funksiya  bo‘lib,  ushbu  funksiya  badiiy  asarda  aks 
ettirilgan  voqea-hodisaning  mohiyatini  o‘quvchiga  to ‘laqonli 
yetkazish  im konini  beradi,  asarni  bilish  va  uni  xuddi  hayot- 
dagidek  idrok  qilinishini  osonlashtiradi.  Bundan  tashqari,  bu 
funksiya  estetik  masofani  taqozo  etadi:  masofa  tufayli  badiiy 
reallik  idrok  etiladi.
Estetika  fani  o‘z  maqsadi  va  vazifalarini  uyg‘unlik,  yaxlitlik, 
ifodalilik va maqsadga muvofiqlik tamoyillari orqali amalga oshi- 
radi.  Ushbu  tamoyillar  orasida  estetik  munosabatlarda  ko‘proq 
ko‘zga tashlanadigan uyg‘unlik va maqsadga muvofiqlikning mo- 
hiyati haqida quyidagi fikrlarni  aytish mumkin.
Odatda,  fanga  tegishli  qonunlar  hodisalarning  hamma  xu- 
susiyatlarini  emas,  balki  hodisalardagi  umumiylikni  aks  ettiradi 
va  undagi  mustahkam  barqarorlikni  ifodalaydi.  Biroq,  hodisa- 
lar ayni  bir vaqtda  bir-biriga  o‘xshaydi va bir-biridan farq  qiladi. 
Xususan,  voqelikni  estetik  o‘zlashtirishning  oliy  shakli  bo‘lgan 
san’atga  umumiy  va  xususiy  qonunlar  tegishli  bo‘lib,  ularga  ba­
diiy ijod jarayoni ham,  san’atning ijtimoiy olami ham taa’luqlidir. 
Ular san’atning antropologik,  genetik va gnoseologik mazmunini 
ochib berishga xizmat qiladi.  Shunga asosan «Estetik faoliyat qo- 
nuni»,  «Badiiy  ijod  qonuni»,  «Badiiy  jarayon  qonuni»,  «Badiiy 
idrok  qonuni»,  «Estetik  idrok  qonuni»  kabi  qonuniyatlar  tizimi 
shakllangan.
Ushbu qonunlar olamni estetik o‘zlashtirish jarayonining m o­
hiyatini izohlaydi va quyidagi natijalarga olib  keladi:
323


1)  voqelikning  estetik  xususiyatlari  inson  tomonidan  olam 
hodisalarini  tasavvur  qilish,  anglash  hamda  tajribaga  tayan- 
gan  holda  insoniyat  oldiga  qadriyatlarni  o‘rganishni  vazifa  qilib 
qo‘yadi;
2)  estetik faoliyat predmetlar olami va  insoniy  idealni botiniy 
tuyg‘ular asosida  o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi,  u  umum- 
insoniy  qadriyatlarga  oqilona  munosabatni  shakllantiradi  hamda 
erkin ijodkorlik muhitini yaratishga ko‘mak beradi.
Estetika  fanida  ko‘p  amal  qiladigan  qonunlardan  yana  biri 
«Badiiy  ijod  qonuni»  hisoblanadi.  Badiiy  ijod jarayoni  boshqa 
barcha  aqliy  m ehnat  turlaridan  katta  farq  qiladigan  m ehnat 
turi  bo‘lib,  unda  m ehnat  qandaydir  sirli  ruh  bilan  amalga 
oshadi,  deydi.  Chunonchi,  badiiy  ijod  jarayonining  ibtidosi 
san’atkorning  muayyan  g‘oyani  yoki  g‘oyalar  tizim ini  badi- 
iyat  orqali  boshqalarga  yetkazish  istagi  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  bu 
g‘oyaviy  niyatda  aks  etadi.  G ‘oyaviy  niyat  ko‘zga  ilg'amaydigan 
darajada nozik va ko‘z  ilg‘amaydigan  darajada miqyoslikka ega. 
Chunki  g‘oyaviy  niyat  o‘z  nomi  bilan  g‘oyaga  taalluqli,  u  ijod- 
korning  dunyoqarashining  mevasi,  butun  asarning  poydevori. 
U  badiiy  asarning  mavzui,  shakli,  mazmuni,  «tili»,  badiiy 
vositalari  qanday bo‘lishi kerakligini belgilab  berish uchun ular 
bilan  «kurash  olib  boradi».  Ba’zan  ularni  o‘ziga  bo‘ysundiradi, 
ba’zan esa ularga biroz yon berib,  m a’lum nuqtalarda o'zgaradi, 
«sharoitga  moslashadi».  G ‘oyaviy  niyatni  shu bois  hech  qachon 
to ‘liq  amalga  oshgan  estetik  hodisa  sifatida  tasavvur  qilish 
m um kin emas.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda «Badiiy ijod qonuni»ning 
asosiy  kamponenti  hisoblangan  «ijod»ni  inson taraqqiyoti uchun 
ahamiyatini  quyidagicha  izohlash  mumkin.  Ya’ni  ijod:  a)  muay­
yan  badiiy  uslub  yordamida  shaxs  va  jamiyatning  madaniyati- 
ni  yuksaltiradi;  b)  obrazli  tafakkur  yordamida  badiiy  olamning 
asl  va  betakror  mohiyatini  anglash  im konini  beradi;  d)  olam 
go‘zalligidan  zavqlanish,  iztiroblardan  forig4  bo‘lish  va  yara- 
tuvchanlikka rag‘batni paydo  qiladi.
Estetikaning  qonuniyatlari  narsa-hodisalar  va  voqelikdagi ja- 
rayonlarning estetik mazmunini turli rakursda o‘rgansa-da,  este-
324


tika uchun umumiy bo‘lgan  metaqonun  —  «Insonning voqelikka 
estetik  munosabati  qonuni»ga  amal  qiladi.  Bu  qonun  yordamida 
estetika  ocz  tadqiqot  obyektining  predmetini  konkretlashtiradi, 
funksiyalarini belgilaydi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish